Relabretsept bilan

Tarkibi:

Har ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: odam normal albumini – 200 mg; yordamchi moddalar: natriy xloridi, natriy kaprilati, natriy gidroksidi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

albumin

Preparatning savdo nomi:

Relab

Farmakalogik guruhi:

plazma o‘rnini bosuvchi preparatlar.

Dori shakli:

infuziya uchun 20% li eritma

deyarli rangsizdan ko‘kimtir sarg‘ish yoki qahrabo rangli, tiniq, biroz qovushqoq suyuqlik.

plazma o‘rnini bosuvchi preparatlar.

V05AA01.

Albumin – odam qonining oqsil fraktsiyasini tarkibiy qismi bo‘lgan tabiiy oqsildir. Albuminning molekulyar massasi – 69,000 dalton. Odam qonining normal plazmasida oqsillarning taxminan 60% ni albumin tashkil qiladi. Albuminning oqsil molekulasi tarkibiga barcha 20 aminokislotalar kiradi. Albuminning sintezi jigarda sodir bo‘ladi. Odatdagi sharoitlarda albuminning umumiy almashma to‘plami (puli) tana vazniga 4-5 g/kg ni tashkil qiladi, undan 40-45% tomir ichida va 55-60% tomirdan tashqarida bo‘ladi. Kapillyarlar o‘tkazuvchanligini oshishi albuminning kinetikasini o‘zgartiradi va og‘ir kuyishlar yoki septik shok kabi holatlarda bu taqsimlanish buziladi. Odatdagi sharoitlarda albuminni o‘rtacha yarim chiqarilish vaqti taxminan 19 kunni tashkil qiladi. Sintez va parchalanish orasidagi muvozanat odatda teskari aloqa printsipi bo‘yicha boshqarilishi hisobiga amalga oshiriladi. Chiqarilishi asosan xujayra ichida lizosomal proteazalar faolligi hisobiga yuz beradi.

yondosh to‘qimalarni shishi bilan yoki usiz, onkotik bosimni pasayishi (15 mm sim. ust. past) bilan birga kechuvchi gipoproteinemiya va gipoalbuminemiya (plazmada albumin miqdorini 30 g/l dan pasayishi, yoki umumiy oqsilni 50 g/l dan pasayishida);shok (gipovolemik, gemorragik, travmatik, operatsion, toksik, yiringli–septik) degidratatsiya va qonning “quyuqlashganida” aylanayogan qon xajmini oshirish maqsadida;nefritlardagi nefrotik sindrom;og‘ir kuyishlar;yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning gemolitik kasalligi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi giperbilirubinemiya – qon quyishni o‘tkazish vaqtida yuz beradi (qondagi erkin bilirubinning darajasini kamaytirish maqsadida);o‘tkir jigar yetishmovchiligi; o‘tkir jigar nekrozi (ham plazmaning onkotik bosimini tutib turish maqsadida, va ham qon plazmasidagi ortiqcha erkin bilirubin miqdorini bog‘lash maqsadida);astsit (aylanayotgan qonning hajmini tutib turish uchun);miya shishi;sun’iy qon aylanishi yordamida o‘tkaziladigan operatsiyalar;davolovchi plazmaferez, gemodializ;kattalardagi o‘tkir retseptor distress sindromi (volemik zo‘riqishda diuretiklar bilan birga);operatsiyadan oldingi gemodelyutsiyani o‘tkazish va autoqon komponentlarini tayyorlash maqsadida qo‘llanadi.

