Ramegra 100retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: Sildenafil tsitrati 100 mg sildenafilga ekvivalent. Yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, Povidon K-30 (polivinilpirrolidon), talk, natriy kraxmalglikolyati. Qobig‘ining tarkibi: gidroksipropilmetiltsellyuloza, eritrozin laki, titan dioksidi, makrogol 6000, moviy brilliant laki, izopropil spirti*, metilenxlorid* (*tayyor mahsulotda mavjud bo‘lmagan moddalar).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Sildenafil tsitrati.

Preparatning savdo nomi:

Ramegra-100

Farmakalogik guruhi:

Potentsiyani muvofiqlashtirish uchun vosita.

Moviy rangli, dumaloq-olmos shaklli, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Potentsiyani muvofiqlashtirish uchun vosita.

Sildenafilning farmakokinetikasi ichga qabul qilingan dozalar diapazoniga bog‘liq. Preparatning metabolizmi asosan jigarda (asosan tsitoxrom R450 3A4 izofermenti yordamida) xususiyatlari bo‘lgan sildenafilga o‘xshash bo‘lgan faol metabolitlarni hosil bo‘lishi bilan amalga oshiriladi. Preparat me’da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Preparat ichga, och qoringa qabul qilinganidan keyin maksimal kontsentratsiyaga 30-120 minutdan (o‘rtacha 60 min) keyin erishiladi. Mutloq biokiraolishligi 41% (23-63%) tashkil qiladi. Yog‘li ovqat bilan birga qabul qilinganida sildenafilning so‘rilish tezligi kamayadi; Tmax 60 minutga oshadi, Smax esa 29% ga kamayadi. Muvozanat holatidagi sildenafilning taqsimlanish hajmi (Vd) o‘rtacha 105 l.ni tashkil qiladi, bu uning to‘qimalarga taqsimlanishini ko‘rsatadi. Sildenafil va uning asosiy aylanib yuruvchi N-desmetil metabolitining taxminan 96% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi sildenafilning umumiy kontsentratsiyasiga bog‘liq emas. Sildenafilni qabul qilgan sog‘lom ko‘ngillilar spermasida qabul qilinganidan 90 minutdan keyin dozaning 0,002% dan kamrog‘i (o‘rtacha 188 ng) aniqlangan. Sildenafil asosan jigarning mikrosomal izofermentlari tsitoxrom R450 3A4 (asosiy yo‘l) va tsitoxrom R450 2S9 (qo‘shimcha yo‘l) ta’siri ostida metabolizmga uchraydi. Sildenafilning N-demetillanish yo‘li orqali hosil bo‘luvchi asosiy aylanib yuruvchi metaboliti keyin yana parchalanadi. FDE ga nisbatan bo‘lgan ta’siri bo‘yicha metabolit sildenafil bilan bir xil, in vitro sharoitida FDE 5 ga nisbatan faolligi bo‘yicha esa sildenafil faolligini taxminan 50% ni tashkil qiladi. Metabolitning plazmadagi kontsentratsiyasi sildenafilni taxminan 40% ni tashkil qiladi. Sildenafilni organizmdagi umumiy klirensi 41 l/soat, terminal fazadagi yarim chiqarilish davri (T½) 3-5 soat. Metabolitlari ko‘rinishida asosan ahlat bilan (taxminan ichga qabul qilingan dozaning 80%) va kamroq miqdorda siydik orqali (taxminan ichga qabul qilingan dozaning 13%) chiqariladi. Maxsus klinik holatlardagi farmakokinetikasi. Qon plazmasida sildenafilning (AUC) darajasini oshishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: – 65 yoshdan kattalar (AUC darajasi 40% ga oshadi); – jigar faoliyatining yetishmovchiligi (masalan, jigar tsirrozida 84%ga); – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) <30 ml/min, 100%ga); – tsitoxrom R450 3A4 ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish (masalan, eritromitsin 182%, sakvinavir 210%).

Ateroskleroz, qon tomirlar kasalliklari, diabet, buyrak kasalliklari, gormonal buzilishlar, nevrologik kasalliklar, og‘ir depressiya yoki boshqa ruhiy muammolar bilan birga kuzatilishi mumkin bo‘lgan erektsiyaning buzilishini davolash uchun qo‘llanadi.

