Reparil gel N (Reparil Gel N) rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol moddalar: 0,01 g estsin, 0,05 g dietilamin salitsilati; Yordamchi moddalar: lavanda moyi, neroliy moyi, karbomerlar, makrogol-6 glitserol kaprilokaprat, dinatriy edetati, trometamol, izopropil spirti, tozalangan suv.

Preparatning savdo nomi:

Reparil®-gel N (Reparil®-Gel N)

Farmakalogik guruhi:

Bo‘g‘imlar va mushaklardagi og‘riqlarda sirtga qo‘llash uchun vosita.

Dori shakli:

Chiqarilish shakli: Sirtga qo‘llash uchun gel

Lavanda hamda izopropil spirti hidli, tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish rangli gel.

Bo‘g‘imlar va mushaklardagi og‘riqlarda sirtga qo‘llash uchun vosita.

M02AS

To‘mtoq zarbalar (ya’ni lat yeyishlar, paylarni cho‘zilishi) oqibatida o‘tkir jarohatlarning yengil asoratlarini tutib turuvchi simptomatik davolashda mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Agar kasallikning simptomlari ikki kundan ortiq davom etsa yoki patsiyentning ahvoli yomonlashsa shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Faqat mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan! Ichga qabul qilmang! Agar shifokor tomonidan boshqa qo‘llash usuli buyurilmagan bo‘lsa, kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga gelning yupqa qatlamini terining shikastlangan sohalariga sutkada bir martadan uch martagacha butun yuzasi bo‘ylab bir xil taqsimlab surtish kerak. Gelni yengil massaj harakatlari bilan surtish mumkin. Bog‘lov qo‘yishdan oldin Reparil®-gel N preparatini teri yuzasida qurishi uchun bir necha minut kutish kerak. Bosuvchi bog‘lov qo‘yish tavsiya etilmaydi.

Dietilamin salitsilat va/yoki estsin – faol ingrediyentlarga, shuningdek preparatning tarkibidagi boshqa ingrediyentlarga yoki boshqa og‘riq qoldiruvchi va revmatizmga qarshi dori vositalar (nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar) ga ma’lum o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi bo‘lganida preparatni qo‘llash mumkin emas. Ochiq jarohatlarga, terining yallig‘lanish yoki infektsion kasalliklarida, ekzemalarda nur bilan davolangan terining sohalariga, shuningdek shilliq qavatlarga preparatni qo‘llash mumkin emas. 15 yoshdan kichik bolalarga qo‘llash mumkin emas.

5oS dan 30°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Preparat teriga tavsiya etilgan dozadan yuqori dozalarda qo‘llanganida, gelni artib tashlash va terini suv bilan yuvish kerak. Agar Reparil®-gel N preparati ahamiyatli darajada yuqori hajmda surtilsa yoki bexosdan ichga qabul qilinsa, shifokorga xabar berish kerak.

Retseptsiz

5 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.