Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Sorbitol umumiy metabolizmga tez kirishadi, uning 80-90% jigarda o‘zlashtiriladi va glikogen ko‘rinishida yig‘iladi, 5% miya to‘qimalarida, yurak mushaklarida va skelet mushaklarida yig‘iladi, 6-12% siydik bilan chiqariladi.
Qon tomirlarga yuborilganida natriy laktatidan natriy, SO2 va N2O ajralib chiqadi va ular natriy bikarbonatini hosil qiladilar, bu qonning ishqoriy zahirasini oshishiga olib keladi.
Yuborilgan natriy laktatining faqat yarmigina (izomer L) faol hisoblanadi, boshqa yarmi (izomer D) esa metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.
Natriy xloridi aylanayotgan qon xajmini faqat vaqtincha oshirib, qon tomir havzasidan tezda chiqariladi.
Diurezni kuchaytiradi.
– kapillyar qon oqishini yaxshilash uchun travmatik, operatsiyadan va kuyishdan keyingi, gemolitik va toksik shokni oldini olish va davolash maqsadida, o‘tkir qon yo‘qotishda, kuyish kasalligida; – intoksikatsiya bilan kechuvchi infektsion kasalliklarda, surunkali gepatitning zo‘rayishida; – sepsisda; – operatsiyadan oldingi tayyorlash uchun va operatsiyadan keyingi davrda; tromboz, tromboflebitlar, endarteritlar oldini olish va davolash maqsadida, arterial va venoz qon aylanishini yaxshilashda – Reyno kasaligida qo‘llanadi.
Reosorbilakt kattalarga vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab, minutiga 40-60 tomchi tezligida yuboriladi.
Zarurati bo‘lganida minutiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yo‘li bilan sinama o‘tkazilganidan keyin preparatni oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yiladi.
15 tomchi yuborilganidan keyin preparatni yuborish to‘xtatiladi, 3 minut o‘tgach esa, reaktsiya bo‘lmaganida, Reosorbilakt oqim bilan yuboriladi.
Travmatik, kuyish, operatsiyadan keyingi va gemolitik shoklarda kattalarga 600-1000 ml dan (10-15 ml/kg bemorning tana vazniga) bir marta va 600-1000 ml (10-15 ml/kg bemorning tana vazniga) dan takroran, avval oqim bilan, so‘ngra esa tomchilab yuboriladi.
Surunkali gepatitlarda kattalarga – 400 ml (6-7 ml/kg bemorning tana vazniga) dan tomchilab, takroran yuboriladi.
O‘tkir qon yo‘qotishda kattalarga 1500 -1800 ml dan (tana vazniga 25 ml/kg dan) yuboriladi.
Bunday holda reosorbilakt infuziyasini gospitalgacha bo‘lgan bosqichida, ixtisoslashgan tez yordam mashinasida o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Operatsiyadan oldingi davrda va turli xirurgik aralashuvlardan so‘ng preparat 400 ml dozada (6-7 ml/kg tana vazniga) tomchilab 3-5 kun davomida yuboriladi.
Qon tomirlarining tromboobliteratsiyalovchi kasalliklarida tana vazniga 8-10 ml/kg dozada tomchilab, takroriy, kunora yuboriladi, davolash kursiga 10 ta infuziyagacha.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni 10 ml/kg dozasida yuborish taviya qilinida, 6 yoshdan 12 yoshgacha – kattalarga tavsiya qilingan dozasining yarimi yuboriladi.
12 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga kattalar bilan bir xil dozada yuboriladi
Alkaloz va allergiya reaktsiyasi (teri toshmasi, qichishish).
— Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.
— alkalozda, — suyuqlikni katta hajmlarini quyish mumkin bo‘lmagan xollarda (miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak-tomir dekompensatsiyasi, III-darajali arterial gipertenziya, terminal buyrak yetishmovchiligi), suvsizlanishda qo‘llash mumkin emas.
Reosorbilakt fosfat- i karbonat saqlovchi eritmalar bilan qo‘llash mumkin emas.
Preparat kislota-ishqor holatining va qondagi elektrolitlarning ko‘rsatkichlari, jigarning funktsional holati va arterial bosimning nazorati ostida qo‘llanadi.
Kalkulyoz xoletsistiti bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan yuboriladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.
Alkaloz ko‘rinishlari paydo bo‘ladi, ular preparatni yuborilishi darhol to‘xtatilishi sharoitida mustaqil tez o‘tib ketadi, ba’zida kollaps, suvsizlanish (diurezning kuchayishi hisobiga).
Yuborish tezligi oshrilganida taxikardiya, arterial bosimni oshishi, hansirash, bosh og‘rig‘i, qorinda og‘riq rivojlanishi mumkin.
Ko‘rsatilgan simptomlar eritmani yuborish tezligi ancha kamaytirilganidan keyin yoki to‘xtatilganidan keyin mustaqil tez yo‘qoladi.