50 mg jinsiy aloqadan taxminan 1 soat oldin ichga qabul qilinadi. Samaradorligi va o‘zlashtirilishini hisobga olib dozasi 100 mg gacha oshirilishi yoki 25 mg gacha kamaytirilishi mumkin. Maksimal sutkalik dozasi 100 mg, tavsiya qilingan maksimal qabul qilish soni – sutkada 1 marta. Keksa yoshdagi odamlarda va buyrak yoki jigar faoliyati buzilgan bemorlarda qo‘llash. Keksa yoshdagi odamlarda va buyrak yoki jigar faoliyati buzilgan bemorlarda tavsiya qilingan qo‘llash sxemasi o‘xshashdir. Bolalarda qo‘llash. Preparatni bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Nojo‘ya ta’sirlar odatda o‘tkinchi xarakterga ega bo‘lib, yengil yoki o‘rtacha namoyon bo‘ladi. Dozani tanlash bilan bog‘liq tadqiqotlardagi nojo‘ya ta’sirlarining xarakteri bunga o‘xshash tadqiqotlardagi tavsiya qilinadigan qo‘llash sxemasida yaxshi namoyon bo‘lib, dozalari qat’iy belgilangan tadqiqotlardagilar bilan to‘g‘ri keladi. Umuman organizm tomonidan: asteniya, og‘riqlar, qorin og‘rig‘i, infektsiya, grippsimon sindrom. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: vazodilatatsiya belgilari. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: diareya, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi. Tayanch-harakat apparati tomonidan: bel og‘rig‘i, artralgiyalar, mialgiyalar. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, mushak tonusini oshishi, uyqusizlik. Nafas tizimi tomonidan: burunning bitishi, faringit, rinit, sinusit, nafas yo‘llarining infektsiyalari, nafasning buzilishi. Allergik reaktsiyalar: toshma. Sezgi a’zolari tomonidan: ko‘rishni o‘zgarishi (yengil va o‘tkinchi; asosan obyektlar rangining o‘zgarishi, hamda yorug‘lik qabul qilinishni kuchayishi va ko‘rish aniqligining buzilishi), kon’yunktivit. Siydik-jinsiy a’zolari tomonidan: siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari, prostata bezi faoliyatining buzilishi. Postmarketing kuzatishlarda davomli erektsiya va/yoki priapizm hollarini uchrashi haqida xabar qilingan.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Azot oksidi donatorlarini, organik nitratlarni yoki nitratlarning har qanday shakllarini, doimiy yoki tanaffuslar bilan qabul qilgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas, chunki sildenafil nitratlarni doimo yoki shoshilinch hollarda qo‘llanganidagi gipotenziv ta’sirini kuchaytiradi.

Tsitoxrom R450 3A4 ning nospetsifik ingibitori bo‘lgan tsimetidin (800 mg) in vivo sharoitidagi tadqiqotlarda sildenafil bilan bir vaqtda qabul qilinganida sog‘lom ko‘ngillilar plazmasida preparat miqdorini 56 % ga oshirgan. Tsitoxrom R450 3A4 ning spetsifik ingibitori eritromitsin (eritromitsin 5 kun davomida 500 mg dan kuniga 2 marta qabul qilinganida) sildenafil bilan bir vaqtda qabul qilinganida, eritromitsinning qondagi doimiy kontsentratsiyaga erishishi fonida, sildenafilning (AUC) ni 182% oshishiga olib kelgan. Shuningdek OITV-proteaza va tsitoxrom R450 3A4 ingibitori bo‘lgan sakvinavir (sakvinavir 1200 mg dan kuniga 3 marta qabul kilinganida) sildenafil bilan bir vaqtda qabul qilinganida, sakvinavirning qondagi doimiy kontsentratsiyaga erishishi fonida, sildenafilning maksimal kontsentratsiyasini 140% ga, AUCni esa 120% ga oshishi kuzatildi. Sildenafil sakvinavirning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. OITV proteaza ingibitori va tsitoxrom R450 ning kuchli ingibitori hisoblangan Ritonavirni (500 mg dozada kuniga 2 marta) sildenafil bilan bir vaqtda (bir marta 100 mg dozada) qabul qilishda, qondagi doimiy kontsentratsiyasini Smax 300% ga (4 martaga), AUC esa 1000% (11 martaga) oshadi. 24 soatdan keyin sildenafilni qon plazmasidagi kontsentratsiyasi 200 ng/ml ni (24 soatdan keyin bir marta bir o‘zi qo‘llangandagi sildenafilning qon plazmasidagi qiyosiy kontsentratsiyasi 5 ng/ml ga teng) tashkil qiladi. Bu Ritonavirni tsitoxrom R450 substratlari hisoblangan bir qator preparatlarga bo‘lgan ta’siri bilan muvofiq keladi. Sildenafil Ritonavirning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Klinik tadqiqotlar natijalarining populyatsion farmakokinetik tahlillari tsitoxrom R450 3A4 ingibitorlarini (ketokonazol, itrakonazol, eritromitsin kabi) bir vaqtda qabul qilish sildenafilning klirensini pasaytirishini ko‘rsatadi. Antatsidlarni bir marta (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi) qabul qilish, sildenafilning biokiraolishligiga ta’sir qilmaydi. Sildenafilning klinik tajribalarida ishtirok etgan bemorlarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlarining natijasi shuni ko‘rsatdiki, tsitoxrom R450 2S9 ingibitori (tolbutamid, varfarin), tsitoxrom R450 2D6 (serotoninni qayta qamrab oluvchi selektiv ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar), tiazidlar va tiazidsimon diuretiklar, halqali va kaliy tejovchi diuretiklar, AAF ingibitorlari va kaltsiy antagonistlari preparatning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta’sir qilmaydi. Sildenafil (100 mg) va amlodipinni arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda o‘zaro ta’siri aniqlanmagan. Atsetilsalitsil kislotasi (150 mg) qabul qilinganida sildenafil (50 mg) qon ketish vaqtini qo‘shimcha uzayishini chaqirmagan. Sildenafil (50 mg) sog‘lom odamlarda etanolning qondagi maksimal miqdori o‘rtacha 80 mg/ml bo‘lganida, gipotenziv ta’sirini kuchaytirmagan.

