Rekaminretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

L-prolin – 1,00 g L-serin – 1,00 g L-alanin – 2,00 g L-izoleytsin – 3,52 g L-leytsin – 4,90 g L-asparagin kislotasi – 2,50 g L-tirozin – 0,25 g L-glutamin kislotasi – 0,75 g L-fenilalanin – 5,33 g L-arginin gidroxloridi – 5,00 g L-lizin gidroxloridi – 4,30 g L-valin – 3,60 g L-treonin – 2,50 g L-gistidin gidroxloridi monogidrati – 2,50 g L-triptofan – 0,90 g L-metionin – 2,25 g L-tsistin – 0,10 g Glitsin – 7,60 g Sorbit – 50,00 g Natriy bisulfiti – 0,50 g Inyektsiya uchun suv – 1000 ml.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

aminokislotalar

Preparatning savdo nomi:

Rekamin

Farmakalogik guruhi:

Parenteral oziqlantirish uchun vosita.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma.

rangsiz yoki deyarli rangsiz eritma.

Parenteral oziqlantirish uchun vosita.

B05BA01

Rekaminning biokiraolishligi 100% tashkil qiladi. Plazmadagi erkin aminokislotalarning kontsentratsiyasi ahamiyatli o‘zgarishlarga uchraydi: bu alohida aminokislotalarga ham, ularning kontsentratsiyalarini yig‘indisiga ham tegishli. Preparat yuborilganidan so‘ng aminokislotalar oqsillarni sintezi jarayonlariga kirishadilar. Proteinlar va boshqa biomolekulalarning sintezida qatnashmagan aminokislotalarning ortiqcha miqdori to‘planmaydilar (yog‘ kislotalari va glyukozadan farqli ravishda), balki dezaminlanish yo‘li bilan mochevina hosil qilib metabolizmga uchraydigan α-aminoguruhiga parchalanadi. Aminokislotalarning faqatgina ahamiyatsiz qismi (5%) o‘zgarmagan holda chiqariladi.

turli genezli gipoproteinemiya va suyuqlik yo‘qolishida;operatsiyadan oldin va keyingi davrda odatdagi yo‘l bilan ovqatlanish imkoni bo‘lmaganida yoki keskin cheklanganida;katta yuzali, chuqur kuyishlarda (ayniqsa, kuyish oqibatida ozib ketganda);jarohatlar, sinishlar, yiringli jarayonlar, sepsisda;ichakni yallig‘lanish kasalliklari, kaxeksiya, zaharlanishlarda;MIY ni havfli o‘smalari, doimiy isitma holatlarida;bolalarda oqsil distrofiyasi, gipotrofiya, MIY ni nuqsonlarida oqsillar bilan parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadi. Operatsiyadan keyingi davrda metabolik va reparativ jarayonlarni yaxshilash zarurati bo‘lganida qo‘llanadi. Oqsillarga bo‘lgan talab yoki sarflanishini oshishi oqibatida rivojlanadigan oqsil tanqisligini bartaraf qilish va uni o‘rnini to‘ldirish va ovqat hazm bo‘lishi, so‘rilishi va chiqarilishi jarayonlarida oqsillar almashinuvi buzilganida qo‘llanadi.

Preparat vena ichiga tomchilab, sekin, bemorning holatini sinchkovlab kuzatib yuboriladi. Preparatning dozasi patsiyentning klinik holati, uning aminokislotalar va suyuqlikka bo‘lgan talabi, tana vazni va katabolizm darajasiga qarab aniqlanadi. Kattalar: 0,6 dan 1 g gacha aminokislota (sutkada tana vazniga 20 ml gacha eritma). Katabolik holatlarda – 1,3-2 g aminokislota (sutkada tana vazniga 40 ml gacha eritma) yuboriladi. 2-18 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 1,0-2,0 g aminokislota (sutkada tana vazniga 40 ml gacha eritma) yuboriladi. Maksimal sutkalik dozasi – tana vazniga 2,0 g aminokislota/kg. Infuziyani maksimal tezligi: bir soatda tana vazniga 2 ml/kg, bu bir soatda tana vazniga 0,1 g aminokislota/kg ga teng bo‘ladi. Kattalarda parenteral oziqlantirishda yuborilgan suyuqlikning umumiy miqdori sutkada tana vazniga 40 ml/kg dan oshmasligi kerak. Preparat patsiyent enteral yoki peroral oziqlantirishga to‘liq o‘tkazilgunicha qo‘llanadi.

qon aylanishini hayot uchun havf soladigan beqarorligi (shok);gipoksiya – hujayralarni kislorod bilan yetarsiz ta’minlanishi;og‘ir darajadagi jigar va buyrak yetishmovchiligi;dekompensatsiya bosqichidagi yurak yetishmovchiligi;aminokislotalar almashinuvini buzilishi;metabolik atsidoz;bosh miya jarohatini o‘tkir davri.

Boshqa dori vositalari bilan nomutanosib (bir eritmada aralashtirish mumkin emas).

Shikastlanmagan flakonlardagi faqat tiniq eritmalar ishlatilsin. Flakon ochilganidan so‘ng preparatni zudlik bilan ishlatish kerak! Ochiq flakon hech qachon saqlab qo‘yilmasin! Preparat faqat kasalxona sharoitlarida qo‘llanadi. Mikroblar bilan ifloslanish havfi yuqori bo‘lganligi sababli aminokislotalar saqlovchi eritmalarni boshqa dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas. Qon zardobining osmolyarligi yuqori bo‘lganida preparat ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Jigar va buyrak yetishmovchiligida dozalash tartibini to‘g‘rilash talab qilinadi. Qonning suv va elektrolitlar muvozanatini, qondagi glyukozaning kontsentratsiyasini va kislota ishqor tarkibini nazorat qilish kerak. To‘liq parenteral oziqlantirishni o‘tkazish uchun energiya tashuvchilar, elektrolitlar, vitaminlar va mikroelementlarni bir vaqtda qo‘shish kerak.

Homiladorlik va laktatsiya davrida ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Shikastlanmagan flakonlardagi faqat tiniq eritmalar ishlatilsin. Flakon ochilganidan so‘ng preparatni zudlik bilan ishlatish kerak. Ishlatilgan flakondagi preparat ikkinchi marta qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatning dozasini oshirib yuborilishi xaqida ma’lumotlar keltirilmagan.

Retsept bo‘yicha

Infuzion eritmalar: 250 ml (umumiy aminokislotalar miqdori – 12,5 g); 500 ml (umumiy aminokislotalar miqdori – 25 g) dan shisha flakonlarda.

2 yil.