Rinil Xotmiksretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Xar bir bir martalik paket (sashe) quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: paratsetamol                                        750,0 mg fenilefrin gidroxloridi                10,0 mg askorbin kislotasi (S vitamini)    60,0 mg yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, vino kislotasi, natriy saxarini, natriy tsitrati, saxaroza, suvsiz kolloidli kremniy dioksidi, Powdarome orange aromatizatori yoki laym aromatizatori, Supra sariq shafaqi bo‘yovchisi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

fenilefrin gidroxloridi, askorbin kislotasi.

Preparatning savdo nomi:

Rinil Xotmiks

Farmakalogik guruhi:

O‘RK simptomlarini bartaraf etuvchi vosita. Analgetik-antipiretik

Dori shakli:

ichga kabul kilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun (limon yoki apelsin ta’mli).

granulalangan apelsin yoki limon xidli och-sariq rangli kukun.

O‘RK simptomlarini bartaraf etuvchi vosita. Analgetik-antipiretik

N02VЕ51

Paratsetamol me’da-ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq so‘riladi, organizm suyuqliklarida nisbatan bir tekis taqsimlanadi. Asosan jigarda metabolizmga uchrab, bir nechta metabolitlarni hosil qiladi. Terapevtik dozalarda qabul qilinganida organizmdan yarim chiqarilish davri 2-3 soatni tashkil etadi. Preparatning asosiy qismi jigarda kon’yugatsiya bo‘lganidan so‘ng chiqariladi. Paratsetamolning qabul qilingan dozasini 3% dan ko‘p bo‘lmagan qismi o‘zgarmagan holda chiqariladi. Askorbin kislotasi me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 25% ni tashkil qiladi, organizm to‘qimalariga keng taqsimlanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, siydik bilan o‘zgarmagan holda oksalat shaklida chiqariladi. Haddan tashqari ko‘p miqdorda qabul qilingan askorbin kislotasi o‘zgarmagan holda siydik bilan tez chiqariladi. Fenilefrin me’da-ichak yo‘llaridan yomon so‘riladi va ichaklarda va jigarda “birlamchi o‘tish” jarayonida monoaminooksidaza ta’siri ostida metabolizmga uchraydi. Fenilefrin ichga qabul qilinganida preparatning biokiraolishligi cheklangan. Siydik bilan sulfat kislotasining kon’yugati shaklida deyarli to‘liq chiqariladi.

Tana haroratini oshishi, bosh og‘rig‘i, o‘tkir rinit, tumov, aksirish, mushaklar og‘rig‘i bilan kechuvchi infektsion-yalliglanish va shamollash kasalliklarini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.

Kattalar: bitta paketd (sashe) dan kuniga 4 marta. O‘ram ichidagisi bir stakan issiq suvda eritiladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: psixomotor reaktsiyalar tezligini pasayishi, tez charchash xissiyoti. Ovkat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, epigastriy sohasida og‘riqlar; preparatda paratsetamol mavjudligi tufayli uzoq vaqt katta dozalarda qo‘llanganida gepatotoksik ta’siri namoyon bo‘lishi mumkin. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimini oshishi va yurak urishini tezlashishi epizodlari bo‘lishi mumkin. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: siydik tutilishi, paratsetamol mavjudligi tufayli katta dozalarda kabul kilinganida nefrotoksik ta’siri bo‘lishi mumkin. Qon yaratish tizimi tomonidan: paratsetamol mavjudligi tufayli yukori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanilishida – kam hollarda trombotsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz kuzatilishi mumkin.

Fenilefrin gidroxloridini monoaminoksidaza ingibitorlari yoki tritsiklik depressantlari bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas. Qo‘llash uchun nisbiy mumkin bo‘lmagan, xususan tizimli qo‘llanganida, gipertoniya, barqaror bo‘lmagan stenokardiya, yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti, gipertireoidoz va homiladorlik hollardir. Paratsetamolni ushbu doriga o‘ta yukori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda ham qo‘llash mumkin emas. Aspiringa allergiyasi bo‘lgan odamlarda paratsetamolga reaktsiya ko‘rsatmasliklari mumkin; ammo paratsetamol qabul qilinganidan so‘ng, aspirin ta’siriga ko‘p sonli bo‘lmagan astmatiklarda kuchsiz bronxospastik reaktsiyalar kayd etilgan. Giperoksaluriyasi bo‘lgan bemorlarda S vitaminini qo‘llash mumkin emas.

Barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampitsin, tsitovudin va boshqa jigar mikrosomal ferment induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda, paratsetamol gepatotoksik ta’sirini xavfi oshadi.

Jigarning zaharli shikastlanishidan saqlanish uchun, preparatni alkogolli ichimliklar bilan qabul qilish mumkin emas. Preparatni  qabul qilish vaqtida avtomobilni yeki boshqa mexanizmlarni boshqarish tavsiya qilinmaydi. Shikastlangan paketchalardagi dorini ishlatmaslik kerak. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin.

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riq, og‘ir hollarda jigar yetishmovchiligi, entsefalopatiya va komatoz holat rivojlanadi. Davolash: me’dani yuvish, birinchi 6 soatda faollashtirilgan ko‘mir, SH-guruh donatorlarini va doza oshirib yuborilganidan keyin 8-9 soat o‘tgach glutation sintezining o‘tmishdoshlari – metionin va 12 soatdan keyin N-atsetiltsistein yuborish.

Shifokor retsepti bo‘yicha

5,0 g dan alyumin folgali bir dozali paketlarda (sashe) 5 yoki 10 dan bir dozali paketlar (sashe) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton kutida.