Rinil

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 500 mg paratsetamol, 2 mg xlorfeniramin maleat, 10 mg fenilefrin gidroxloridi, 30 mg kofein; yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, natriy kraxmal glikolyati, jelatin, metil paraben, propil paraben, magniy stearati, tozalangan talk, mikrokristall tsellyuloza, sariq shafaq bo‘yovchisi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

paratsetamol, xlorfeniramin maleat, fenilefrin gidroxloridi, kofein.

Preparatning savdo nomi:

Rinil

Farmakalogik guruhi:

O‘RK simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.

Dori shakli:

tabletkalar

to‘q sariqdan to och sariq ranggacha bo‘lgan, yuzasida to‘q sariq nuqtali, bir tomonida sindirish chiziqchasi va boshqa tomoni silliq, qobiqsiz tabletkalar.

O‘RK simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.

N02BE51.

Tumov, burun bitishi, bosh og‘rig‘i, isitma, qaltirash, bo‘g‘imlar va mushaklar og‘rig‘i bilan kechuvchi shamollash kasalliklarida qo‘llaniladi.

Kattalar: 2 tabletkadan kuniga 1-4 marta. 6-12 yoshli bolalar: 1 tabletkadan kuniga 1-4 marta.

Preparat tavsiya etilgan dozada qabul qilinganida, nojo‘ya ta’sirlari kam kuzatiladi. Nojo‘ya ta’sirlari kuzatilgan hollarda, ular allergik reaktsiyalar, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, qo‘zg‘aluvchanlikni oshishi, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, og‘izni qurishi ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik; Rinil tarkibiga kiruvchi moddalarni saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish; tritsiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qabul qilish; homiladorlik, laktatsiya davri; bolalarda (6 yoshgacha) qo‘llash mumkin emas.

MAO ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanolning samarasini kuchaytiradi. Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og‘izni qurishi, qabziyat rivojlanishi xavfini oshiradi. Glyukokortikosteroidlar glaukoma rivojlanishi xavfini oshiradi. Paratsetamol diuretik preparatlarning samarasini pasaytiradi. Xlorfeniramin MAO ingibitorlari, furazolidon bilan birga gipertonik kriz, qo‘zg‘aluvchanlik, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar simptomatik ta’sirni kuchaytiradi, galotan bilan bir vaqtda qo‘llash qorincha aritmiyasini rivojlanishi xavfini oshiradi. Guanitidinning gipotenziv ta’sirini pasaytiradi, u esa o‘z navbatida alfa-adrenostimullovchi faolligini kuchaytiradi.

Davolanish davrida alkogol qabul qilishdan saqlanish lozim. Diqqatni jamlash, tezkor harakat va ruxiy reaktsiyani talab qiluvchi ishlarni bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Rinil 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, homilador va emizikli ayollarga tavsiya etilmaydi. Rinilni boshqa paratsetamol saqlovchi preparatlar bilan birga qabul qilish mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatni faqat tavsiya etilgan dozalarda qabul qilish kerak. Dozani oshirib yuborilishi odatda paratsetamol bilan bog‘liq. Teri qoplamalarini oqarishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish; gepatonekroz; “jigar” transaminazalari faolligi oshishi; protrombin indeksi oshishi mumkin. Dozani oshib ketishini belgilarida darhol shifokorga murojaat qilish lozim. Davolash: keyingi faollashtirilgan ko‘mirni buyurish bilan me’dani yuvish; simptomatik terapiya.

Retseptsiz

4 tabletka blisterda, 5 blister karton qutida. 10 tabletka blisterda, 1 blister karton qutida. 4 tabletka blisterlarda, 1 blister konvertda, 25 konvert karton qutida.

3 yil.