Relaksaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: tiokolxikozid 4 mg; yordamchi moddalar: natriy xlorid, inyektsiya uchun suv. Ta’rifi: sariq rangli tiniq eritma.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tiokolxikozid

Preparatning savdo nomi:

Relaksa

Farmakalogik guruhi:

Markaziy ta’sirga ega miorelaksantlar.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

Markaziy ta’sirga ega miorelaksantlar.

M03VX05

Tiokolxikozid mushak orasiga yuborilgandan so‘ng tez so‘riladi va qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga 15-45 minutdan keyin erishiladi. Tiokolxikozidning 4 mg dozada bir marotabali mushak orasiga yuboriladigan inyektsiyasidan so‘ng qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi 61 ng/ml ni tashkil etadi. Qon plazmasi oqsillari (asosan albumin) bilan bog‘lanishi 13% ni tashkil etadi. U organizm mushaklari va to‘qimalar suyuqliklarida tez tarqaladi. Mushak ichiga 4 mg tiokolxikozid yuborilganidan so‘ng tarqalish hajmi 76 l ni tashkil etadi. Qon plazmasidan yarim chiqarilish vaqti 2,5 soatdan 5 soatgacha yetadi. Qabul qilingan dozaning 20 foizi siydik bilan o‘zgarmagan metabolitlar ko‘rinishida, 75-81% esa safro ajratuvchi tizim tomonidan najas orqali chiqariladi.

Og‘riqli mushak spazmlarini simptomatik davolash.

Shifokor tomonidan boshqa yo‘l-yo‘riq belgilanmagan bo‘lsa, tiokolxikozidning mushak ichiga yuboriladigan odatiy dozasi 4 mg (1 ta ampula) dan kuniga 2 mahalni tashkil qiladi. Preparatning inyektsion shakli bilan davolanishning tavsiya etilgan muddati – 3-5 kun. Davolashni davom ettirish zarurati bo‘lganda tiokolxikozidning og‘iz orqali qabul qilinadigan shaklini sutkalik miqdori 16 mg ga teng ravishda 5-7 kunga tavsiya etish mumkin. Fizioterapevtik muolajalarga tayyorgarlik ko‘rish mobaynida mushaklarning bo‘shashish davri mushaklar ichiga yuborilgan inyektsiyadan so‘ng 30-40 daqiqani tashkil etadi.

Mushaklar ichiga kiritilgandan so‘ng quyidagi nojo‘ya ta’sirlar vujudga kelishi mumkin: Uchrash sonini ta’riflash uchun guruhlar nomlanishi rasmiy tildagi standart atamalarga mos kelishi kerak va quyidagi shartli atamalar qo‘llaniladi: juda ko‘p (≥1/10); ko‘p (≥1/100 dan <1/10 gacha); ko‘p emas (≥1/1,000 dan <1/100 gacha); kam (≥1/10,000 dan <1/1,000 gacha); juda kam (<1/10,000) noma’lum (ma’lumotlar mavjud emasligi sababli baholashning imkoniyati yo‘q). Immun tizimi tomonidan buzilishlar: kam: qichish, eshakemi, anafilaktik reaktsiyalar, shu jumladan, angionevrotik shish; juda kam: anafilaktik shok. Asab tizimi tomonidan buzilishlar: kam: uyquchanlik, ong xiralashuvidan qo‘zg‘alishgacha o‘tish. Yurak-tomir tizimi tomonidan buzilishlar: kam: gipotenziya. Me’da-ichak yo‘li tomonidan buzilishlar: kam: ich ketishi, gastrodiniya, qusish. Teri va teri osti to‘qimalar tomonidan buzilishlar: kam: teri allergik reaktsiyalari.

– tiokolxikozid yoki kolxitsinlarga nisbatan o‘ta sezuvchanlik; – 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar; – mushaklar gipotoniyasi va bo‘shashgan falajlik; – bemorning qon quyilishiga moyilligi yoki antikoagulyant vositalar qabul qilinishi; – homiladorlik va emizikli davr.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri to‘g‘risida ma’lumot mavjud emas. Ammo boshqa miorelaksantlar bilan bir vaqtda qabul qilishda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak. Markaziy asab tizimiga ezuvchi ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa vositalar bilan bir vaqtda qabul qilganda, shu jumladan, spirtli ichimliklar, antigipertenziv vositalar, kuraresimon preparatlar bilan qabul qilganda miorelaksatsiya va markaziy asab tizimining ezilishi kuchayishi mumkin, gipotoniya rivojlanishi mumkin. Tiokolxikozid nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, fenilbutazon, analgetiklar va nevritni davolash uchun preparatlar, anabolik steroidlar, sedativ vositalar, barbituratlar va suktsinilxolin bilan birga samarali va xavfsiz qabul qilinishi mumkin. Tiokolxikozidni antikoagulyant vositalar bilan birga qabul qilish tavsiya etilmaydi, chunki qon quyilishi xavfi oshadi.

Tiokolxikozidni bolalarda qo‘llanishi man etiladi. Tiokolxikozid epilepsiya bilan kasal yoki epilepsiya xuruji xavfi bor bemorlarda epilepsiya xurujini qo‘zg‘atishi mumkin. Mazkur dori vositasida natriyning mavjudligi bitta dozaga 1 mmol (23 mg) dan kam, shuning uchun uni “natriysiz” deb atash mumkin. Jigar vazifasi buzilgan taqdirda dozani o‘zgartirish talab etilmaydi, chunki preparat jigarda metabolizmga uchramaydi. Buyraklar vazifalari buzilgan taqdirda preparat past dozada tavsiya etilishi kerak.

Homiladorlik davrida tiokolxikozid qo‘llanilishini baholash uchun ma’lumotlar mavjud emas, shuning uchun homiladorlik davrida relaksa qo‘llanilishi man etiladi. Tiokolxikozid ko‘krak sutiga ajraladi, shuning uchun emizikli davrida uni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Tiokolxikozidni qo‘llagan bemorlarda dozani oshirib yuborish bilan bog‘liq aniq belgilar kuzatilmagan. Davolash: dozani oshirib yuborish holatlarida bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish  va simptomatik davolash buyuriladi.

Retsept bo‘yicha

“Relaksa”, 4 mg/2 ml, mushak ichiga inyektsiya uchun eritma, №6, ampulalarda.

2 yil.