Razol 20retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda: rabeprazol natriy – 20 mg; yordamchi moddalar: mannitol (Ye 421), natriy gidroksidi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

rabeprazol natriy

Preparatning savdo nomi:

Razol-20

Farmakalogik guruhi:

Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasiga qarshi vositalar. Me’da shirasining sekretsiyasini susaytiruvchi vositalar. N-K-ATF-aza ingibitorlari.

Dori shakli:

vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat

oq yoki deyarli oq rangli liofilizatsiya qilingan kukun.

Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasiga qarshi vositalar. Me’da shirasining sekretsiyasini susaytiruvchi vositalar. N-K-ATF-aza ingibitorlari.

A02VS04

Vena ichiga yuborilganidan so‘ng rabeprazolning ta’siri 1 soat davomida rivojlanadi va 2-4 soatdan keyin maksimumga yetadi. Vena ichiga 20 mg dozada yuborilganida o‘rtacha klirensi 283±98 ml/min ni tashkil qiladi. Vena ichiga 20 mg dozada yuborilganida mutloq biokiraolishligi taxminan 100% ni tashkil qiladi, ya’ni rabeprazolning barcha molekulalari pariyetal hujayralarga yetib boradi. Rabeprazolning biokiraolishligi ko‘p marta yuborilganida o‘zgarmaydi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 97% ni tashkil qiladi. Vena ichiga yuborilgan 20 mg dozani yarim chiqarilish davri – 1,02±0,63 soatni tashkil qiladi. Rabeprazol ko‘p marta yuborilganida to‘g‘ri chiziqli farmakokinetika kuzatilgan, ya’ni rabeprazolni yarim chiqarilish davri, klirensi va taqsimlanish hajmi dozasiga bog‘liq emas. Preparat bekor qilinganidan so‘ng sekretor faollik 2-3 kundan keyin so‘ng tiklanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Rabeprazol natriy asosiy metabolitlari – tioefir va ko‘mir kislotalarini hosil qilib biotransformatsiyaga uchraydi. Boshqa metabolitlari – silfon, dimetiltioefir va merkaptopurin kislotasining kon’yugati past kontsentratsiyalarda bo‘ladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil qiladi. Yuborilgan dozaning taxminan 90% asosan ikkita metabolit: merkaptopurin va karbon kislotalari kon’yugatlari holida siydik bilan chiqariladi. Metabolitlarning katta bo‘lmagan qismi axlat bilan chiqariladi. Keksa yoshdagi patsiyentlarda rabeprazolni chiqarilishi biroz sekinlashadi. Rabeprazolni kumulyatsiyasi kuzatilmaydi. Buyrak yetishmovchiligini turg‘un, terminal bosqichida bo‘lgan, gemodializdagi oladigan (kreatinin klirensi 1,73 m2 tana yuzasiga 5 ml/min dan kam) patsiyentlarda rabeprazol natriyning farmakokinetik parametrlari ahamiyatsiz o‘zgaradi.

Rabeprazol eritma ko‘rinishida preparatni peroral shakllarini buyurish mumkin bo‘lmagan hollarda buyuriladi, xususan: me’da va o‘n ikki barmoqli ichakning peptik yarasini qon ketishi va og‘ir eroziyalar bilan zo‘rayishi;eroziyali va yarali gastroezofageal reflyuks kasalligini qisqa muddatli davolash;me’daning nordon ichidagisi bilan aspiratsiyani oldini olish;Zollinger-Ellison sindromi;me’da va o‘n ikki barmoq ichak shilliq qavatining stress keltirib chiqargan, kritik vaziyatlardagi, kuyishlardagi buzilishlari;antibakterial vositalar bilan majmuada – me’daning yara kasalligi yoki surunkali gastriti bo‘lgan patsiyentlarda Helicobacter pylori eradikatsiyasi;Helicobacter pylori bilan bog‘liq me’da-ichak yara kasalligi bo‘lgan patsiyentlarda me’da-ichak yarasining qaytalanishi oldini olish va davolash.

Vena ichiga buyurish faqat og‘iz orqali qabul qilish mumkin bo‘lmagan hollarda tavsiya qilinadi. Rabeprazolni peroral shakllarini buyurish mumkin bo‘lishi bilan vena ichiga yuborishni to‘xtatish kerak. Rabeprazolni tavsiya qilingan dozasi 20 mg ni tashkil qiladi, sutkada 1 marta yuboriladi. Tayyorlangan eritmani faqat vena ichiga yuborish kerak. Inyektsiya holida yuborish uchun flakonni ichidagisi 5 ml inyektsiya uchun steril suvda eritiladi va 5-15 minut davomida sekin yuboriladi. Infuziya holida yuborish uchun flakonni ichidagisi oldin 5 ml inyektsiya uchun steril suvda eritiladi, 100 ml hajmdagi infuzion eritmaga (0,9% li natriy xlorid eritmasi) qo‘shiladi va 15-30 minut davomida yuboriladi. Tayyorlangan eritma tayyorlangandan so‘ng 4 soat davomida ishlatilishi kerak. Qo‘llashdan oldin eritmani cho‘kindilar borligiga, ranggini o‘zgarishiga yoki har qanday boshqa o‘zgarishlarga tekshirish kerak. Eritma tiniq va rangsiz bo‘lishi, ko‘rinadigan zarralar bo‘lmasligi kerak. Ishlatilmagan eritmani utilizatsiya qilish kerak.

