RidKold

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol ingrediyentlar: Paratsetamol                                    – 500 mg Fenilefrin gidroxloridi                       – 5 mg Xlorfeniramin maleati                – 2 mg Kofein                                             – 30 mg Yordamchi moddalar: Mikrokristall tsellyuloza            – 58,225 mg Natriy metilparaben                     – 1,025 mg Natriy propilparaben                  – 0,25 mg Povidon K-90                                  – 10,0 mg Tozalangan suv                                 – q.s. Natriy kraxmal glikolyati            – 16,0 mg Magniy stearati                             – 2,27 mg Tozalangan talk                             – 6,0 mg Suvsiz kolloid kremniy dioksidi -4,0 mg Natriy laurilsulfati                 – 5,0 mg

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

paratsetamol, fenilefrin gidroxlorid, xlorfeniramin maleati va kofein.

Preparatning savdo nomi:

RidKold

Farmakalogik guruhi:

O‘RK simptomlarini bartaraf etish uchun vosita

Dori shakli:

tabletkalar

oq rangli, dumaloq, bir tomoni riska va faskali va boshqa tomoni yassi qobiqsiz tabletkalar.

O‘RK simptomlarini bartaraf etish uchun vosita

N02BE51.

Klinik manzarasida isitma yoki etni uvishishi, gipertermiya, bosh og‘rig‘i, burun bitishi, tumov, mushaklarda og‘riq ustun bo‘lgan shamollash (O‘RVI, gripp) simptomlarini qisqa muddatli yengillashtirish uchun qo‘llanadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 1-2 tabletkadan har 6-8 soatda. Maksimal sutkalik doza 8 tabletka. 12 yoshdan kichik bolalarga qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Paratsetamol pankreatit, toshma ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalarni yoki qon kasalliklarini (shu jumladan neytropeniyani, pantsitopeniyani, leykopeniyani, agranulotsitozni va trombotsitopeniyani) chaqirishi mumkin. Simptomlar preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan keyin yo‘qoladi. Toshma odatda qizil dog‘lar yoki allergik qavarchiqlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi va haroratni oshishi va shilliq qavatini shikastlanishi bilan kechishi mumkin. Yengil uyquchanlikdan chuqur uyqugacha o‘zgaradigan sedativ samara, shu jumladan toliqish, bosh aylanishi va koordinatsiyani yo‘qotilishi xlorfenaminning eng ko‘p tarqalagan nojo‘ya ta’sirlari bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa bolalarda asabiylashish, ta’sirchanlik, eyforiyani his qilish,tremor va kamroq tungi tungi dahshatlar, gallyutsinatsiyalar va tirishishlar bilan kechadigan markaziy nerv tizimining paradoksal rag‘batlantiruvchi yuz berishi mumkin. Keksa yoshdagi patsiyentlar preparatni ta’siriga, qon bosimini pasayishiga va markaziy nerv tizimini faoliyatini pasayishiga, xatto davolash uchun samarali bo‘lgan dozalarda ham sezuvchan. Feniefrin gidroxloridi bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, terlash, yurak urishini tezlashishi yoki nomuntazam bo‘lishi (taxikardiya, qorinchalar aritmiyasi), qon bosimini oshishi, siyishni qiyinlashishi, mushak zaifligi, tremor, xavotirlik, bezovtalik va uyqusizlik, qo‘rquv, ongni chalkashishi, ishtahani pasayishi, hansirash, terlash, ko‘p so‘lak ajrashi, moddalar almashinuvini buzilishini chaqirishi mumkin.

Preparatni jigarni og‘ir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.koronar arteriyalarining yaqqol aterosklerozi;qandli diabet;tritsiklik antidepressantlarni,betta-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qabul qilish;preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlarni saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish;homiladorlik;laktatsiya davri;preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Preparat MAO ingibitorlarini, sedativ preparatlarni, etanolning samaralarini kuchaytiradi. Preparatni antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalari, fenotiazin hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda siyishni tutilishini, og‘izni qurishi, qabziyatlarni rivojlanish xavfi oshadi. Paratsetamol diuretik preparatlarni samaradorligini kamaytiradi. Etanol antigistamin dori vositalarning sedativ ta’sirini kuchaytiradi. Xlorfenaminni MAO ingibitorlari, furazolidon bilan bir vaqtda qo‘llash gipertonik xuruj qo‘zg‘alishga, giperpireksiyaga olib kelishi mumkin. Tritsiklik antidepresantlar fenilefrinning adrenomimetik ta’sirini kuchaytiradi, galotanni bir vaqtda buyurish qorinchalar aritmiyasini rivojlanish xavfini oshiradi. Fenilefrin guanetidinni gipotenziv ta’sirini pasaytiradi, u o‘z navbatida fenilefrinni alfa- adrenostimulyatsiyalovchi faolligini kuchaytiradi. Preparatni barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampitsin va jigarning mikrosomal fermentalarini boshqa induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganda paratsetamolni gepatotoksik ta’sirini rivojlanish xavfi oshadi.

Shifokorni ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llansin. Preparatni qo‘llash davrida alkogolni, uxlatuvchi va anksiolitik preparatlarni (trankvilizatorlar) istemol qilishdan saqlanish lozim. Paratsetamol saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanmasin. Homiladorlik va laktatsiya

Odatda paratsetamol bilan bog‘liq dozani oshirib yuborilishi paratsetamolni 10-15 g dan yuqori dozalarda qabul qilingandan keyin namoyon bo‘ladi. Simptomlari: teri qoplamalarini oqarishi, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, gepato nekroz, jigar transaminazalari faolligini oshishi, protrombin vaqtini oshishi. Davolash: me’dani yuvish, keyinchalik faollashtirilgan ko‘mirni buyurish,simptomtatik davolash, dozani oshirib yuborilgandan 8-9 soatdan keyin metioninni va 12 soatdan keyin – atsetiltsisteinni yuborish.

Retseptsiz

Tabletkalar alyumin folgali kontur uyasiz o‘ramda, №4.

3 yil.