RIDFLYU xot

Tarkibi:

10 g limon ta’mli kukun (bir paketcha) quyidagilarni saqlaydi: faol ingrediyentlar: paratsetamol – 500 mg, kofein – 30,0 mg, fenilefrin gidroxloridi – 10,0 mg, feniramin maleati – 20 mg; yordamchi ingrediyentlar: limon kislotasi – 730 mg, aspartam – 20 mg, qand – 7617,2 mg, natriy saxarini – 80,004 mg, natriy tsitrati – 730 mg, natriy metilparabeni – 16 mg, natriy propilparaben – 4 mg, xinolin sariq laki – 77,5 mg, limon ta’mli qo‘shimcha – 234 mg. 10 g apelsin ta’mli kukun (bir paketcha) quyidagilarni saqlaydi: faol ingrediyentlar: paratsetamol – 500 mg, kofein – 30,0 mg, fenilefrin gidroxloridi – 10,0 mg, feniramin maleati – 20 mg; yordamchi ingrediyentlar: limon kislotasi – 730 mg, aspartam – 20 mg, qand – 7617,2 mg, natriy saxarini – 80,004 mg, natriy tsitrati – 730 mg, natriy metilparabeni – 16 mg, natriy propilparaben – 4 mg, sanset xinolin sariq supra – 5,5 mg, apelsin ta’mli qo‘shimcha – 234 mg. 10 g uzum ta’mli kukun (bir paketcha) quyidagilarni saqlaydi: faol ingrediyentlar: paratsetamol – 500 mg, kofein – 30,0 mg, fenilefrin gidroxloridi – 10,0 mg, feniramin maleati – 20 mg; yordamchi ingrediyentlar: limon kislotasi – 730 mg, aspartam – 20 mg, qand – 7617,2 mg, natriy saxarini – 80,004 mg, natriy tsitrati – 730 mg, natriy metilparabeni – 16 mg, natriy propilparaben – 4 mg, ponso 4R laki – 4 mg, ponso 4R supra – 2 mg,indigokarmin laki – 4 mg, uzum ta’mli qo‘shimcha – 234 mg. 10 g malina ta’mli kukun (bir paketcha) quyidagilarni saqlaydi: faol ingrediyentlar: paratsetamol – 500 mg, kofein – 30,0 mg, fenilefrin gidroxloridi – 10,0 mg, feniramin maleati – 20 mg; yordamchi ingrediyentlar: limon kislotasi – 730 mg, aspartam – 20 mg, qand – 7617,2 mg, natriy saxarini – 80,004 mg, natriy tsitrati – 730 mg, natriy metilparabeni – 16 mg, natriy propilparaben – 4 mg, ponso 4R supra – 4 mg, eritrozin supra – 0,96 mg, malina ta’mli qo‘shimcha – 234 mg.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

paratsetamol, kofein, fenilefrin gidroxloridi, feniramin maleati.

Preparatning savdo nomi:

RIDFLYU xot

Farmakalogik guruhi:

o‘tkir respirator kasallik simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun eritmani tayyorlash uchun kukun (limon, apelsin, uzum yoki malina ta’mli).

Limon ta’mli: sariq rangli, o‘ziga xos hidli granulalangan kukun. Apelsin ta’mli: to‘q sariq rangli, o‘ziga xos hidli granulalangan kukun. Uzum ta’mli: binafsha rangli, o‘ziga xos hidli granulalangan kukun. Malina ta’mli: pushti rangli, o‘ziga xos hidli granulalangan kukun.

o‘tkir respirator kasallik simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita.

N02BE51.

Klinik manzarasida isitma yoki qaltirash, gipertermiya, bosh og‘rig‘i, burun bitishi, tumov, mushaklarda og‘riq kabi shamollash simptomlarini qisqa vaqtga yengillashtirish uchun qo‘llanadi.

