Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda kam hollarda – hushdan ketish; kam hollarda – vazovagal sindrom, yurakni kengayishi, yurak bo‘lmachalarini titrashi, tromboflebit, bosh miya ichki qon quyulishlari, bosh miya ishemiyasi; tez-tez emas – bradikardiya, yurakni urib ketishi, miokard infarkti, QT intervalini uzayishi, yurak to‘xtab qolishi, qon quyilishlari, yurak bo‘lmachalari fibrillyatsiyasi, yurak yetishmovchiligi, AV blokadasi, miokard ishemiyasi, chuqur venalar trombozi, flebit, ekstrasistoliya; tez-tez – ortostatik gipotenziya, taxikardiya.
Ovqat hazm qilish tomonidan: juda kam hollarda – ALT va AST faolligini oshishi; kam hollarda – ezofagit, milklarni qonovchanligi, tilni yallig‘lanishi, qon aralash qusish, ichaklardan qon ketishi, o‘n ikki barmoq ichak yarasi, heylit, gepatit, jigarni kattalashishi, pankreatit, ichakni teshilishi; ba’zida – ishtaxani kuchayishi, gastroenterit, yutishni qiyinlashishi, qabziyat, gastrit, kariyes, gingivit, gemorroy, me’da-qizilo‘ngach reflyuksi, me’da-ichakdan qon quyilishlari, periodontal abstsess, tilni shishi, axlatni ushlayolmaslik, kolit, to‘g‘ri ichakdan qon ketishlari, stomatit, og‘izda yaralarni hosil bo‘lishi, xoletsistit, fekaloma, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kandidozi, o‘t-tosh kasalligi, kekirish, me’da yarasi; tez-tez – dispepsiya, qusish, qabziyat; juda tez – ko‘ngil aynishi, ishtahani yo‘qolishi.
Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda – allergik reaktsiyalar (anafilaksiya, angionevrotik shish, qichishish, eshakemi).
Suyak-mushak tizimi tomonidan: juda kam hollarda –kreatinfosfokinaza faolligini oshishi, rabdomioliz, tendinit, tendobursit, revmatoidli artrit, miopatiya; ba’zan – bo‘g‘imlar va suyaklarda og‘riq, miasteniya, artrit, artroz, mushak kuchsizlanishi, spazmlar, bursit; tez-tez – mialgiya, tirishishlar.
Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – alaxsirash, eyforiya, bukkoglossal sindrom, akineziya, es-hushni hushdan ketguncha qadar susayishi, reflekslarni susayishi, xoxishsiz fikrlar, xavfli neyroleptik sindrom; tez-tez emas – distoniya, mushaklarni tortishishlari, diqqatni jamlashni susayishi, paresteziya, qo‘l-oyoqlar tremori, impotentsiya, bradikineziya, libidoni kuchayishi/susayishi, vahimaga berilish reaktsiyalari, apatiya, diskineziya, xotirani susayishi, stupor, amneziya, insult, giperreaktivlik, depersanalizatsiya, xotiraning pasayishi, stupor, amneziya, insult, giperfaollik, depersonalizatsiya, “behalovatli oyoqlar” sindromi (akatiziya), mioklonus, kayfiyatning pasayib ketishi, reflekslarning kuchayishi, fikrlash faoliyatining sekinlashuvi, ta’sirlovchilarga yuqori sezuvchanlik, gipotoniya, ko‘z harakatlanishi reaktsiyasini buzilishi; tez-tez – bosh aylanishi, tremor, ekstrapiramid sindrom, psixomotor qo‘zg‘alish, depressiya, asabiylik, so‘lak ajralib chiqishini kuchayishi, dushmanlik kayfiyati, suitsidal fikrlar, maniakal fikrlar, ishonchsiz qadam tashlash, es-hushni chalkashishi, passiv xarakatlarni amalga oshirishga qarshilik (tishli g‘ildirak sindromi); juda tez-tez – uyqusizlik, uyquchanlik, akatiziya.
Nafas olish tizimi tomonidan: kam hollarda – qon tupurish, aspiratsion pnevmoniya, balg‘amni ko‘p ajralishi, burun shilliq qavatining quruqligi, o‘pka shishi, o‘pka emboliyasi, gipoksiya, nafas yetishmovchiligi, apnoe; tez-tez emas – astma, burundan qon ketishi, hiqichoq, laringit; tez-tez – hansirash, pnevmoniya.
Teri va teri qoplamalari tomonidan: kam hollarda – makulopapulyoz toshmalar, eksfoliativ dermatit, eshakemi; tez-tez emas – akne, vezikulobulyoz (pufaksimon) toshmalar, ekzema, alopetsiya (kal bo‘lib qolish), psoriaz, seboreya; tez-tez – terini qurishi, qichishish, kuchli terlash, terida yaralar.
Sezgi a’zolari tomonidan: kam hollarda – ko‘z yoshini ko‘p ajralishi; tez-tez – ko‘z uchirish, tashqi otit, ambliopiya, karlik, diplopiya, ko‘zga qon quyilishlari, fotofobiya; tez-tez emas – ko‘zni qurishi, ko‘zda og‘riq, quloqni shang‘illashi, o‘rta quloq yallig‘lanishi, katarakta, ta’m sezishni yo‘qolishi, blefarit; tez-tez – kon’yunktivit, quloqda og‘riq.
Siydik-tanosil tizimi tomonidan: kam hollarda – sut bezida og‘riqlar, tservitsit, galaktoreya, anorgazmiya, siydik-tanosil tizimi sohasida achishish, glyukozuriya, ginekomastiya (erkaklarda ko‘krak bezining kattalashishi), siydik-tosh kaslligi, og‘riqli erektsiya; tez-tez emas – tsistit, tez-tez siyish, leykoreya, siydik tutilishi, gematuriya, dizuriya, amenoreya, barvaqt eyakulyatsiya, qindan qon ketishlari, vaginal kondidoz, buyrak yetishmovchiligi, bachadondan qon ketishi, menorragiya, albuminuriya, buyrakda tosh, nikturiya, poliuriya, siyishga qistovlar; tez-tez – siydikni ushlayolmaslik.
Boshqalar: kam hollarda – tomoqda og‘riqlar, belni qotib qolishi, boshda og‘irlik hissi, kandidoz, tomoq sohasidagi tanglik, Mendelson sindromi, issiq urishi; tez-tez emas – chanoqda og‘riqlar , yuzni shishishi, lohaslik, yorug‘likka sezgirlik, jag‘da og‘riq, et uvishishi, jag‘larni qotib qolishi, qorinni dam bo‘lishi, ko‘krakda taranglik; tez-tez – grippga o‘xshash sindrom, periferik shish, ko‘krak qafasi, bo‘yinda og‘riqlar.