PЕYONAretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml li xar bir ampula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: kofein tsitrati 20,0 mg (10,0 mg kofeinga ekvivalent); yordamchi moddalar: limon kislotasi monogidrati, natriy tsitrati, inyektsiya uchun suv 1,0 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

kofein

Preparatning savdo nomi:

PЕYONA

Farmakalogik guruhi:

psixoanaleptiklar, ksantin xosilalari.

Dori shakli:

infuziya uchun va ichga qabul qilish uchun eritma 20 mg/ml.

ko‘rinadigan mexanik zarrachalarsiz tiniq eritma.

psixoanaleptiklar, ksantin xosilalari.

N06BC01

Kofein tsitrati suvli eritmalarda yengil dissotsiatsiyalanadi. Tsitrat infuziyada yoki ichga qabul qilinganda tez metabolizmga uchraydi. So‘rilishi Kofeinning ta’siri infuziya boshlangandan keyin bir necha minut davomida kuzatiladi. Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 1 kg tana vazniga 10 mg kofein ichga qabul qilingandan keyin plazmadagi kofeinning maksimal kontsentratsiyasi (Smax) 6 dan 10 mg/l diapazonda, maksimal kontsentratsiyaga (tmax) erishishning o‘rtacha vaqti 30 minutdan 2 soatgacha diapazonda bo‘lgan. So‘rilish darajasi sun’iy aralashmaning tarkibiga bog‘liq emas, lekin tmax kattalashishi mumkin. Taqsimlanishi Kofein tsitrati buyurilganda kofein bosh miyaga tez yetib boradi. Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilganlarda orqa miya suyuqligidagi kofeinning kontsentratsiyasi uning plazmadagi kontsentratsiyasiga taxminan yaqin bo‘ladi. Emizikli bolalarda kofeinning taqsimlanishini o‘rtacha xajmi (Vd) kattalarga qaraganda biroz yuqori (0,6 l/kg) bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yoki emizikli bolalarda plazma oqsillari bilan bog‘lanishi yuzasidan ma’lumotlar yo‘q. Kattalarda plazma oqsillari bilan bog‘lanishi in vitro  sharoitlarda taxminan 36% ni tashkil qiladi. Kofein yo‘ldosh orqali xomilaning qon oqimiga osongina kiradi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Metabolizmi Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kofeinning metabolizmi jigarning ferment tizimini yetilmaganligi tufayli, ancha cheklangan, va faol moddaning katta qismi siydik bilan chiqariladi. Tsitoxrom R450 1A2 (CYP1A2) kattalarda kofeinning metabolizmida ishtirok etadi. Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kofein va teofillinni o‘zaro bir biriga aylanishi xaqida xabar berilgan; teofillin buyurilganidan keyin kofeinning miqdor darajasi, teofillinning miqdor darajasining taxminan 25% ni tashkil qiladi; yuborilgan kofeinning taxminan 3-8% teofillinga aylanishini kutish mumkin. Chiqarilishi Hayotining birinchi yilidagi bolalarda kofeinning chiqarilishi, jigar va/yoki buyrakning funktsional yetilmaganligi tufayli, kattalardagiga nisbatan ancha sekinroq kechadi. Yangi tug‘ilganlarda kofeinning klirensi siydik bilan chiqarilishi xisobiga to‘liq ta’minlanadi. O‘rtacha yarim chiqarilishi davri (t1/2) va o‘zgarmagan holda siydik bilan chiqarilayotgan kofeinning fraktsiyasi (As) emizikli bolalarda gestatsion/postmenstrual yosh bilan teskari korrelyatsiyaga ega. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yarim chiqarilish davri t1/2 taxminan 3-4 kunni, va As – taxminan 86% ni (6 kun davomida) tashkil qiladi. 9 oylikka kelib, kofeinning metabolizmi bolalarda kattalardagi metabolizmiga taxminan teng bo‘ladi (t1/2 = 5 soat va As = 1%). Jigar va buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kofeinning farmakokinetikasini tadqiqotlari o‘tkazilmagan. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi borligida, va kumulyatsiya potentsialini oshishini xisobi bilan, kofeinning sutkalik saqlab turuvchi dozasini kamaytirish kerak, dozani tanlashda qonda kofeinning kontsentratsiyasini aniqlash natijalariga tayanish kerak. Xolestatik gepatiti bo‘lgan chala tug‘ilgan yangi tug‘ilganlarda kofeinning yarim chiqarilish davrini, uning plazmadagi kontsentratsiyasi darajasini normal darajadan yuqoriga oshishi bilan, kofeinning yarim chiqarilish davrini uzayishi kuzatiladi, bu bunday patsiyentlarda dozani tanlashga aloxida e’tibor berishni ko‘zda tutadi.