Preparat rabeprazol natriy, almashingan benzimidazol yoki bu preparatning har qanday boshqa ingradiyentiga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. Preparatni shuningdek homiladorlarga va emiziklik ayollarda qo‘llash mumkin emas.

Proton pompaning boshqa ingibitorlari (PPI) kabi, rabeprazol natriy ham jigarning tsitoxrom R450 (SYP450) tizimiga kiruvchi fermentlar tomonidan metabolizmga uchraydi. Rabeprazol natriy amoksitsillin va varfarin, fenitoin, teofillin va diazepam kabi SYP450 fermentlar tizimi tomonidan metabolizmga uchraydigan boshqa dori vositalari bilan klinik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta’sirga uchramaydi. Rabeprazol natriy xlorid kislotasini ishlab chiqarilishini kuchli va davomli pasayishini chaqiradi. Shunday qilib, rabeprazol natriy so‘rilishi me’da shirasini rN ko‘rsatkichiga bog‘liq bo‘lgan preparatlar bilan o‘zaro ta’sir qilishi mumkin: plazmada ketokonazolning kontsentratsiyasini 33% ga pasayishi va digoksinni minimal kontsentratsiyasini 22% ga oshishi. Shunday qilib, rabeprazol bilan bir vaqtda yuqorida ko‘rsatilgan preparatlarni qabul qilayotgan ayrim patsiyentlar preparatning dozasini to‘g‘rilash zaruriyatini aniqlash uchun kuzatuvda bo‘lishlari kerak. Plazmada rabeprazol va klaritromitsinning faol metabolitini kontsentratsiyasi bir vaqtda qo‘llanganida mos ravishda 24% va 50% ga oshadi. Bu Helicobacter pylori eradikatsiyasida o‘zaro ta’sirning ijobiy natijasi sifatida qaraladi. Klinik tadqiqotlarda patsiyentlar rabeprazol bilan bir vaqtda zaruratga qarab antatsid vositalar qabul qilganlar; maxsus tadqiqotlarda rabeprazolni suyuqlik holida qabul qilingan antatsidlar bilan o‘zaro ta’siri aniqlanmagan. Bundan tashqari, rabeprazolni ovqat bilan klinik jihatdan ahamiyatli o‘zaro ta’siri aniqlanmagan. In vitro sharoitda odam jigarining mikrosomalarida o‘tkazilgan tadqiqotlarlar rabeprazol natriyni SYP450 (SYP2S9 va SYP3A) izofermentlar tizimi tomonidan metabolizmga uchrashini ko‘rsatdi. Bu tadqiqotlar rabeprazolni dorilar bilan o‘zaro ta’sir qilish hususiyati past deb hisoblash mumkinligini ko‘rsatdi; bunda uni tsiklosporinning metabolizmiga ta’siri proton pompaning boshqa ingibitorlari bilan o‘xshash. Nomutanosibligi. Rabeprazolni faqat inyektsiya uchun steril suvda yoki fiziologik eritmada (0,9% li natriy xlorid eritmasi) eritish mumkin. Rabeprazol bilan birga hech qanday boshqa eritmalarni ishlatish mumkin emas.

Rabeprazol bilan davolash vaqtida simptomatik yaxshilanish me’dada havfli o‘sma borligida ham kuzatilishi mumkin, demak, rabeprazol bilan davolashni boshlashdan oldin bunday kasalliklarni istisno qilish kerak (rabeprazol bilan davolash fonida simptomatik yaxshilanish o‘z vaqtida tashxis qo‘yishni murakkablashtirishi mumkin). Jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha darajada buzilishlar bo‘lgan patsiyentlarda o‘tkazilgan maxsus tadqiqotlarda rabeprazol qabul qilganda kuzatilgan nojo‘ya reaktsiyalarning tez-tezligi jins va yosh mezonlari bo‘yicha tadqiqotga kiritilgan shaxslarga qaraganda ahamiyatli farqi aniqlanmagan. Jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarni rabeprazol bilan davolashning erta bosqichlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlik davrida preparat faqat agarda ona uchun kutilgan foyda homila uchun potentsial havfdan yuqori bo‘lgan holda qo‘llanadi. Preparat bilan davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak. Bolalar Preparatni bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki bu guruhda preparatni qo‘llash bo‘yicha yetarli tajriba mavjud emas. Avtotransport va mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati Ba’zi patsiyentlarda bosh og‘rig‘i, uyquchanlik yoki bosh aylanishi, ko‘rishni buzilishi rivojlanishi mumkin, shuning uchun transport vositalarini boshqarish vaqtida yoki murakkab mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak . Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik kerak.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatning dozasini oshirib yuborilishiga nisbatan ma’lumotlar yo‘q, nojo‘ya reaktsiyalarning yaqqolligi oshishi mumkin. Davolash: preparatning dozasi oshirib yuborilganida simptomatik davolash o‘tkaziladi. Maxsus antidoti yo‘q. Rabeprazol plazma oqsillari bilan yaxshi bog‘lanadi, shuning uchun dializda yomon chiqariladi.

Retsept bo‘yicha

Rabeprazol natriy 20 mg dan 10 ml sig‘imli I turdagi (USP) shisha flakonda. 1 yoki 10 qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

2 yil.