PЕKTOLVAN Ts rasmini ko'rish

Tarkibi:

5 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: 100% modda qayta hisoblanganda 15 mg ambroksol gidroxloridi, 100% moddaga qayta hisoblanganda 100 mg karbotsistein; yordamchi moddalar: glyukoza monogidrati; sorbit (Ye 420); propilenglikol; glitserin; meglyumin, dinatriy edetati, limon kislotasi monogidrati, natriy benzoati (Ye 211), aspartam (Ye 951), ozuqaviy aromatizator “Klubnika 653” (665)”, ponso 4R (Ye 124), tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ambroksol gidroxloridi, karbotsistein

Preparatning savdo nomi:

PЕKTOLVAN Ts

Farmakalogik guruhi:

Mukolitik vositalar. Majmualar.

Dori shakli:

sirop

pushti rangli, qulupnay ta’mli, tiniq qovushqoq suyuqlik.

Mukolitik vositalar. Majmualar.

Ambroksol qabul qilingandan keyin ovqat hazm qilish yo‘llaridan deyarli to‘liq so‘riladi. O‘pka to‘qimalariga yaxshi kiradi. Peroral qabul qilinganda mutloq biokiraolishligi 70-80% ni tashkil qiladi. Qon plazmasidagi maksimal kontsentratsiyaga ichga qabul qilingandan keyin taxminan 2 soatdan so‘ng erishadi. Yarim chiqarilish davri 7-12 soatni tashkil qiladi. Asosan siydik bilan (90%) chiqariladi. Gematoentsefalik to‘siq orqali, ko‘krak sutiga kiradi, to‘planmaydi. Karbotsistein ichga qabul qilinganda tez so‘riladi. Qon plazmasida faol moddani cho‘qqi kontsentratsiyaga 2 soatdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi past – yuborilgan dozaning 10% dan kamini (me’da-ichak yo‘llaridagi jadal metabolizmi va jigardan birinchi o‘tish samarasi natijasida) tashkil qiladi. Karbotsistein deyarli to‘liq faol bo‘lmagan metabolitlar ko‘rinishida (noorganik sulfatlar, diatsetiltsistein) siydik bilan chiqariladi. Faqat oz miqdori o‘zgargan ko‘rinishda ahlat bilan chiqariladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va amniotik suyuqlikda to‘planadi.

Qiyin ajraladigan sekret bilan kechuvchi nafas yo‘llarining o‘tkir va surunkali kasalliklarida: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi;pnevmoniya;balg‘am ko‘chishi qiyin bo‘lgan bronxial astma;bronxoektatik kasallik;respirator distress-sindrom;o‘pkadagi jarroxlik aralashuvlardan keyingi asoratlarni davolash;traxeostomani parvarish qilishda, bronxoskopiyadan oldin va keyin qo‘llanadi. O‘rta quloqni va burunni qo‘shimcha bo‘shliqlarini yallig‘lanish kasalliklarida ham qo‘llanadi.

Ichga qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshli bolalarga – 10 ml dan (2 dozalovchi qoshiq) sutkada 3 marta. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 5 ml dan (1 dozalovchi qoshiq) sutkada 2-3 marta,           2 yoshdan 6 yoshgacha – 2,5 ml dan (1/2 dozalovchi qoshiq) sutkada 2-3 marta buyuriladi. Davolash davomiyligi, odatda 7-10 kundan oshmasligi kerak. Bolalarda qo‘llanilishi eng qisqa bo‘lishi lozim, 5 kundan oshmasligi kerak.

Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, anafilaktik reaktsiyalar, anafilaktik shok. Teri va teri osti klechatkasi tomonidan: teri toshmasi (mayda nuqtali, dog‘li, mayda dog‘li, aralash toshmalar), eshakemi, qichishish, dermatit terini og‘ir shikastlanishlari, shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi). Nerv tizimi tomonidan: disgevziya (ta’mni buzilishi), bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, bezovtalik. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, og‘iz bo‘shlig‘ida sezuvchanlikni pasayishi, qusish, diareya, dispepsiya, jig‘ildon qaynashi, me’dada og‘riq, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, og‘izni qurishi, qabziyat, so‘lak oqishi, tomoqni qurishi, me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishi. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi a’zolari va ko‘ks oralig‘i tomonidan: halqumda sezuvchanlikni pasayishi, rinoreya, dispnoe (o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarining simptomlari kabi). Siydik chiqarish tizimi tomonidan: dizuriya. Yurak tomonidan: yurak urishini his qilish. Umumiy buzilishlar: umumiy holsizlik, isitma, shilliq qavati tomonidan reaktsiyalar.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Preparatning yordamchi moddalari bilan nomutanosibligi sababli kam uchraydigan nasliy holatlarda (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang) preparatni qo‘llash mumkin emas. Me’da va o‘n ikki barmoq ichakni peptik yarasini zo‘rayish bosqichida, teratogen va embriotoksik ta’siriga nisbatan ma’lumotlarni yetarli miqdorda emasligi sababli, homiladorlikning I uch oyligida qo‘llanmaydi.