Kofein tsitrati bilan davolashni jadal davolashning neonatologiya bo‘limida ishlash tajribasiga ega bo‘lgan shifokorning kuzatuvi ostida boshlash kerak. Preparatni faqat jadal davolashning neonatologiya bo‘limida qo‘llash kerak, u bemorlarni kuzatish  taktikasi va monitoringini ta’minlovchi muvofiq jixozlar bilan ta’minlangan bo‘ladi. Dozalash Ilgari davolanmagan emizikli bolalarda tavsiya etiladigan dozalash tartibi: kofein tsitratining yuklama dozasi 1 kg tana vazniga 20 mg shpritsli infuzomat yoki dozalangan infuziya uchun boshqa asbob yordamida 30 minut davomidagi sekin vena ichiga infuziya yo‘li bilan yuboriladi. 24-soatlik interval o‘tgach, 10 minut davomidagi sekin vena ichiga infuziya yo‘li bilan kg tana vazniga 5 mg samarani bir maromda saqlab turuvchi doza buyuriladi.; infuziya xar 24 soatda takrorlanadi. Kg tana vazniga 5 mg muqobil samarani bir maromda saqlab turuvchi doza xar 24 soatda nazogastral zond yordamida ichga qabul qilish uchun buyurilishi mumkin. Kofein tsitratining yuklama va saqlab turuvchi dozalari quyidagi jadvalda keltirilgan, unda kofein tsitratining inyektsiyasini xajmi va yuborilgan dozasi orasidagi muvofiqlik keltirilgan. Kofein-asosiga qayta xisoblangan doza, kofein tsitratining yarim dozasini tashkil etadi (20 mg kofein tsitrati 10 mg kofein asosiga ekvivalent). Kofein tsitrati-ning dozasi(xajm)Kofein tsitra-tining dozasimg/kg tana vaznigaYuborish usuliYuborishlar soniYuklama doza1,0 mg/kg tana vazniga20 mg/kg tana vaznigaVena ichiga in-fuziya (30 mindavomida)Bir martaSamarani bir maromda saqlab turuvchi doza*0,25 mg/kg tana vazniga5 mg/kg tana vaznigaVena ichiga in-fuziya (10 mindavomida) yoki ichga qabul qilishXar 24 soatda* *yuklama dozadag keyin 24 soat o‘tgach boshlanadi. Tavsiya etilgan yuklama dozaga klinik javobi yetarlicha bo‘lmagan chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga 24 soat o‘tgandan keyin maksimal 10-20 mg/kg li takroriy yuklama doza buyurilishi mumkin. 10 mg/kg tana vazniga yuqoriroq yuklama dozalarni faqat agar, chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kofeinning katta yarim chiqarilish davri tufayli, uning kumulyatsiyasini va postmenstrual yoshga qarab, kofeinni metabolizmiga avj olib borayotgan hususiyatini xisobga olib, yaxshilanish kuzatilmagan xollarda yuborish mumkin. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha plazmada kofeinning kontsentratsiyasini monitorlash kerak. Agar patsiyentlar ikkinchi yuklama dozaga yoki sutkada 10 mg/kg li samarani bir maromda saqlab turuvchi dozaga yetarlicha javob bermasalar, chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘yilgan apnoe tashxisini qayta ko‘rib chiqish kerak. Dozaga tuzatish kiritish va monitaoring Davolash davomida, ayniqsa agar yaxshilanish kuzatilmasa yoki toksiklik belgilari paydo bo‘lsa, plazmadagi kofeinning kontsentratsiyasini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak Bundan tashqari, quyidagi kabi yuqori xavf vaziyatlarda plazmada kofeinning kontsentratsiyasini oddiy monitoringidan keyin, shifokorning xoxishi bo‘yicha dozaga tuzatish kiritish kerak bo‘lishi mumkin: juda chala tug‘ilgan bolalar (gestatsiyaning ≤28 xaftasi va/yoki tana vazni ≤1000 g), ayniqsa parenteral oziqlanishdagi chaqaloqlarjigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bolalartirishish oqibatida buzilishlari bo‘lgan bolalaryurakning isbotlangan va klinik axamiyatli patologiyasi bo‘lgan bolalarbir vaqtda kofeinning metabolizmiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan dori vositalari bilan qo‘shimcha ravishda davolanayotgan bolalaronalari emizish davrida kofein iste’mol qilayotgan bolalar Quyidagi patsiyentlarda kofeinning dastlabki kontsentratsiyasini aniqlash kerak: ularni tug‘ilishigacha bo‘lgan vaqtgacha onalari katta miqdorlarda kofein iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan onalarning bolalariilgari kofein xosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydigan teofillin qabul qilgan bolalar. Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kofeinning yarim chiqarilish davri cho‘zilgan, preparatning kumulyatsiya bo‘lish ehtimoli bor, bu preparatni uzoq vaqt qabul qilayotgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda monitoringni talab qilishi mumkin. Kontsentratsiyalarni aniqlash uchun qon namunalarini davolashga terapevtik javob bo‘lmagan xollarda bevosita navbatdagi dozani yuborish oldidan, va toksik ta’sirga gumon bo‘lganda faqat oldingi doza yuborilganidan keyin 2-4 soat o‘tgach olish kerak. Adabiyotlarda qon plazmasida kofeinning terapevtik kontsentratsiyalarini diapazoni ko‘rsatilmagan, lekin kofeinning klinik samarasini ko‘rsatgan tadqiqotlarda, kontsentratsiya 8 dan 30 mg/l gachani tashkil qilgan; plazmada kofeinning kontsentratsiyasi 50 mg/l dan kam bo‘lganda, xavfsizlik bo‘yicha muammolar odatda paydo bo‘lmagan. Davolash davomiyligi Davolashning optimal davomiyligi aniqlanmagan. Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ishtirokida qinda o‘tkazilgan ko‘p markazli tadqiqotlarning ma’lumotlari asosida, davolashning 37 kunlik o‘rtacha davri to‘g‘risida xabar berilgan. Klinika amaliyotida davolash bolaning postmenstrual yoshi 37 xaftalikkacha yetgunicha davom ettiriladi, bu davrga kelib, chala tug‘ilganlarning apnoe xurujlari mustaqil o‘tib ketadi. Lekin bu chegarani klinik vaziyatga, davolashga bo‘lgan reaktsiyaga, davolashga qaramay, apnoe xurujlarini davom etishiga qarab, yoki boshqa klinik tasavvurlarga qarab, qayta ko‘rib chiqish mumkin. Agar 5-7 kun davomida patsiyentda axamiyatli apnoe xurujlari kuzatilmasa, kofein tsitratini qo‘llashni to‘xtatish tavsiya etiladi. Agar patsiyentlarda apnoening qaytalanishlari kuzatilsa, unda kofein tsitrati bilan davolash, kofein tsitrati bekor qilingandan va apnoe qaytalanishigacha o‘tgan vaqt intervaliga qarab, samarani bir maromda saqlab turuvchi dozada yoki yuklama dozaning yarmi bilan qayta tiklanadi. Bu gurux patsiyentlarda kofein sekin chiqarilishi tufayli, davolashni tugatishda dozani asta-sekin kamaytirishga zarurat yo‘q. Kofein tsitrati bilan davolash tugatilgandan keyin apnoeni qaytalanish xavfi mavjudligi tufayli, yana taxminan bir xafta davomida patsiyentni kuzatishni davom ettirish kerak. Jigar va buyrak yetishmovchiligi Jigar/buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llashni cheklangan tajribasi bor. Xavfsizlikni o‘rganish yuzasidan postregistratsion tadqiqotlarida jigar/buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan juda chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni katta bo‘lmagan sonida nojo‘ya samaralar tez-tezligi, azolari shikastlanmay chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga nisbatan yuqori bo‘lgan. Agar buyrak yetishmovchiligi bo‘lsa, unda kumulyatsiya xavfi oshadi. Kofein tsitratining saqlab turuvchi sutkalik dozasini pasaytirish kerak, va u faqat qon plazmasida kofeinning kontsentratsiyasi aniqlangandan keyin buyurilishi kerak. Juda chala tug‘ilgan bolalarda kofeinning klirensi jigar funktsiyasiga bog‘liq emas. Jigarda kofeinning metabolizmi, tug‘ilgandan keyin bir necha xafta davomida asta-sekin shakllanadi. Kattaroq yoshdagi emizikli bolalarda jigar kasalligi bo‘lganda, qon plazmasida kofeinning kontsentratsiyasini aniqlash va dozaga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin. Qo‘llash usuli

