Remantadin boshqa dori vositalari kabi, barcha patsiyentlarda ham namoyon bo‘lavermaydigan nojo‘ya ta’sirlarni chaqirishi mumkin.
MedDRA (Reglamentar faoliyat terminologiyasining tibbiy lug‘ati) tasnifi tizimi bo‘yicha nojo‘ya ta’sirlarning tez-tezligi:
juda tez-tez (≥ 1/10);
tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha);
tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha);
kam hollarda (≥ 1/10 000 dan < 1/1000 gacha);
juda kam hollarda (< 1/10 000);
kelib chiqishi noma’lum (ma’lumotlarga asoslanib aniqlashni iloji yo‘q).
Ruhiyatni buzilishi
Tez-tez emas: depressiya, eyforiya, gallyutsinatsiyalar.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: uyqusizlik.
Tez-tez emas: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, kuchli qo‘zg‘aluvchanlik, e’tiborni buzilishi, ataksiya, uyquchanlik, giperkinez, tremor, o‘zini yo‘qotib qo‘yish, tirishishlar, hid bilishni o‘zgarishi yoki yo‘qolishi.
Eshitish a’zolari tomonidan buzilishlar va labirint buzilishlar
Tez-tez emas: quloqlarni shang‘illashi.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: yurakni urishi, yurak yetishmovchiligi, yurak blokadasi, taxikardiya.
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: gipertenziya, bosh miyada qon aylanishini buzilishi, xushdan ketish.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: xansirash, bronxospazm, yo‘tal.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: ko‘ngil aynishi, qusish.
Tez-tez emas: anoreksiya, og‘izni qurishi, qorinda og‘riq, ich ketishi, dispepsiya.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: teri toshmasi
Noma’lum: qichishish, papulyoz toshma, yoyilgan toshma, eshakemi.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
Tez-tez emas: asteniya, charchoq.
Nojo‘ya ta’sirlar tez-tezligi ayniqsa me’da-ichak yo‘llari va nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta’sirlar tavsiya etilgan dozalar oshirilganida oshadi.
Alohida hollarda, tavsiya etilgan dozalar oshirilganidan keyin ko‘z yoshini oqishi, tez-tez siyish, qaltirash, qabziyat, ko‘p terlash, stomatit, gipesteziya, ko‘zlarda og‘riq kuzatiladi.
Ko‘pchilik hollarda dori vositasini qabul qilishni to‘xtatgandan so‘ng nojo‘ya ta’sirlar yo‘qoladi.
Agar davolanish vaqtida yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan qandaydir nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa yoki eslatib o‘tilgan nojo‘ya ta’sirlarning birontasi ayniqsa kuchli namoyon bo‘lsa, shifokorga murojaat qilishni so‘raymiz.