Yuqori va quyi nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklarida glyukokortikoid va antibakterial davolash samaradorligini oshiradi. Ammo tetratsiklin qatori antibiotiklari bilan bir vaqtda (doksitsiklindan tashqari) qo‘llash tavsiya qilinmaydi, ularni qo‘llanishlari o‘rtasidagi interval 2 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Ambroksol va yo‘talni susaytiruvchi vositalarni bir vaqtda qo‘llash yo‘tal refleksini susayishi natijasida shilliqni haddan ziyod to‘planishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bunday majmuani qo‘llangandan kutiladigan foyda va mumkin bo‘lgan xavf nisbatini shifokor sinchkov baholagandan keyin qo‘llash mumkin. Karbotsistein bilan davolash davrida yo‘talga qarshi vositalarni va bronxial sekretsiyani susaytiruvchi vostalarni qo‘llash mumkin emas.

Balg‘amli yo‘tal–bronx-o‘pka tizimining fundamental himoya mexanizmi bo‘lib, u susaymasligi kerak. Bronxial sekretsiyani modifikatsiya qiladigan dori vositalarini yo‘talni sucaytiruvchi va/yoki sekretsiyani susaytiruvchi  (atropin guruhi) vositalari bilan majmuasi noratsional hisoblanadi. Mukolitiklarni qo‘llanishi chaqaloqlarda bronxlarni o‘tkazuvchanligini buzilishiga olib kelishi mumkin. Bolalarda hayotining birinchi yili yosh jihatidan anatomik–fiziologik o‘ziga xosligiga ko‘ra nafas yo‘llarini bronxial sekretdan tozalanish imkoni cheklangan. Har qanday mukolitik agentlarni chaqaloqlarga qo‘llash mumkin emas. Samara bo‘lmagan yoki kasallik simptomlari kuchaygan hollarda davolashni qayta ko‘rib chiqish kerak. Terining og‘ir shikastlanishlari: Stivens–Djonson va Layell sindromi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, ular vaqti bo‘yicha ambroksolni qo‘llanishi bilan to‘g‘ri kelgan. Ushbu holatlarni asosiy kasallikni kechuvi va/yoki boshqa preparatlarni bir vaqtda qo‘llanishi bilan tushuntirish mumkin. Shuning uchun terining yoki shilliq qavatining yangi shikastlanishlari paydo bo‘lganida tibbiy yordam uchun shifokorga murojaat qilish va ambroksol gidroxloridi bilan davolashni to‘xtatish lozim. Bronxial motorika buzilganida va shilliqni kuchli sekretsiyasida (masalan, birlamchi tsiliar diskinkeziya kabi kam uchraydigan kasallikda) preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki ambroksol shilliq sekretsiyasini kuchaytirishi mumkin. Buyrak faoliyatini buzilishi yoki og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qo‘llash lozim. Ambroksolni qo‘llanganda har qanday boshqa jigarda metabolizmga uchraydigan, keyin buyraklar orqali chiqariladigan ta’sir etuvchi moddalar kabi, uning metabolitlarini to‘planishi yuz beradi va ular og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarning jigarida hosil bo‘ladi. Yiringli balg‘amni ajralib chiqarilishida, yuqori haroratda shifokorni sinchkov kuzatuvi kerak. Preparatni me’da yoki o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lgan patsiyentlarni davolashda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Preparat sorbitol saqlaydi, shuning uchun kam uchraydigan nasliy fruktozani o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan patsiyentlarda bu preparatni qabul qilmaslik kerak. Preparat aspartam saqlaydi, u fenilalaninning hosilasi hisoblanadi, u fenilketonuriyali bemorlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Preparat glyukoza saqlaydi, shuning uchun nasliy glyukozani o‘zlashtiraolmaydigan, glyukoza-galaktozani malabsorbtsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda preparatni qabul qilishdan saqlanish kerak.

Homiladorlikning I uch oyligida qo‘llanmaydi. Homiladorlikning II va III uch oyliklarida preparatni faqat ona uchun bo‘lgan foyda/homila (bola) uchun bo‘lgan xavf nisbatini sinchkov baholangandan keyingina qo‘llanadi, uni shifokor aniqlaydi. Emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Original o‘ramda, 25ºS dan  yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Simptomlari: me’dada og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish. diareya. Davolash: simptomatik va tutib turuvchi davolash.

Retseptsiz

100 ml dan  flakonda. 1 flakondan dozalovchi qoshiq bilan birga karton qutiga joylanadi.

1 yilu 6 oy.