Rapitusretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har 5 ml saqlaydi: faol modda: levodropropizin – 30 mg; yordamchi moddalar: 5,0 mg natriy saxarinati, 2500,0 mg suyuq sorbitol, 25,0 mg natriy karmelloza, 6,5 mg natriy metilgidroksibenzoati, 1,0 mg natriy propilgidroksibenzoati, 20,0 mg limon kislotasi monogidrati, 0,5 mg “Ponceau 4R supra” bo‘yovchisi, 0,005 ml “Orange sweet №1” aromatizatori, 0,005 ml “Mixed Fruit RSV” aromatizatori, tozalangan suv q.s. 5 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

levodropropazin

Preparatning savdo nomi:

Rapitus

Farmakalogik guruhi:

yo‘talga qarshi vosita.

Dori shakli:

sirop

qizg‘ish rangli, xushbo‘y siropsimon suyuqlik.

yo‘talga qarshi vosita.

R05DB27

Levodropropizin me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 40-60 minut o‘tgach erishiladi. Modda organizmda yaxshi taqsimlanadi. Yarim chiqarilish davri 1-2 soatni tashkil qiladi. Asosan siydik bilan o‘zgarmagan holda va gidroksi-metaboliti ko‘rinishida chiqariladi. 48 soatdan keyin metabolitining miqdori yuborilgan dozaning taxminan 35% ni tashkil qiladi.

Faringit, laringit, o‘tkir traxeit va traxeobronxit, gripp, bronxopnevmoniya, surunkali obstruktiv bronxit, bronxial astma, o‘pka emfizemasi, o‘pka o‘smasi, nafas yo‘llarining allergik va infektsion-yallig‘lanish kasalliklaridagi quruq balg‘amsiz yo‘tal (simptomatik davolash) da qo‘llaniladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar: 10 ml sirop (bir to‘la o‘lchov qalpoqcha) kuniga uch marta, dozalar orasidagi kamida 6 soatli interval bilan qabul qilinadi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga pediatrik doza 1 mg/kg kuniga uch martagacha, maksimal  kunduzgi doza 3 mg/kg. YoshTana vazni (kg)Doza (mg/ml)Bir marta qabul qilinadigan siropning miqdori1 yosh9-10 kg9-10 mg/1,5-1,6 ml⅓ choy qoshiq2-3 yosh11-15 kg11-15 mg/2-2,5 ml½ choy qoshiq4-6 yosh16-20 kg16-20 mg/2,5-3,0 ml½ choy qoshiq7-12 yosh21-32 kg21-32 mg/3,5-5,0 ml1 choy qoshiq Davolash davomiyligi: davolash yo‘tal yo‘qolgunicha davom ettiriladi, maksimum 7 kun. Lekin, agar 4-5 kundan keyin yo‘tal to‘xtamasa, sababini aniqlash va muvofiq davolashni davom ettirish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.

Ko‘ngil aynishi, qusish, jig‘ildon qaynashi, me’dada diskomfort his qilish, diareya, charchoqlik, uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, yurakni tez urishi kuzatilishi mumkin. Allergik reaktsiyalar: teri toshmalari yakka hollarda kuzatilgan.

patsiyentda ushbu vositaga ma’lum bo‘lgan yoki mumkin bo‘lgan yuqori sezuvchanlik;balg‘amni haddan ziyod ajralishi;mukotsiliar faoliyatni pasayishi (Kartagener sindromi, tsiliar diskineziya);jigar faoliyatini yaqqol buzilishi;homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Klinik sinovlar vaqtida benzodiazepinlar bilan o‘zaro ta’siri kuzatilmagan, lekin bir vaqtda sedativ preparatlar qabul qilinganida, levodropropizinga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta’sirini kuchayishi mumkinligi tufayli, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Jiddiy buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 35 ml dan kam) bo‘lgan patsiyentlarda xavf/foyda nisbati aniqlanganidan keyin ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Transport vositalarini haydovchilarida ishlash vaqtida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi (uyquchanlik paydo bo‘lishi mumkin). Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25oS dan past haroratda saqlansin.

Simptomlari: taxikardiya paydo bo‘lishi mumkin. Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni qo‘llash, suyuqlikni parenteral yuborish va boshqa simptomatik choralar.

Retsept bo‘yicha

Sirop 120 ml tilla rangli buraluvchi qopqoq va polietilen tiqinli, zichligi yuqori jigarrang rangli polietilen flakonda, 2,5; 5; 10 ml belgili tiniq plastik o‘lchov qalpoqcha va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.