Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
Amoksitsillin
Preparatning savdo nomi:
Reamoks
Farmakalogik guruhi:
Antibiotiklar (penitsillinlar guruhi).
Antibiotiklar (penitsillinlar guruhi).
Ichga qabul qilinganidan keyin amoksitsillin tez va deyarli to‘liq (taxminan 93%) so‘riladi, kislotaga chidamli.
Ovqat qabul qilish preparatning so‘rilishiga deyarli ta’sir qilmaydi.
Faol moddaning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasi 1-2 soatdan keyin kuzatiladi.
500 mg amoksitsillin ichga qabul qilinganidan keyin, faol moddaning 5 mkg/ml ni tashkil qiluvchi maksimal kontsentratsiyasi qon plazmasida 2 soatdan keyin aniqlanadi.
Preparatning dozasi 2 marta oshirilganda yoki kamaytirilganda qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyasi ham 2 marta o‘zgaradi.
Amoksitsillinning taxminan 20% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi.
Amoksitsillin shilliq qavatlarga, suyak to‘qimasiga, ko‘z ichki suyuqligiga va balg‘amga terapevtik jihatdan samarali kontsentratsiyalarda kiradi.
Amoksitsillinning o‘t-safrodagi kontsentratsiyasi uning plazmadagi kontsentratsiyasidan 2-4 marta ortiq.
Amniotik suyuqlikda va kindik tomirlaridagi amoksitsillinning kontsentratsiyasi homilador ayolning qon plazmasidagi darajasining 25-30% ni tashkil qiladi.
Amoksitsillin gematoentsefalik to‘siqdan yomon o‘tadi; biroq miya qobiqlarini yallig‘lanishida orqa miya suyuqligidagi kontsentratsiyasi qon plazmasidagi kontsentratsiyasining taxminan 20% ni tashkil qiladi.
Amoksitsillin jigarda qisman metabolizmga uchraydi, uning ko‘pchilik metabolitlari mikrobiologik faollikka ega emas.
Amoksitsillinning ichga qabul qilingan dozasini taxminan 60% o‘zgarmagan holda buyraklar orqali (taxminan 80% naychalar ekskretsiyasi yo‘li bilan, 20% esa – kalava filtratsiyasi yordamida) chiqariladi.
Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lmaganida amoksitsillinning yarim chiqarilish davri 1-1,5 soatni tashkil qiladi.
Chala tug‘ilgan, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va 6 oylikdan kichik bolalarda – 3-4 soatni tashkil qiladi.
Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig‘lanish kasalliklari: nafas a’zolarining infektsiyalari;siydik-jinsiy tizimi a’zolarining infektsiyalari;me’da-ichak yo‘llari (MIY) a’zolarining infektsiyalari;teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalarida;meningit;gonoreya;borreleoz;listeriozda qo‘llanadi.
Metronidazol bilan birga – zo‘rayish bosqichidagi surunkali gastrit, zo‘rayish bosqichidagi me’da va 12 barmoq ichak yara kasalligi.
Amoksitsillinning kukunidan suspenziya tayyorlanadi.
Buning uchun flakondagi kukun avval silkitiladi, so‘ngra qaynatib, xona haroratigacha sovutilgan ichimlik suvi “100 ml” belgigacha qo‘shiladi va jadal chayqatiladi.
Shundan so‘ng hosil bo‘lgan ko‘pik cho‘kmaga tushgunicha qo‘shimcha suspenziya hajmini 100 ml gacha yetkazish va yaxshilab chayqatish kerak.
Suspenziya ishlatishga tayyor.
Har ishlatishdan oldin flakon jadal chayqatiladi va ko‘pik cho‘kmaga tushgunicha qoldiriladi.
Dozalash tartibi mikroorganizmlarning sezgirligi va infektsion jarayonni joylashuviga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi.
Ichga.
Kattalarga o‘rtacha sutkada 1,5-2 g dan buyuriladi.
Zarurati bo‘lganida preparatning dozasi sutkada 3 g gacha oshirilishi mumkin.
Kattalarga me’da-ichak yo‘llarining (paratiflar, qorin tifi) va o‘t-safro yo‘llarining o‘tkir infektsion kasalliklarida, shuningdek ginekologik infektsion kasalliklarda 1,5-2 g dan sutkada 3 marta yoki 1-1,5 g dan sutkada 4 marta buyuriladi.
Kattalarga leptospirozda 500-750 mg dan sutkada 4 marta 6-12 kun davomida buyuriladi.
Salmonella tashuvchanlikda kattalarga 1,5-2 g dan sutkada 3 marta 2-4 hafta davomida buyuriladi.
Kichik jarrohlik aralashuvlarida, endokarditni oldini olish uchun kattalarga muolajani o‘tkazishdan 1 soat oldin 3-4 g dan yuboriladi.
Zarurati bo‘lganida takroriy doza 8-9 soatdan keyin buyuriladi.
Bolalarda preparatning dozasini ikki martaga kamaytirish kerak.
Davolashni kasallik simptomlari yo‘qolganidan keyin yana 2-5 kun davomida davom ettirish lozim.
Streptokokkli infektsiyalarining asoratlarini oldini olish uchun kamida 10 kun davolash lozim.
Buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam bo‘lganida preparatning dozasi pasaytiriladi va/yoki qabul qilish orasidagi interval oshiriladi.
KK minutiga 15-40 ml bo‘lganida preparatni qabul qilish orasidagi interval kamida 12 soatni tashkil qilish kerak.
Siydik-jinsiy yo‘llarining kasalliklarida dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.
Bolalarga preparat sutkada 30-60 mg/kg doza hisobidan buyuriladi.
Qabul qilishlar soni sutkada 2 marta.
MIY tomonidan: kam hollarda – ta’mni o‘zgarishi, ko‘ngil aynishi, qo‘sish, diareya; alohida hollarda – “jigar” transaminazalari faolligini o‘rtacha oshishi, kamdan-kam hollarda – soxtamembranoz va gemorragik kolitlar.
Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda – interstitsial nefritni rivojlanishi.
Qon-yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda – agranulotsitoz, neytropeniya, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya bo‘lishi mumkin, ammo ular ham kamdan-kam hollarda kuzatiladi.
Allergik reaktsiyalar: teri reaktsiyalari, asosan spetsifik makulopapulez toshmalar ko‘rinishida; kam hollarda – ko‘p shaklli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi); alohida hollarda – anafilaktik shok, angionevrotik shish kuzatiladi.
Preparatga va boshqa beta-laktam antibiotiklariga, tsefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik.
Ksenobiotiklarga polivalent o‘ta yuqori sezuvchanlik, infektsion mononukleoz, limfoleykoz, bronxial astma, pichan isitmasi, allergik diatez, anamnezdagi MIY kasalliklari (ayniqsa antibiotiklarni qo‘llanilishi bilan bog‘liq kolit), buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, laktatsiya davri.
Metronidazol bilan birga qo‘llanganda – nerv tizimi kasalliklari, nitroimidazol hosilalariga yuqori sezuvchanlik.
Probenitsid, fenilbutazon, oksifenbutazon, kamroq darajada – atsetilsalitsil kislotasi va sulfinpirazon penitsillin qatori preparatlarining naychalar sekretsiyasini tormozlaydi, bu amoksitsillinning yarim chiqarilish davrini va qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshishiga olib keladi.
Bakteritsid antibiotiklar (shu jumladan aminoglikozidlar, tsefalosporinlar, vankomitsin, rifampitsin) bir vaqtda qabul qilinganida sinergik ta’sir ko‘rsatadi; ayrim bakteriostatik preparatlar (masalan, xloramfenikol, sulfanilamidlar) bilan birga qabul qilinganida antagonizm bo‘lishi mumkin.
Estrogen saqlovchi kontratseptivlar bilan birga qabul qilish, ularning samaradorligini pasayishiga va qon ketishlarni (“shiddatli” qon ketishlari) rivojlanishi xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.
Allopurinol bilan bir vaqtda buyurish, allopurinolni ampitsillin bilan birga qo‘llashdan farqli ravishda teri reaktsiyalarining tez-tezligini oshirmaydi.
Anamnezda eritrodermiyani bo‘lishi amoksitsillinni qo‘llashga qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi.
Penitsillin qatori preparatlari va tsefalosporinlar bilan qarama-qarshi chidamlilik yoki o‘ta yuqori sezuvchanlik bo‘lishi mumkin.
Boshqa penitsillin qatori preparatlarini qo‘llaganda bo‘lgani kabi, superinfektsiya rivojlanishi mumkin.
Soxtamembranoz kolitga xos bo‘lgan og‘ir diareyani paydo bo‘lishi, preparatni bekor qilish uchun ko‘rsatmadir.
Infektsion mononukleoz va limfoleykozi bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim, chunki noallergik genezga ega ekzantemani paydo bo‘lish ehtimoli yuqoridir.
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni, agarda preparatni qo‘llashdan kutilayotgan ijobiy natija, nojo‘ya ta’sirlarining rivojlanish xavfidan yuqori bo‘lgandagina buyurish mumkin.
Amoksitsillin oz miqdorda ko‘krak suti bilan chiqariladi, bu bolada sensibilizatsiya ko‘rinishlarini rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Simptomlari: MIY faoliyatini buzilishi – ko‘ngil aynishi, qusish, diareya; diareyaning oqibatida suv-elektrolit balansi buzilishi mumkin.
Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, tuzli surgi vositalari buyuriladi; suv-elektrolit balansini tiklash uchun choralar ko‘riladi.
Retsept bo‘yicha
Suspenziya tayyorlash uchun kukun 125 mg/5 ml.
17,5 g dan plastmassa flakonlarda dozalovchi qoshiqchasi bilan.