Odam albumini kattalar va bolalarga vena ichiga tomchilab va oqim bilan yuboriladi. Qon plazmasidagi albuminning kontsentratsiyasini monitoringini o‘tkazish va gemodinamika ko‘rsatkichlarni nazorat qilish tavsiya etiladi. Quyish tezligini patsiyentlarning holati va ko‘rsatmalarga qarab tanlash kerak. Plazmani vena ichiga quyishda quyish tezligi yuqoriroq bo‘lishi mumkin va u qonni yo‘qotish tezligiga muvofiq bo‘lishi kerak. Albumin vena ichiga tomchilab minutiga 1-2 ml yoki 40 tomchidan yuqori bo‘lmagan tezlikda yuborish kerak. Maksimal yuborish vaqti – 3 soat. Katta hajmlarda yuborilganida, qo‘llashdan oldin Albumin xona haroratigacha yoki tana haroratigacha isitilishi kerak. Qo‘llashga tayyorlash Qopqog‘idan plyonkani oling. Flakonni ochishdan oldin mos keluvchi antiseptikli tampon bilan qopqog‘i ustini darhol arting. 5, 10, 20% albumin eritmasini quyishdan oldin shifokor preparat va uni saqlovchi idishni qattiq zarrachalarni borligi va rangini o‘zgarganligini tekshirish uchun vizual ko‘rikdan o‘tkazishi kerak. Preparat vizual ko‘rganda tiniq bo‘lishi va quyqalar hamda cho‘kma saqlamasligigi kerak. Preparatning germetikligi va berkitilganligi saqlanganida, butilkada yorliqlar bo‘lmaganida, etiketkasi saqlangan holda, ishlatish uchun yaroqli xisoblanadi. Vizual ko‘rik natijalari va yorliqdagi ma’lumotlari (preparatning nomi, ishlab chiqaruvchi korxona, seriya raqami) kasallik tarixida qayd qilinadi. Preparatning maksimal bir martalik dozasi albumin eritmasining kontsentratsiyasi, bemorning dastlabki holati va yoshiga bog‘liq. 20% li Relab eritmasining maksimal bir martalik dozasi 100 ml ga cheklanishi mumkin. Albumin eritmalarini oqim bilan yuborish arterial bosimni tez oshirish uchun turli genezli shoklarda mumkin. Gipovolemiya Gipovolemik shokni davolash uchun qo‘llanayotgan preparatning hajmi va infuziya tezligi konkret patsiyentning javob reaktsiyasiga moslashtirilgan bo‘lishi kerak. Patsiyentlarning gemodinamik ko‘rsatkichlarinii kuzatish kerak, qon aylanish tizimiga ortiqcha volemik yuklamaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, odatdagi ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak. Kattalar: o‘rtacha boshlang‘ich doza 25 g, 48 soat davomida 250 g gacha yuboriladi. Umumiy dozasi faol qon ketishi bo‘lmaganida normada kuzatiladigan albumin darajasidan (tana vazniga taxminan 2 g/kg) oshmasligi kerak. Bolalar: shoshilinch holatlarda boshlang‘ich doza 25 g, qolgan holatlarda doza kattalar uchun dozadan 2-4 marta kam bo‘lishi va albumin eritmasining kontsentratsiyasini hisobga olib bir kilogramm tana vazniga millilitrlarda (bolaning tana vazniga 3 mg/kg dan ko‘p emas) hisoblanishi kerak. Agar xujayradan tashqari degidratatsiya bo‘lsa, unda albumindan keyin tuzli eritma quyiladi. Tsirrozi bo‘lgan patsiyentlarda astsistik suyuqligini yo‘qotish, yurak-qon tomir tizimining faoliyatini o‘zgarishlari va xatto gipovolemik shokni rivojlanishi bilan kechishi mumkin. Bunday vaziyatlarda albuminni quyish aylanayotgan qon hajmini tutib turish uchun kerak. Kuyishlarni davolash Kuyishli shikastlanishlardan keyin (odatda 24 soatdan ko‘proq vaqt o‘tganidan keyin quyilayotgan albuminning miqdori va plazmaning osmotik kolloid bosimini yuz berayotgan oshishi o‘rtasida aniq muvofiqlik mavjud. Maqsad plazmaning 20 ml simob ustuniga teng bo‘lgan onkotik bosimi (5,2 g/l teng bo‘lgan umumiy oqsil kontsentratsiyasiga ekvivalent) bilan plazmadagi albuminning kontsentratsiyasini 2,5±0,5°g/l tutib turishdan iborat bo‘lishi kerak. Davolash davomiyligi kuygan sohalar va siydik bilan yo‘qotilgan oqsilning miqdori bilan aniqlanadi. Bundan tashqari, aminokislotalar bilan zondli yoki parenteral oziqlantirishni boshlash kerak, chunki albuminni uzoq muddatli qo‘llashni ozuqa manbai deb hisoblash mumkin emas. Katta maydonli kuyishlarni transfuzion davolashni optimal tartibi (kolloid va tuzli eritmalarni buyurish) aniqlanmagan. Odatda termik shikastlanishdan keyingi birinchi 24 soatda, interstitsial (xujayra tashqasidagi) suyuqlikni kamaygan hajmini tiklash uchun katta xajmlarda tuzli eritmalar quyiladi. 