Allergik reaktsiyalar: teri qoplamalarini qizarishi, qichishish, teri toshmalari, angionevrotik shish (Kvinke shishi), anafilaktik shish, qizib ketishni his qilish, isitma.
Yurak va qon tomirlari tomonidan: arterial bosimni oshishi, taxikardiya, hansirash, shishlar.
Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: odatda, ko‘ngil aynishi, qusish, og‘izni qurishi, qorinda og‘riq.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: odatda, ayniqsa gipovolemiyada, preparat diurezni oshishini chaqiradi.
Ammo, ba’zida Reopoliglyukin qo‘llanganda diurezni kamayishi kuzatiladi, siydik yopishqoq bo‘lib qoladi, bu bemor organizmini degidratatsiyasini ko‘rsatadi.
Bunday holatlarda plazmaning osmotik bosimini tiklash bir maromda tutib turish uchun kristalloid eritmalarini vena ichiga yuborish zarur.
Preparatni 15 ml/kg hisobidan katta dozada qo‘llanganda giperosmolyarlik yuz beradi, ular naychalarni kuyishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lib, keyinchalik buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin, ular diurezni kamayishi, yopishqoq siydikni chiqarilishi bilan namoyon bo‘ladi.
Qon tizimi: gipokoagulyatsiya, qon ketishi, preparat qon guruhlarini aniqlashni qiyinlashtiradi.
Boshqalar: umumiy holsizlik, oyoq-qo‘llarni shishishi, belda og‘riq.
Izoh: nojo‘ya reaktsiyalari yuz bergan hollarda (klinik holatga ko‘ra) darhol preparatni yuborishni to‘xtatish lozim va ignani venadan chiqarmasdan muvofiq yo‘riqnomalarda ko‘rsatilgan hamma transfuzion reaktsiyalarni yo‘qotish uchun shoshilinch choralarni – yurak-qon tomir preparatlarini, kortikosteroidlarni, antigistamin vositalarini, kaltsiy preparatlarini (masalan, 10% li kaltsiy xlorid eritmasi), nafas analeptiklari, kristalloid eritmalar va boshqalarni yuborishni, kollapsda – vazopressorlar va kardiotoniklarni qo‘llashni boshlash lozim