Riabalretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi: faol modda: prifiniy bromidi (Prifinium bromide) – 90 mg; yordamchi moddalar: saxaroza, 70% li suyuq sorbitol, glitserin, propilengikol, glikamil (monoammoniy glitsirrizinati), natriy tsitrati, Caramel Cream hushbo‘yi, natriy saxarinati, natriy benzoati, FD &C Yellow No.6 bo‘yovchisi, Allura Red FD & C (Red no.40) bo‘yovchisi, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

prifiniy bromidi

Preparatning savdo nomi:

Riabal

Dori shakli:

7,5 mg/5 ml sirop.

shirin karamel ta’miga ega to‘q sariq sirop. Farmakoterapevtik guruhi: me’da-ichak kasalliklari patologiyasini davolash uchun qo‘llanadigan vosita (antixolinergik vosita).

A03AV18

Qusish: chaqaloqlar va bolalardagi oddiy qusish; o‘tkir gastroenteritlarda (me’da va ingichka ichakning shilliq qavatlarini yallig‘lanishida); isitmali holatlarda (tana harorati keskin oshganida); dori vositalarini o‘zlashtira olmaslikda qo‘llaniladi. Abdominal og‘riqli sindrom (qorinda og‘riq): yo‘g‘on ichakning o‘tkazuvchanligini buzilishi va qorinni dam bo‘lishi bilan kechuvchi yoki kechmaydigan funktsional kasalliklari; me’da-ichak yo‘llarining shilliq mushaklarini psixogen tabiatiga ega spazmlari; me’da-ichak yo‘llarining kasalliklarini etiologik (bevosita kasallikning yuz berish sabablariga ta’sir etuvchi) davolashga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. Siydik-tanosil tizimining og‘riqli sindromlari: siyishga qistovlar, siydik kislotasi va uratlarni siydik bilan chiqarilishi, tsistitlar va piyelitlarda qo‘llaniladi. Gastroendoskopiyada va me’da-ichak yo‘llari radiografiyasida dori vositalari bilan tayyorgarlik. Dismenoreya va qusishda qo‘llaniladi.

3 oylikdan kichik bolalar.:1 ml dan har 6-8 soatda3-6 oylik bolalar:1-2 ml dan har 6-8 soatda6-12oylik bolalar:2 ml dan har 6-8 soatda1-2 yoshli bolalar:5 ml dan har 6-8 soatda2-6 yoshli bolalar:5-10 ml dan har 6-8 soatda buyuriladi

Og‘izni qurishi, qorachiqlarni kengayishi, akkomodatsiyani buzilishi (rang ajratishni buzilishi), uyquchanlik. Ko‘rsatilgan simptomlar preparatning dozasi pasaytirilganda yoki uni bekor qilinganda yo‘qoladi.

Ko‘z ichki bosimini oshishi, prostata bezi gipertrofiyasi, siydik chiqarish yo‘llari funktsiyasini siyishni tutilishi bilan namoyon bo‘luvchi izdan chiqishi.

Antixolinergik ta’sirga ega preparatlarni qabul qilish ko‘zni ichki bosimini oshish sababi bo‘lishi mumkin. Prostata bezi gipertrofiyasi bo‘lgan patsiyentlarda siyish soni kamayadi, bir vaqtda qovuq xajmi maksimal oshadi, bu dizuriyani yomonlashishiga olib keladi. Prifiniya bromidni homiladorlik va laktatsiya davrida qabul qilish uchun qo‘llashga mumkin bo‘lmagan xolatlar yo‘q.

Bolalar ololmaydigan joyda, 15°S–25°S gacha bo‘lgan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Simptomlari: holsizlik, bosh aylanishi, taxikardiya, ortostatik gipotenziya; gallyutsinatsiyalar. Davolash: me’dani aspiratsiya va yuvish yo‘li bilan tozalash kerak. Tuzli surgi vositalarini buyurish kerak. Antixolinergik preparatlarning markaziy va periferik nerv tizimiga ta’sirini nazorat qilish uchun Fizostigmin salitsilatini (1-2 mg) mushak ichiga, vena ichiga yoki teri ostiga yuborish kerak.

Retsept bo‘yicha

To‘q polimer (PVX) flakonlar bolalardan himoya qilish uchun ochish nazorati bo‘lgan qopqoqlar bilan berkitilgan. Flakonlarga qog‘oz yorliq yopishtirilgan. 1 flakon, o‘lchov pipetkasi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.