24 soat o‘tgach, Relabni plazmaning kolloidli onkotik bosimini tutib turish maqsadida qo‘llash mumkin. To‘qimalarni shishi bilan yoki usiz kechuvchi gipoproteinemiya Agar gipoproteinemiyaga olib kelgan asosiy patologiyani to‘g‘rilash mumkin bo‘lsa, albuminni qo‘llashni faqat simptomatik yoki tutib turuvchi davolash deb hisoblash kerak. Kattalar uchun albuminning odatdagi sutkalik dozasi 50 dan 75 g (0,5-1 g/kg) gacha bo‘lgan miqdorni va bolalar uchun 25 g ni tashkil qiladi. Albumin yo‘qotishda davom etayotgan kuchli gipoproteinemiyasi bo‘lgan patsiyentlarga, katta miqdorlari talab qilinishi mumkin. Gipoproteinemiya bo‘lgan patsiyentlarda odatda qonning hajmi taxminan normal bo‘lganligi tufayli, albuminni infuziya tezligi minutiga 2 ml dan oshmasligi kerak, chunki tezroq yuborish qon aylanishini buzilishini va o‘pka shishini chaqirishi mumkin. Yirik jarrohlik operatsiyalar vaqtida patsiyentlar qon xavzasida aylanayotgan albuminning yarmidan ko‘pini yo‘qotishlari mumkin, bu shish sindromini rivojlanishi yoki usiz onkotik bosimni pasayishi bilan birga kechadi. Bunday vaziyat shuningdek jadal davolash bo‘limlarida davolanayotgan bemorlar sepsisida kuzatiladi. Bunday holatlarda albuminni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash ko‘rsatilgan. Kattalardagi o‘tkir respirator distress sindromi (KRDS) KRDS kislorodning yetkazib berilishini o‘pkalarning interstitsial shishi bilan bog‘liq bo‘lgan yetishmovchiligi bilan ifodalanadi, va shokning hamda o‘tkir ko‘p qon yo‘qotilishining, shuningdek bosh miya jarohatining asorati hisoblanadi. Agar bunda bir vaqtda gipoproteinemiya va ortiqcha volemik yuklanishga ishora qiluvchi klinik belgilar bo‘lsa, unda albuminni diuretiklar bilan birga buyurish jadal infuzion davolashning juda muhim qismini hisoblanadi. Aorto-koronar shuntlash Zamonaviy sun’iy qon aylantirish apparatlari (QAA) to‘ldirish uchun nisbatan katta bo‘lmagan hajmlarni talab qiladi. Patsiyentlarda albumin va kristalloidlarni yordamida erishiladigan operatsiyadan oldingi gemodilyutsiyani xavfsizligi va yaxshi o‘zlashtirilishi ko‘rsatilgan. Gematokrit va plazma albuminining darajasini xavfsiz pasayish chegarasi aniqlanmagan, biroq albumin va kristalloidlarni QAA ni to‘ldirish uchun gematokritni 20% darajasiga va plazma albumining kontsentratsiyasini 2,5 g/l ga erishilgunicha ishlatish umumiy qabul qilingan amaliyot hisoblanadi. O‘tkir jigar yetishmovchiligi Jigar faoliyatini koma rivojlanishi (jigar entsefalopatiyasi) bilan yoki usiz yo‘qotishni tez-tez bo‘lmagan vaziyatlarida, albumin onkotik bosimni tutib turish va plazma bilirubinini bog‘lash maqsadida qo‘llanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni gemolitik kasalligi Albumin yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni davolashda plazmani o‘rnini bosish uchun ishlatilganida, sariqlik va gemoliz bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar xavfini kamaytirish uchun erkin bilirubinni bog‘lash maqsadida buyurilishi mumkin. Tana vazniga 1 g/kg doza almashtirish transfuziya muolajasini boshlashdan taxminan bir soat oldin buyuriladi. Bolalarda oldindan gipervolemiya mavjudligida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Oqsillarga boy suyuqliklarni yo‘qotish Jigar tsirrozi, yurak yetishmovchiligi, peritonit, shuningdek ekssudativ plevrit oqibatida rivojlangan astsit ko‘pincha yo‘qotishni talab qiladi. Bunda uchinchi bo‘shliqqa yo‘qotiladigan oqsilning, shu jumladan albuminning miqdori, hajmni to‘ldirishga yoki onkotik bosimni tutib turishga qaratilgan davolashni talab qilishi mumkin, buni Relabni infuziya qilish yordamida amalga oshirish mumkin.

