Faol modda: qobiq bilan qoplangan 1 tabletka 168 mg ranitidin gidroxloridi saqlaydi, bu 150 mg ranitidinga to‘g‘ri keladi. Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, kopovidon, povidon, magniy stearati, gipromeloza 5, gipromeloza 15, titan dioksidi, makrogol 6000, simetikon emulsiyasi.
RANISAN 150 mg
Me’da-ichak yarasiga qarshi vosita (Antiulcerosum), N2-gistamin retseptorlarining antagonisti.
Oq yoki deyarli oq rangli ikki tomonlama qavariq, ko‘ndalang egati bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Egati yutishni yengilatish maqsadida tabletkani oson sindirishga yordam beradi.