Rekonazol RG rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: Ketokonazol. Yordamchi moddalar: tsetostearil spirti, tsetil spirti, suyuk vazelin, oktadetsil kislotasi, span-60, tvin-80, azon, dinatriy etilendiamin tetraatsetil kislotasi (dinatriy edetati), Ye vitamini, suvsiz natriy sulfiti, propilgallat, etil spirti, propilenglikol, etilparaben, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Ketokonazol

Preparatning savdo nomi:

Rekonazol-RG

Farmakalogik guruhi:

Zamburug‘larga qarshi vositalar.

Dori shakli:

Krem

Oq yoki deyarli oq rangli krem.

Zamburug‘larga qarshi vositalar.

D01AC08

Preparat sirtga qo‘llanganda ketokonazol tizimli qon oqimiga o‘tmaydi. Preparatnng sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan dori shakllari uzoq vaqt davomida qo‘llanganida ham ketokonazol qon plazmasida aniqlanmaydi.

Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Microsporum canis va Epidermophyton floccosum lar chaqirgan terining dermatofit infektsiyalari:silliq teri dermatomikozi,chov epidermofitiyasi,qo‘l va oyoq panjalarining epidermofitiyasi,Teri kandidozi,Kepaksimon temiratki,Pityrosporum ovale chaqirgan seboreyali dermatitda qo‘llaniladi.

Ta’sirlanish va achishish hissi. Kam hollarda – kontakt dermatit kabi terining mahalliy, allergik xarakterli o‘zgarishlari.

Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan preparat qo‘llanganida dorilarning hech qanday o‘zaro ta’siri kuzatilmagan.

Faqat sirtga qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Kremni oftalmologiya amaliyotida qo‘llash mumkin emas. Uzoq vaqt davomida kortikosteroidlar bilan davolashni to‘xtatishdan so‘ng, bekor qilish sindromini bartaraf qilish uchun, ertalab mahaliy kortikosteroidlarni va kechqurun kremni qo‘llashni davom ettirish, so‘ngra esa, asta sekin bilan 2-3 hafta davomida steroidlar bilan davolashni bekor qilish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratida saqlansin.

Kremni yuqori dozalarda qo‘llash odatda davolash to‘xtatilganidan keyin yo‘qoladigan  eritema, shish va achishish hissini chaqirishi mumkin.

Retseptsiz

2% li krem, 10 g, 15 g, 20 g,  25 g va 30 g dan tubalarda.

3 yil.