Kam hollarda (> 1/10000 < 1/1000) – anafilaktik reaktsiya; gipotoniya; Juda kam hollarda (< 1/10000) – eshakemi, angionevrotik shish, eritematoz toshma, anafilaktik shok; ongni chalkashishi holati, bosh og‘rig‘i; taxikardiya, bradikardiya, gipertoniya; hansirash; ko‘ngil aynishi; isitma, qaltirash, kuchli terlash, teri giperemiyasi bo‘lishi mumkin.

albuminni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik (shu jumladan anamnezda o‘ta yuqori sezuvchanlik);og‘ir anemiya;giperolemiya;II–III darajali surunkali yurak yetishmovchiligi;o‘pka shishi;tromboz;arterial gipertenziya;davom etayotgan ichki qon ketishi;gemorragik diatez;renal va postrenal anuriya;qizilo‘ngach venalarini varikoz kengayishida qo‘llash mumkin emas.

Odam albuminini boshqa dori mahsulotlari bilan spetsifik o‘zaro ta’siri noma’lum.

Odam albumini eritmasini boshqa dori mahsulotlari, yangi qon va eritrotsitar massa, oqsil gidrolizatlari, aminokislotalarning eritmalari va spirt saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas. Albumin eritmalarini inyektsiya uchun suv bilan suyultirish mumkin emas, chunki bu retsipiyentlarda gemoliz chaqirishi mumkin. Relab eritmalarini, agar ular muzlatilgan bo‘lsa yoki ular loyqalangan bo‘lsa qo‘llash mumkin emas. To‘liq ishlatilmagan flakonlarni qayta ishlatish mumkin emas. Darz ketgan, oldindan ochilgan yoki shikastlangan flakonlarni bakterial zararlanishi mumkinligi tufayli qo‘llash mumkin emas. Ilgari sensibilizatsiyalangan ayrim bemorlarda turli og‘irlik darajasidagi allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Reaktsiyalar va asoratlarni paydo bo‘lish ehtimoli xavf guruhiga taalluqli bemorlarda, ya’ni anamnezida oqsil preparatlari va boshqa plazma o‘rnini bosuvchi vositalari, dori vositalari, zardoblar, vaktsinalarni vena ichiga yuborishni o‘zlashtiraolmaslikka ko‘rsatma bo‘lgan bemorlarda istisno qilinmaydi. Reaktsiyalar yoki asoratlar paydo bo‘lganida, albumin preparatini quyishni darhol to‘xtatish va ignani venadan chiqarmay, antigistamin, kardiotonik vositalar, glyukokortikoidlar, vazopressor preparatlarni yuborish kerak (ko‘rsatmalar bo‘lganida). Shok holatida, amaldagi tibbiy standartlarga muvofiq shokka qarshi davolashni boshlash kerak. Albumin yuborilganida patsiyentlardagi elektrolitlar statusini nazorat qilish va elektrolitlar muvozanatini tiklash yoki tutib turish uchun muvofiq choralarni ko‘rish, degidratatsiyada esa oldindan regidratatsion davolashni o‘tkazish kerak. Nisbatan katta hajmlarning o‘rnini qoplash zarurati tug‘ilganda, qon ivishini va gematokritni nazorat qilish talab etiladi. Boshqa qon komponentlarini (ivish omillari, elektrolitlar, trombotsitlar va eritrotsitlar) muvofiq almashtirishni ta’minlash kerak. Odam qoni va plazmasidan olingan preparatlarni qo‘llashda infektsion kasalliklar bilan zararlanish ehtimolini to‘liq inkor qilib bo‘lmaydi. Infektsion agentlarning transmissiya xavfini pasaytirish uchun donorlar va olingan preparatlar sinchiklab tekshiriladi. Ishlab chiqarishda donor plazmasining faqat antigen-negativ namunalari ishlatiladi. Albuminni qo‘llash asoslanmagan holatlar Surunkali nefrozda quyilayotgan albumin eritmasi, buyrak to‘qimasini asosiy shikastlanishiga ta’sir ko‘rsatishga ulgurmasdan buyraklar orqali tez chiqariladi. Albumin kamdan-kam hollarda o‘tkir nefrozda qo‘llanadi. Surunkali jigar tsirrozi, ichakda so‘rilishni buzilishi, surunkali pankreatit yoki ochlik oqibatida tana vaznini tanqisligi bo‘lgan bemorlarga albuminni infuziya qilishni oqsilli oziqlantirish manbai sifatida qo‘llash oqlanmagan. Pediatriyada qo‘llanishi Bolalarda plazmaning fiziologik xajmi yoshga bog‘liqligini xisobga olish kerak. Homiladorlik va laktatsiya davri Albuminni odamda homiladorlikda qo‘llash xavfsizligi nazoratli klinik tadqiqotlarda aniqlanmagan. Biroq albuminni klinik qo‘llash tajribasi homiladorlikni kechishiga, homilaga yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqqa zararli ta’sirini kutishga asos bo‘lmaydi. Dori vositasini transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilish xususiyati Preparat faqat statsionar sharoitlarida qo‘llanganligi tufayli ma’lumotlar yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +8°S dan +25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Simptomlari: juda yuqori doza va quyish tezligi yuqori bo‘lganida gipovolemiya va yurak-qon tomir tizimini ortiqcha yuklanishini bosh og‘rig‘i, hansirash, bo‘yinturiq venalarini to‘lib ketishi, arterial bosimni oshishi, markaziy venoz bosimni oshishi kabi belgilari paydo bo‘ladi, o‘pka shishi kuzatilishi mumkin. Davolash: preparatni quyishni darhol to‘xtatish va patsiyentning gemodinamik xarakteristikasini sinchiklab nazorat qilish kerak. Simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retsept bo‘yicha

50 ml va 100 ml dan rangsiz shisha flakonlarda. 1 flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.