Seksual faollik yurak kasalliklarida ma’lum darajada xavfli; shuning uchun har qanday erektsiyaning buzilishlarini davolashdan oldin yurak-qon tomir tizimining tekshirishini o‘tkazish lozim. Sildenafil klinik tadqiqotlarda arterial bosimni o‘tkinchi pasayishiga olib keluvchi tizimli tomir kengaytiruvchi ta’sir ko‘rsatgan. Shifokor preparatni buyurishdan oldin uni tomirlarni kengaytiruvchi ta’siridan kelib chiquvchi nojo‘ya ta’sirlari xavfini turli yondosh kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda, ayniqsa, seksual faollik fonida diqqat bilan o‘rganib chiqishi kerak. Vazodilatatorlarga yuqori sezuvchanlik yurak chap qorinchasi obstruktsiyasi (masalan, aortal stenoz, gipertrofik kardiomiopatiya), shuningdek arterial bosim (AB) ni avtonom nazoratini og‘ir buzilishlari bilan namoyon bo‘ladigan, kam uchraydigan turli tizimlarning ko‘p sonli atrofiyasi bo‘lgan bemorlarda kuzatiladi. Sildenafilni qo‘llashning xavfsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yo‘qligi tufayli, preparatni quyidagi guruh bemorlarida ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim: – miokard infarktini o‘tkazgan, bosh miya qon aylanishining buzilishlari bo‘lganlar, shuningdek so‘nggi 6 oy davomida hayotiga xavf soluvchi aritmiya; – ortostatik gipotenziya (AB 90/50) yoki gipertenziya (AB170/110) bilan kasallanganlar; – nostabil stenokardiya bilan bog‘liq bo‘lgan yurak yetishmovchiligi va yurak ishemik kasalligi bilan kasallanganlar; – nasliy pigmentli retinit, to‘r pardaning fosfodiesteraza sintezini tug‘ma  buzilishiga ega bo‘lganlar; – jinsiy olatning anatomik deformatsiyasi bo‘lgan bemorlar (masalan, angulyatsiya, g‘ovaksimon fibroz yoki Peyroni kasalligi) va priapizmni rivojlanishiga olib keluvchi (o‘roqsimon-hujayrali anemiya, ko‘p sonli miyeloma yoki leykemiya) kasalliklari bo‘lgan patsiyentlar. Erektsiyaning buzilishini davolash uchun mo‘ljallangan preparatlarni, seksual faollik muhim bo‘lmagan erkaklarga buyurish tavsiya qilinmaydi. Sildenafilni bundan tashqari erektsiyani buzilishida tavsiya etiladigan boshqa dorilar bilan birga qo‘llashning havfsizligi va samaradorligi o‘rganilmaganligi sababli, ularni birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparat 65 yoshdan oshgan bemorlarda, jigar faoliyatining buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda, og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek bir vaqtda tsitoxrom R450 3A4 ingibitorlarini (masalan, eritromitsin, sakvinavir) qabul qilayotgan bemorlarda, sildenafilning plazmadagi miqdorini oshishi yuz beradi. Bu preparatning samarasini oshiribgina qolmay, balki nojo‘ya samaralarni ham paydo bo‘lishini chiqarishi mumkin. Bunday guruh bemorlarga preparatni sutkada 25 mg dozada buyurish maqsadga muvofiqdir.

Preparat ayollar va bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Ayollarda homiladorlik va laktatsiya davrida adekvat va yaxshi nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq yorug‘likdan himoyalangan joyda 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Sog‘lom ko‘ngillilardagi tadqiqotlarda preparatni bir martalik 800 mg gacha dozada  qabul qilingandagi nojo‘ya ta’sirlari uning kam dozada qabul qilinganidagilari bilan deyarli mos keladi, ammo nisbatan ko‘proq uchraydi. Davolash: zarurati bo‘lganda simptomatik davolash o‘tkaziladi. Gemodializ sildenafilning klirensini tezlashtirmaydi, chunki u plazma oqsillari bilan faol bog‘lanib, siydik bilan chiqarilmaydi.

Retsept bo‘yicha

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

3 yil.