Reytoil rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: baliq yog‘i (YERA/DHA 30%)                                    – 1000 mg; yangi ungan bug‘doy poyasidan olingan moy                      – 100 mg; yordamchi moddalar: jelatin, anidrisorb, glitserin 85%, natriy etilgidroksibenzoati, natriy propilgidroksibenzoati, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

baliq yog‘i, yangi ungan bug‘doy poyasidan olingan moy.

Preparatning savdo nomi:

Reytoil

Farmakalogik guruhi:

gipolipidemik vosita.

Dori shakli:

yumshoq jelatin kapsulalar

tarkibida baliq hidili tiniq sariq moy saqlovchi uzunchoq, tiniq sariq rangli kapsulalar.

gipolipidemik vosita.

S10AX06.

ortiqcha tana vazni, qandli diabet, gipertenziya va arterioskleroz bilan bog‘liq bo‘lgan gipertriglitseridemiya;dislipidemiya (lipidlar almashinuvini buzilishi) bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni oldini olish;yurak-qon tomir kasalliklari va ularni oldini olish;kelib chiqishi turlicha bo‘lgan artrozo-artritlar;autoimmun kasalliklar: tarqoq skleroz, tizimli sklerodermiya, revmatoidli artrit;suyaklarni kasalliklari: sinishlar, osteomiyelit, osteoporoz va boshqalar;me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi;xavfli o‘smalarni oldini olish;qandli diabet va uning asoratlarini oldini olish;nerv tizimi kasalliklari: xotirani buzilishi, Altsgeymer kasalligi, parishonxotirlik;teri kasalliklari: psoriaz, ekzema, neyrodermatit va boshqalar, trofik yaralar;ona va homila sog‘lig‘ini tutib turish uchun (muddatidan oldingi tug‘ruqlar, homila tug‘ilganida tana vaznini kichik bo‘lishi) qo‘llanadi.

Reytoil ichga, kunning birinchi yarmida ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin chaynamasdan, suv bilan birga 1 kapsuladan kuniga 3 marta qabul qilinadi. Davolash kursi kamida 3 oyni tashkil etadi. Qayta davolash kurslari shifokorning tavsiya bo‘yicha buyurilishi mumkin.

Allergik reaktsiyalar namoyon bo‘lishi mumkin.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

A vitamini, askorbin kislotasi, tiamin, riboflavin, piridoksin, magniy preparatlari preparatning ta’sirini kuchaytiradi. Reynoil preparatini fibratlar (klofibrat, tsiprofibrat, fenofibrat, etofibrat, gemfibrozil) bilan majmuada qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Reytoil preparatini qabul qilish vaqtida tarkibida Ye vitaminini saqlovchi boshqa dori vositalarini qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya davrida faqat shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanadi.

30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: epigastral sohada og‘riq, dispeptik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, diareya). Davolash: simptomatik. Preparatni bekor qilish kerak.

Retseptsiz

Yumshoq jelatin kapsulalar. 10 kapsuladan blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil.