Remetik rasmini ko'rish

Tarkibi:

Ta’sir etuvchi moddalar: alyuminiy gidroksidi – 405 mg, magniy gidroksidi – 100 mg, simetikon – 125 mg. Yordamchi moddalar: 70% sorbitol, mannitol, vodorod peroksidi, metilparaben, propilparaben, suvsiz limon kislotasi, natriy saxarinati, 95% etanol, qalampir yalpiz moyi, guaron qatroni, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Alyuminiy gidroksidi, magniy gidroksidi, simetikon.

Preparatning savdo nomi:

Remetik®

Dori shakli:

Suspenziya.

Oq yoki deyarli oq rangli, o‘ziga xos yalpiz hidli suspenziya. Farmakoterapevtik guruhi: Me’da-ichak yarasiga qarshi vosita (antatsidlar).

A02AV10

me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini zo‘rayishlarini oldini olish (majmuaviy davolash tarkibida).o‘tkirgastrit, surunkali gastritni zo‘rayishi bosqichi;difragmaning qizilo‘ngach teshigini churrasi;reflyuks-ezofagit;duodenit;diskomfort, meteorizm, epigastriyada og‘riqlar, noto‘g‘ri ovqatlanish paytida paydo bo‘ladigan nordon kekirish, alkogolni, qahvani, nikotinni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish.

Ichga qabul qilish uchun suspenziya. Qo‘llashdan avval suspenziyali flakonni yaxshilab chayqating. Kattalarga 2 choy qoshiq (10 ml) dan ovqatdan 30-40 minut oldin sutkada 4 marta (agar shifokor tomonidan boshqacha tayinlanmagan bo‘lsa) qabul qilish kerak. Reflyuks- ezofagitda preparatni shuningdek 2 choy qoshik (10 ml) dan ovqatdan bir soatdan keyin qabul qilinadi. Epizodik qo‘llanganida (noto‘g‘ri ovqatlangandagi diskomfort) 2 choy qoshiq (10 ml) dan bir marta buyuriladi. Maksimal sutkalik doza 16 choy qoshiq (80 ml). 10 yoshdan katta bolalar uchun bir choy qoshiqdan (5 ml) sutkada 2 marta ovqatdan 1 soatdan keyin (agar shifokor tomonidan boshqacha tayinlanmagan bo‘lsa) buyuriladi.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: kam hollarda yuqori dozalarda qabul qilinganda ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat, ta’m sezishni o‘zgarishi. Moddalar almashinuvi tomonidan: preparat buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda  yuqori dozalarda qabul qilinganda alyuminiyni buyraklar orqali chiqarilishini buzilishi va uni suyaklarda to‘planishi bilan bog‘liq osteomalyatsiya kuzatilishi mumkin, uzoq qo‘llanganda gipofosfotemiya rivojlanishi mumkin bo‘lib, u og‘irroq shakllarda anoreksiyaga, mushak holsizligiga va osteomalyatsiyaga olib kelishi mumkin. Boshqalar: artralgiyalar, Altsgeymer kasalligini zo‘rayishi (keksa odamlarda) kuzatiladi.

– preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; – buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari; – 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar; – homiladorlik va laktatsiya davri.

Remetik dori preparatlar: tetratsiklin qatori antibiotiklari, vitaminlar, digoksin, H2-gistamin retseptorlarining blokatorlari, temir tuzlari, tsiprofloksatsin, fenotiazin, izoniozid, beta-adrenoblokatorlar, indometatsin va ketokonazol bilan bir vaqtda qo‘llanganda, ularning terapevtik samarasini pasaytirish qobiliyatiga ega.

Preparatni jigar va markaziy nerv tizimi kasalliklari: alkogolizm va tutqanoq bilan og‘rigan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Preparatni boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llanganda qabul qilishlar o‘rtasida interval kamida 2 soatni tashkil qilishi kerak. Zarurat bo‘lganida preparat buyrak, jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarga va keksa yoshdagi patsiyentlarga o‘ta ehtiyotkorlik bilan va davolovchi shifokorning nazorati ostida buyuriladi. Preparatni uzoq qo‘llanganda qonda fosfor va magniy miqdorini nazorat qilish tavsiya qilinadi. Preparat patsiyentning psixofizik holatini o‘zgarishini chaqirmaydi, avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini buzmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Kuruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: kaltsiy, magniy, fosfor almashinuvini buzilish belgilari (holsizlik, suyaklarda og‘riq, terini qizarishi, noadekvat xulq). Davolash: zarur bo‘lganda simptomatik davolashni o‘tkaziladi.

Retseptsiz

Suspenziya 100, 200 ml dan flakonda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga.

3 yil.