RINITIZ XI rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml sprey quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 0,51 mg ksilometazolin va 0,612 mg ipratropiy bromidi; yordamchi moddalar: 0,105 mg benzalkoniy xloridi, 0,50 mg dinatriy eletati, 3,42 mg natriy xloridi, 5,00 mg suvsiz dinatriy gidrogenfosfati, 5,1 mg xlorid kislotasi, 50,00 mg dekspantenol, 30,00 mg suyuq sorbitol (kristallanmaydigan), inyektsiya uchun suv kerakli miqdorda.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ksilometazolin/ipratropiya bromid

Preparatning savdo nomi:

RINITIZ XI

Farmakalogik guruhi:

Nazal preparatlar. Simpatomimetiklar, boshqa preparatlar bilan majmuada (kortikosteroidlardan tashqari).

Dori shakli:

dozalangan nazal sprey

Nazal preparatlar. Simpatomimetiklar, boshqa preparatlar bilan majmuada (kortikosteroidlardan tashqari).

Shamollash tufayli tumov (rinoreya) bilan bog‘liq bo‘lgan burun bitishi, o‘tkir allergik rinit, gipersekretsiya bilan surunkali rinit, sinusit, pollinoz, o‘rta otit (burunxalqum shilliq qavatining shishini kamaytirish uchun), patsiyentni burun yo‘llaridagi diagnostik muolajalarga tayyorlashda qo‘llanadi.

Kattalarga har bir burun yo‘liga 1 purkashdan kuniga 3 marta. Dozalar orasidagi interval 6 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Davolash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak, chunki davomli qo‘llash xujayralarda sezuvchanlikni oshishi tufayli shilliq qavatini shishi va burun bitishini rivojlanishini chaqirishi mumkin (medikamentoz rinit).

Tez-tez va/yoki davomli qo‘llanganda: shilliq qavatni ta’sirlanishi, achishish, sanchilish, aksirish, yo‘tal, burundan qon ketishi, burun shilliq qavatining quruqligi, gipersekretsiya, qichishish, toshmalar, eshakemi kabi allergik reaktsiyalar. Kam hollarda: burun shilliq qavatini shishi (ko‘proq davomli qo‘llanganida), yurak urib ketishi, taxikardiya, yurak ritmini buzilishi, AB ni oshishi, bosh og‘rig‘i, qusish, uyquni buzilishi, uyqusizlik, ko‘rishni buzilishi. Yuqori dozalarda davomli qo‘llanganida: depressiv holat.

Yopiqburchakli glaukoma, atrofik rinit, arterial gipertenziya, taxikardiya, yaqqol ateroskleroz, gipertireoz, bosh miya qobiqlaridagi jarrohlik aralashuvlar (anamnezdagi), ksilometazolin va ipratropiya bromidi, shuningdek preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas. Preparat yurak-qon tomir kasalliklarida, qandli diabetda, prostata bezining gipertrofiyasida, qovuq sfinkterining stenozida, feoxromotsitomada, adrenergik moddalarga yuqori sezuvchanlikda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.

MAO ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar bilan nomutanosib. Boshqa antixolinergik preparatlar bilan yondosh qo‘llash, preparatning antixolinergik samarasini oshirishi mumkin.

Preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Preparat tasodifan ko‘zga tushganida, ularni tez va yaxshilab sovuq oqar suvda yuvish kerak. Uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin emas, masalan, surunkali rinitda. Shamollash kasalliklarida, burunda qasmoqlar hosil bo‘lgan hollarda, gel ko‘rinishida buyurish avzalroq hisoblanadi. Rinitiz XI nazal spreyi konservant sifatida benzalkoniy xloridi saqlaydi, u bronxospazm chaqirishi mumkin.

Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni faqat ona, homila va bola uchun xavf va foyda nisbati sinchiklab baholanganidan keyingina qo‘llash kerak, tavsiya etilgan dozalarni oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan past haroratda saqlansin.

Mahalliy qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishi xavfining ehtimoli kam. Preparatning dozasini oshirib yuborilishining belgilari og‘iz qurishi, bosh og‘rig‘i, qusish, taxikardiya hisoblanadi. Doza oshirib yuborilganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va simptomatik davolash tavsiya etiladi.

Retseptsiz beriladi

Dozalangan nazal sprey 70 mkg/84 mkg doza (70 o‘lchangan dozalar) 10 ml dan dozalovchi moslamasi va himoya qopqoqchasi bo‘lgan polipropilen flakonlarda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

2 yil. Flakon ochilganidan keyin preparatni 3 oy davomida ishlatish kerak.