Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
Efir moyi, uning tarkibida asosan mentol va mentol efirlari, flavonoidlar, ursol va omanol kislotalari bor.
Preparatning savdo nomi:
Qalampir yalpiz barglari
Farmakalogik guruhi:
Spazmolitik vositalar.
Dori shakli:
Dorivor o‘simlik xom ashyosi.
Spazmolitik vositalar.
Ko‘ngil aynishida, qusishda va silliq mushaklarni spazmini yo‘qotish uchun spazmolitik vosita sifatida qo‘llaniladi.
Damlama ko‘rinishida qo‘llaniladi.
Damlamani tayyorlash uchun 5 g qalampir yalpiz barglari yoki 5 ta filtr-paket sirlangan idishga solinadi va ustidan 1 stakan (200 ml) xona xaroratidagi qaynatilgan suv quyiladi, qopqoq bilan yopiladi va 15 minut davomida (qaynab turgan) suv hammomida qizdiriladi, keyin 45 minut davomida xona xaroratida sovutiladi, doka yordamida suzib o‘tkaziladi, qolgan xom-ashyo siqiladi (filtr-paketlar olinadi hamda dokasiz siqiladi).
Olingan damlamaning xajmi qaynatilgan suv bilan dastlabki hajmigacha yetkaziladi.
Damlamani salqin joyda 2 sutkagacha saqlash mumkin.
Ichga 1 osh qoshiqdan kuniga 3-4 marta ovqatdan 15 minut oldin qabul qilinadi.
Preparatga yuqori sezuvchanliqda allergik reaqtsiyalar bo‘lishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, +25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Retseptsiz
Qutilar va paketlar; qutilarga joylashtirilgan paketlarda 25 g, 30 g, 40 g, 50 g, 100 g dan qutilarda №25 yoki 50 ta 1 g li filtr paketlar.