Xavfsizlik profilining xulosasi Kofein va boshqa metilksantinlarning farmakologiyasi va toksikologiyasining ma’lum bo‘lgan ma’lumotlari, kofein tsitratining mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaktsiyalarini bashorat qilish imkonini beradi. Ta’riflangan samaralari tirishishlar, ta’sirchanlik, qo‘zg‘algan xolat, yuqori nerv-reflektor qo‘zg‘aluvchanlik bilan namoyon bo‘luvchi markaziy nerv tizimini rag‘batlantirilishini, taxikardiya, aritmiyalar, arterial gipertenziya simptomlari va zarb xajmini oshishi bilan namoyon bo‘luvchi yurak-tomir tizimiga ta’siri, shuningdek ovqatlanish va metabolizmning buzilishini o‘z ichiga oladi. Bu samaralar dozaga bog‘liq, shuningdek va shuning uchun qon plazmasida kofeinning kontsentratsiyasini aniqlash va dozani kamaytirish zarurati mavjud. Nojo‘ya reaktsiyalarning jadvali Kofein tsitratining adabiyotlarda chop etilgan va xavfsizligini o‘rganish yuzasidan postmarketing tadqiqotlarda olingan nojo‘ya reaktsiyalar, a’zoalar tizimi sinfi va atamalarga (MedDRA) muvofiq quyida sanab o‘tilgan. Ularning uchrash-tezligi quyidagicha aniqlangan: juda tez-tez (≥/10), tez-tez (≥/100 dan ≤1/10 gacha), tez-tez emas (≥/1000 dan ≤1/100 gacha), kam xollarda  (≥/10000 dan ≤1/1000 gacha), juda kam xollarda (≤1/10000) va tez-tezligi noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida aniqlash mumkin emas).

Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kofein va teofillinni o‘zaro bir biriga aylanishi kuzatiladi. Shuning uchun bu moddalarni bir vaqtda buyurish kerak emas. Tsitoxrom R450 1A2 (CYP1A2) kattalarda kofeinni metabolizmida ishtirok etuvchi asosiy ferment xisoblanadi. Shunday qilib, kofein CYP1A2 uchun substratlar, CYP1A2 ning ingibitorlari yoki CYP1A2 ning induktorlari xisoblangan moddalar bilan potentsial o‘zaro ta’sirga kirishishi mumkin. Shunga qaramay, chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kofeinning metabolizmi, jigar fermentlar tizimi yetilmaganligi tufayli cheklangan. Garchi chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda boshqa ta’sir qiluvchi moddalar bilan o‘zaro ta’siri bo‘yicha ma’lumotlar kam bo‘lsada, shunga qaramay, kattalarda kofeinni chiqarilishini pasaytiruvchi birikmalar (masalan, tsimetidin va ketokonazol) bir vaqtda buyurilganda kofein tsitratining pastroq dozalari, va agar aksincha, kofeinni chiqarilishini kuchaytiruvchi birikmalar (masalan, fenobarbital va fenitoin) bir vaqtda buyurilganda yuqoriroq dozalari buyuriladi. Agar buyurilgan moddalar va kofeinning o‘zaro ta’siri bo‘yicha shubhalar tug‘ilsa, plazmada kofeinning kontsentratsiyasi aniqlanadi. Ichakda bakteriyalarning oshiqcha o‘sishi nekrozlanuvchi enterokolitni rivojlanishi bilan bog‘liqligi tufayli, me’da kislotasining sekretsiyasini susaytiruvchi dori vositalari (gistaminning N2 retseptorlarini blokatorlari  yoki proton pompasining ingibitorlari) bilan birga qo‘llash, nazariy nekrozlanuvchi enterokolit xavfini oshirishi mumkin. Kofein va doksapramni birga buyurish ularni kardiorespirator va markaziy nerv tizimiga rag‘batlantiruvchi samarasini potentsiyalashi mumkin. Agar bu preparatlarni bir vaqtda qo‘llash ko‘rsatilgan bo‘lsa, unda yurak qisqarishlari sonini va qon bosimini sinchiklab nazorat qilish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Saqlashni maxsus sharoitlarini talab qilmaydi. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Chop qilingan ma’lumotlar bo‘yicha chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kofeinning dozasini oshirib yuborilishi, uning plazmadagi kontsentratsiyasi 50 mg/l dan 350 mg/l gacha bo‘lganda kuzatilgan. Simptomlari Adabiyot ma’lumotlari bo‘yicha kofeinning dozasini oshirib yuborilishini chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi belgilari va simptomlari giperglikemiya, gipokaliyemiya, oyoq-qo‘llarni biroz qaltirashi, qo‘zg‘algan xolat, gipertoniya, opistotonus, toniko-klonik tirishishlar, tirishishlar, taxipnoe (nafasni tezlashishi), taxikardiya, qusish, me’dani ta’sirlanishi, me’da-ichakdan qon ketishi, isitma, qaltirash, qonda mochevina darajasini oshishi, leykotsitoz, jag‘lar va lablarni ixtiyorsiz xarakatini o‘z ichiga oladi. Keyinchalik nevrologik asoratlar bilan kechuvchi me’dada ichki qon quyilishi bilan asoratlangan kofeinning dozasini oshirib yuborilishning bir xolati xaqida xabar berilgan. Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni kofeinning dozasini oshirib yuborilishi bilan bog‘liq o‘lim xolatlari ta’riflanmagan. Davolash Kofeinning dozasini oshirib yuborilishini davolash, dastlab simptomatik va saqlab turuvchi davolashdir. Kaliy va glyukoza darajasini kuzatish va gipokaliyemiya va giperglikemiya yuz berganida muvofiqlashtirish kerak. Vena ichiga almashingan quyishda plazmada kofeinning kontsentratsiyasi pasayishi ko‘rsatilgan. Tirishishlarni antikonvulsantlarni (diazepam yoki fenobarbital natriy yoki fenobarbital kabi barbituratlar) vena ichiga yuborish bilan bartaraf etish mumkin.

Retsept bo‘yicha beriladi

Birlamchi o‘ram 1 ml dan nominal xajmi 2 ml li, 1 tur rangsiz tiniq shisha ampulalarda. 5 ampuladan plastik taglikda. Ikkilamchi o‘ram 10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil. Ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.