PЕO PЕO S LIDOKAINOMretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Mushak ichiga va vena ichiga inyektsiya uchun bir flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 1 g tseftriakson (natriyli tuzi shaklida); Mushak ichiga inyektsiya uchun bir flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 1 g tseftriakson (natriyli tuzi shaklida); ampula – erituvchi quyidagilarni saqlaydi: 3,5 ml 1% lidokain.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tseftriakson, lidokain.

Preparatning savdo nomi:

PЕO PЕO S LIDOKAINOM

Farmakalogik guruhi:

antibiotiklar.

Dori shakli:

mushak ichiga va vena ichiga inyektsiya qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun

Oq rangli yoki sarg‘ish tusli oq rangli kristall kukun shaffof shisha flakonda. Mushak ichiga va vena ichiga inyektsiya qilish uchun steril kukun. Oq rangli yoki sarg‘ish tusli oq rangli kristall kukun shaffof shisha flakonda. Rangsiz tiniq eritma rangsiz ampulada. Mushak ichiga inyektsiya qilish uchun steril kukun.

antibiotiklar.

J01DD04

1 g 30 minut davomida infuziya qilinganidan keyin qon plazmasidagi Smax 100-150 mg/ml ni tashkil qiladi. 1 g tseftriakson mushak ichga yuborilganidan keyin plazmada Smax 1-3 soatdan keyin erishiladi va 80 mg/l tashkil qiladi. Tseftriakson organizmning to‘qimalari va biologik suyuqliklariga, shu jumladan gemato-entsefalik to‘siq orqali ham yaxshi o‘tadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 83-96% ni tashkil qiladi. Tseftriakson buyrak orqali (40-60%) va ichak orqali (35-45%) chiqariladi. T1/2 6-9 soatni tashkil qiladi. Davomli T1/2 tufayli plazma va to‘qimalarda 24 soat davomida bakteritsid kontsentratsiyalariga erishiladi.

Preparatga sezgir mikrooorganizmlar tomonidan chaqirilgan infektsion-yallig‘lanish kasalliklarni davolash: – bakterial meningit; – bakterial endokardit; – sepsis; – yuqori nafas yo‘llari va LOR-a’zolarining infektsiyalari; – nafas yo‘llarining pastki bo‘limlarining infektsiyalari (o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, o‘pka abstsessi, plevra empiyemasi); – siydik jinsiy a’zolarining infektsiyalari (o‘tkir va surunkali piyelonefrit, piyelit, prostatit, epididimit, tsistit); – gonoreya (shu jumladan homiladorlikdagi); – suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari; – teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari; – shigellez; – salmonellyoz; – Laym kasalligi. Operatsiyadan keyingi infektsion asoratlarni oldini olish va davolash uchun qo‘llaniladi.

Preparat mushak ichiga, vena ichiga va 30 minut davomida vena ichiga infuziyalar ko‘rinishida yuboriladi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, qusish, stomatit, glossit; kam – transaminazalar faolligini oshishi, exogrammada o‘t pufagini qorong‘ilashishi. Qon yaratish tizimi tomonidan: eozinofiliya, leykopeniya, granulotsitopeniya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya. MNT tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi. Allergik reaktsiyalar: toshma, qichishish, dermatit, eshakemi, shishlar, ekssudativ polimorf eritema; kam – anafilaktoid yoki anafilaktik reaktsiyalar. Mahalliy reaktsiyalar: kam hollarda – flebit. Mushak ichiga lidokainsiz yuborish og‘riq chaqiradi. Biologik ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan samaralari: superinfektsiya rivojlanishi (jinsiy yo‘llarining mikozlari) mumkin. Boshqalar: oliguriya, zardob kreatininini oshishi, isitma, qaltirash, qon ivishini buzilishi. Barcha nojo‘ya ta’sirlarining tez-tezligi 2% dan oshmaydi.

Tsefalosporinlarga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Tseftriakson va aminoglikozidlar ko‘pchilik grammanfiy bakteriyalarga nisbatan ta’sir sinergizmiga ega. Bir vaqtda Tseftriaksonning katta dozalari va “halqali” diuretiklar masalan, furosemid qo‘llanganida, buyraklar faoliyatini buzilishi kuzatilmagan. Tseftriaksonni aminoglikozidlarning nefrotoksikligini oshirishiga ko‘rsatmalar yo‘q. Probenetsid Tseftriaksonni chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Tseftriakson eritmasi boshqa antibiotiklarni saqlovchi eritmalar bilan to‘g‘ri kelmaydi (tayyorlanishida ham, yuborilishida ham).

Penitsillinlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki kesishgan allergiya bo‘lishi mumkin. Preparat buyrak-jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanganida dozalash tartibiga tuzatish kiritish kerak. Gemodializda tseftriaksonning ozgina qismi yo‘qotiladi, biroq gemodializda bo‘lgan patsiyentlarda, tseftriaksonning plazmadagi kontsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Preparat bilan uzoq muddat davolanganda periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga preparat qat’iy shifokor nazorati ostida buyuriladi.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 10-250S haroratda saqlansin. Yangi tayyorlangan eritmaning yaroqlilik muddati 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanganida 6 soatni, sovutgichda saqlanganida (20S dan 80S gacha haroratda) 24 soatni tashkil qiladi.

Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasini oshirib yuborilishi hollari to‘g‘risida xabar berilmagan.

Shifokor retsepti bo‘yicha!

Mushak ichiga va vena ichiga inyektsiya uchun steril kukun 1 g dan flakonda; o‘ramda              1 flakon. Mushak ichiga inyektsiya uchun steril kukun 1 g dan flakonda; o‘ramda 1 flakon va              1% lidokain eritmasi 3,5 ml dan ampulalarda.

3 yil.