Buyurilgan dozalarni oshirmang. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: 1-2 paketcha ichidagi kukun 1 stakanda qaynatilgan issiq suv bilan eritiladi; issiq holda ichiladi. Ta’miga qarab shakar qo‘shish mumkin. Takroriy dozani har 6-8 soatdan keyin qabul qilish mumkin. 12 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga tavsiya etilmaydi.

Paratsetamol pankreatitni, toshma ko‘rinishida allergik reaktsiyalarni yoki qon kasalliklarini (shu jumladan neytropeniya, pantsitopeniya, leykopeniya, agranulotsitoz va trombotsitopeniyani) chaqirishi mumkin. Simptomlar preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin yo‘qoladi. Toshma odatda qizil dog‘lar yoki allergik pufakchalar ko‘rinishida paydo bo‘ladi va tana haroratini oshishi hamda shilliq qavatlarning shikastlanishi bilan kechishi mumkin. Fenilefrin gidroxloridi bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, terlash, chanqoq, yurakning tez-tez yoki nomuntazam urishi (taxikardiya, yurak qorinchalari aritmiyasi), qon bosimi oshishi (gipertoniya), siydik chiqarishda qiyinchiliklar, mushak bo‘shashishi, tremor, xavotirlik, bezovtalik va uyqusizlik, qo‘rquv, ongni chalkashishi, ishtahani pasayishi, xansirash, terlash, ko‘p so‘lak ajralishi, modda almashinuvini buzilishini chaqirishi mumkin.

Preparatni og‘ir jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarda;arterial gipertenziyada;qandli diabetda;tritsiklik antidepressantlar, beta-adrenoblokatorlar bir vaqtda qabul qilinganda;preparat tarkibiga kiradigan komponentlarni o‘z tarkibida saqlaydigan preparatlar bir vaqtda qabul qilinganda;preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Preparat monoaminoksidaza ingibitorlari, sedativ preparatlar, etanol ta’sirini kuchaytiradi. Preparat antidepressantlar, Parkinson kasalligiga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida siydik tutilishi, og‘iz qurishi, qabziyat rivojlanishi xavfi oshadi. Paratsetamol diuretik preparatlarning samaradorligini pasaytiradi. Etanol antigistamin dori vositalarining sedativ ta’sirini kuchaytiradi. Tritsiklik antidepressantlar fenilefrinning adrenomimetik ta’sirini kuchaytiradi, galotanni bir vaqtda buyurilishi yurak qorinchalari aritmiyasi rivojlanishi xavfini oshiradi. Fenilefrin guanetidinning gipotenziv ta’sirini pasaytiradi, guanetidin esa o‘z navbatida fenilefrinning alfa-adrenostimulyatsiyalovchi faolligini kuchaytiradi. Preparat barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampitsin va jigar mikrosomal fermentlarining boshqa induktorlari bilan bir vaqtda qabul qilinganda paratsetamolning gepatotoksik ta’sirini rivojlanish xavfi oshadi.

Preparatni qabul qilish davrida alkogolni, uxlatuvchi va anksiolitik preparatlarni (trankvilizatorlarni) iste’mol qilishdan saqlanish kerak. Tarkibida paratsetamol saqlovchi boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.

Tadqiqotlar o‘tkazilmagan.

Quruq joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: Dozani oshirib yuborilishi ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani yo‘qolishi, me’dada og‘riqlar, ataksiya, qo‘zg‘aluvchanlik, gallyutsinatsiyalar, mushaklar tremori, mushaklarni tortishishi, qorachiqni kengayishi, og‘iz qurishi, arterial gipertenziya va xavotirlik kabi simptomlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Davolash: me’dani yuvish va so‘ngra faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, simptomatik davolash, doza oshirib yuborilganidan keyin 8-9 soat o‘tgach metioninni va 12 soatdan keyin atsetiltsisteinni yuborish bilan amalga oshiriladi.

Retseptsiz

10 g dan kukun alyuminiy folgali paketchada №5 va №10

3 yil.