Hozirgi vaqtda Rekafer preparatini yuborish sabab bo‘lishi mumkin vaqtinchalik bo‘lgan quyidagi noxush ko‘rinishlari ma’lum.
Hamma simptomlar juda kam xollarda kuzatilgan (paydo bo‘lish tez-tezligi 0,01% dan kam va 0,001% ga teng yoki katta).
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, hushdan ketish, paresteziyalar.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishini his qilish, taxikardiya, arterial bosimni pasayishi, kollaptoid holat, issiqlik hissi, yuzga qonni “oqib kelishi”, periferik shishlar.
Nafas a’zolari tomonidan: bronxospazm, hansirash.
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: ta’m sezishni buzilishi, og‘izda “metall” ta’mi, qorin sohasida tarqalgan og‘riqlar, epigastral sohada og‘riq, diareya, ko‘ngil aynishi, qusish.
Teri qoplamalari tomonidan: eritema, terini qichishishi, toshma, pigmentatsiyani buzilishi, ko‘p terlash.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: artralgiya, bo‘g‘imlarni shishi, mialgiya, qo‘l-oyoqlarda og‘riq.
Immun tizimi tomonidan: allergik, anafilaktoid reaktsiyalar, shu jumladan yuzning angionevrotik shishi, halqumni shishi.
Boshqalar: asteniya, ko‘krakda og‘riq, ko‘krakda og‘irlik hissi, xolsizlik, teri qoplamalarini oqarishi, loxaslik hissi, tana haroratini oshishi, qaltirash.
Mahalliy reaktsiyalar: yuborish joyida og‘riq va shish (ayniqsa preparatni ekstravazal tushishida).
Flebit, achishish hissi, gematoma.