Qora andiz ildizpoyalari va ildizlarirasmini ko'rish
Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
1-3% efir moylari (seskviterpen lakton tarkibiga kiruvchi), inulin, saponinlar va boshqalarni saqlaydi.
Preparatning savdo nomi:
Qora andiz ildizpoyalari va ildizlari
Farmakalogik guruhi:
Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
Maydalangan xom-ashe, teshik, diametri 7 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan ildiz va ildizpoyalarning bo‘lakchalari; rangi: kulrang-qo‘ng‘ir, sarg‘imtir-oq, sarg‘imtir-kulrang; xushbo‘y xidli; ta’mi: xushta’m, taxirroq.
Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
Balg‘am ko‘chishini qiyinlashgani bilan kechadigan yuqori nafas yo‘llarining kasalliklarini (bronxitlar, traxeitlar) davolash.
Qora andiz ildizpoyalari va ildizlari qaynatma ko‘rinishida qabul qilinadi.
Qaynatmani tayyorlash uchun 20 g maydalangan ildizni sirlangan idishga solib, ustidan 200 ml (1 stakan) xona haroratidagi qaynagan suv quyiladi, qopqoq bilan yopib, qaynayotgan suv hammomida 30 minut davomida qaynatiladi, so‘ng 10 minut davomida xona haroratida sovutiladi.
Qaynatma doka orqali suzib olinadi va qolgan xom-ashyo siqiladi.
Tayyorlangan qaynatmani xajmini qaynatilagn suv bilan 200 ml ga yetkaziladi.
Qaynatmani salqin joyda 2 sutkagacha saqlash mumkin.
Illiq xolda 1 osh qoshiqdan kuniga 3 maxal, ovqatdan 1 soat oldin qabul qilinadi.
Allergik reaqtsiyalar bulishi mumkin.
Aniklanmangan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Kuzatilmagan
Retseptsiz Ulashish: 10 757 Views
30 g, 50 g, 100 g dan karton yoki polietilen qutilarda va 10, 15, 30 kg dan qoplarda.