Relaksil rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 125 mg valeriananing 0,8% li quruq suv-spirtli ekstarkti (Valeriana officinalis L.), 25 mg qalampir yalpizning quruq ekstrakti (Mentha piperita L.), 25 mg dorivor limono‘tning quruq ekstrakti (Melissa officinalis L.); yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, kartoshka kraxmali, og‘ir magniy oksidi, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati. Qattiq jelatin kapsula azorubin (Ye 122) va qora brilliant BN (Ye 151) bo‘yovchilari saqlaydi.

Preparatning savdo nomi:

Relaksil

Farmakalogik guruhi:

uxlatuvchi va sedativ preparatlar.

Dori shakli:

qattiq kapsulalar

qattiq jelatin kapsulalar №2. Kapsulaning korpusi va qopqoqchasi yashil rangda. Kapsula ichidagisi – kiritmali qo‘rg‘ir-jigarrangdan to kulrang-jigarranggacha bo‘lgan kukun yoki presslangan massa.

uxlatuvchi va sedativ preparatlar.

N05CM.

Quyidagi simptomlar bilan kechuvchi nevrozlarda: asabiy qo‘zg‘alish;bezovtalik;diqqatni jamlashni pasayishi;uyquni buzilishlarida qo‘llanadi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: aqliy yuklama, qo‘zg‘algan holat yoki ta’sirchanlikda – 2 kapsuladan sutkada 2 marta; uyqusizlikda – 2 kapsuladan uyqudan 1 soat oldin buyuriladi. Kapsulalarni butunligicha, ovqatlanishdan qat’iy nazar suv bilan qabul qilinadi. Relaksil preparati uchun ta’sirni asta-sekin namoyon bo‘lishi xarakterli. Davolashning optimal samarasiga erishish uchun preparatni kamida 2 hafta davomida uzluksiz qo‘llash tavsiya etiladi. Davolash muddati cheklanmagan. Preparatni hatto uzoq vaqt qo‘llaganda ham ko‘nikib qolish kuzatilmaydi. Davolash to‘xtatilgandan keyin bekor qilish sindromi kuzatilmaydi. Agar davolash boshlangandan keyin 14 davomida holatning yaxshilanishi kuzatilmasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi, lekin ba’zida me’da-ichak yo‘llari tomonidan simptomlar (ko‘ngil aynishi, abdominal spazmlar) paydo bo‘lishi mumkin, ularning tez-tezligi aniqlanmagan. Juda kam hollarda uyquchanlik, astenik ko‘rinishlar (holsizlik, kayfiyatni pasayishi) kuzatilgan. Agar boshqa nojo‘ya ko‘rinishlar (masalan, yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari – toshmalar, qichishish, terini qizarishi) paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat etish kerak.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Preparatni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Sintetik uxlatuvchi vositalar bilan majmuada qo‘llashdan oldin tibbiy diagnostika va shifokor kuzatuvi talab etiladi. Bir vaqtda qo‘llanilganda boshqa sedativ va uxlatuvchi vositalarning ta’siri kuchayishi mumkin.

Homiladorlik yoki emizish davrida preparatni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun Relaksilni bu davrda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Homiladorlik yoki emizish davrida preparatni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun Relaksilni bu davrda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari. Taxminan 20 g valeriana ildizlarining, preparatning 42 kapsulasiga ekvivalent bir martalik dozasi yuqori toliqish, abdominal spazmlar, yorug‘likka sezuvchanlik, qo‘llarda tremor, qorachiqlarni kengayishi, tushkunlik, ish qobiliyatini va diqqatni jamlashni pasayishi, bosh aylanishi kabi kuchsiz simptomlarni chaqirishi mumkin. Bu simptomlar 24 soat davomida o‘tib ketadi. Limon o‘ti barglari va qalampir yalpiz dozasini oshirib yuborilishi haqida xabarlar yo‘q. Davolash: simptomatik davolash (me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash).

Retseptsiz

10 kapsuladan blisterda, 2 blisterdan qutida.

2 yil.