PЕGINTRONretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

PegIntron preparatining 1 flakoni quyidagilarni saqlaydi: faol modda: flakon ichidagisi (ilova qilinadigan erituvchi bilan) eritilganda alfa-2b  peginterferon kontsentratsiyasi mos ravishda  50 mkg/0,5 ml, 80 mkg/0,5 ml, 100 mkg/0,5 ml, 120 mkg/0,5 ml yoki 150 mkg/0,5 ml bo‘lgan 0,7 ml inyektsiya uchun eritmani tayyorlashga yetarli bo‘lgan miqdordagi kukun shaklidagi alfa-2b peginterferon. yordamchi moddalar: ikki asosli suvsiz natriy fosfati, bir asosli natriy fosfat digidrati, saxaroza, polisorbat 80; erituvchi – inyektsiya uchun suv  – 0,7 ml.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

alfa-2b peginterferon.

Preparatning savdo nomi:

PЕGINTRON

Farmakalogik guruhi:

interferonlar.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizatsiyalangan kukun flakonda va erituvchi.

oq yoki deyarli oq rangli, yot kiritmalarga ega bo‘lmagan liofilizatsiyalangan kukun; tayyorlangan eritma – ko‘zga ko‘rinadigan zarrachalarsiz tiniq, rangsiz eritma;

interferonlar.

L03A B10.

PegIntron asosan monopegilirlangan turlardan tashkil topgan, alfa-2b interferonning yaxshi o‘rganilgan polietilenglikol-modifikatsiyalangan (pegilirlangan) hosilasi hisoblanadi. PegIntron preparatining qon plazmasidan yarim chiqarilish davri pegirilirlanmagan alfa-2b interferonga nisbatan uzoqroqdir. PegIntron erkin alfa-2b interferongacha depegilirlanish potentsialiga ega. Pegilirlangan izomerlarning biologik faolligi sifat jihatdan o‘xshash, ammo alfa-2b interferonga nisbatan kuchsizroqdir. Teri ostiga yuborilgandan keyin qon zardobidagi maksimal kontsentratsiyaga 15-44 soatdan keyin erishiladi va doza yuborilganidan keyin 48-72 soat davomida saqlanib qoladi. Cmax va AUC ko‘rsatkichlari dozaga bog‘liq ravishda oshadi. O‘rtacha taxminiy taqsimlanish hajmi 0,99 l/kg ni tashkil etadi. Ko‘p marta qo‘llanilganda immunologik reaktiv bo‘lgan interferonlarning to‘planishi kuzatiladi. Biroq buning oqibatida, biotahlilga binoan, faqat biologik faollikning biroz oshishi kuzatiladi. PegIntron preparatining o‘rtacha yarim chiqarilish davri aniqlanuvchi 22,0 ml/soat/kg klirens bilan taxminan 40 soatni (13,3 soat) tashkil qiladi. Odamdagi interferonlarning klirens mexanizmlari to‘liq o‘rganilmagan. Biroq buyrak orqali chiqarilishi PegIntron preparatining aniqlanuvchi klirensining ozgina qismini (taxminan 30% ni) tashkil qilishi mumkin. Buyraklar funktsiyasi Buyrak klirensi PegIntron preparatining umumiy klirensini 30% ni tashkil qiladi. Buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda bir martalik dozani (1,0 mkg/kg) o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotda Cmax, AUC va yarim chiqarilish davri ko‘rsatkichlari buyrak funktsiyasining buzilish darajasiga bog‘liq holda oshgan. PegIntron preparati ko‘p marta (4 hafta davomida, teri ostiga 1,0 mkg/kg dozada haftasiga 1 marta) qo‘llanilganidan keyin PegIntron preparati klirensi buyrak funktsiyasi normal bo‘lgandagi ko‘rsatkichlariga nisbatan, buyrak funktsiyasini o‘rtacha og‘irlik darajasida (kreatinin klirensi minutiga 30–49 ml) bo‘lgan patsiyentlarda o‘rtacha 17% ga, buyrak funktsiyasini og‘ir darajada buzilishi (kreatinin klirensi minutiga 15– 29 ml) bo‘lgan patsiyentlarda 44% ga pasaygan. Bir martalik dozani qo‘llanilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan kelib chiqib, dializ o‘tkazilmayotgan va gemodializ o‘tkazilayotgan buyrak funktsiyasini og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda klirens o‘xshash bo‘lgan. Monoterapiyada buyrak funktsiyasini o‘rtacha va og‘ir darajadagi buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda PegIntron preparatining dozasini kamaytirish kerak. Kreatinin klirensi minutiga <50 ml bo‘lgan patsiyentlarda PegIntron preparatini ribavirin bilan majmuada qo‘llash mumkin emas. Patsiyentlarda kuzatilgan farmakokinetikadagi yaqqol ifodalangan farqlar tufayli, PegIntron preparati bilan davolash vaqtida buyrak funktsiyasini og‘ir darajadagi buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar holatini sinchkov nazorat qilish lozim. Jigar funktsiyasi PegIntron preparatining farmakokinetikasi jigar funktsiyasini og‘ir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda o‘rganilmagan. 65 yosh va undan katta patsiyentlar 1,0 mkg/kg dozada teri ostiga yuborilganidan keyin, yosh PegIntron preparatining farmakokinetikasiga ta’sir ko‘rsatmagan. Ushbu ma’lumolarga ko‘ra, PegIntron preparatining dozasini yoshga qarab to‘g‘rilashning zarurati yo‘q. Bolalar Surunkali S gepatiti bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar davomida PegIntron preparati va ribavirin (peroral qo‘llash uchun kapsulalar va eritma) ning farmakokinetikasi baholangan. PegIntron preparatini haftasiga 60 mkg/m2 dozada (tana yuzasining maydoniga bog‘liq bo‘lgan holdagi doza) qabul qilgan bolalar va o‘smirlarda dozalarni qo‘llash orasidagi davrda log-shakl almashtirilgan ekspozitsiyani baholash koeffitsiyenti, preparatini haftasiga  1,5 mkg/kg dozada qabul qilgan kattalarda kuzatilganiga qaraganda 58% ga (90% DI: 141-177%) yuqoriroq bo‘lgan. Interferonni neytrallovchi omillar Interferonni neytrallovchi omillarni mavjudligini aniqlash bo‘yicha sinamalar klinik tadqiqotlar vaqtida PegIntron qabul qilgan patsiyentlarning qon zardoblari namunalarida o‘tkazilgan. Interferonni neytrallovchi omillar – bu interferonning viruslarga qarshi faolligini neytrallovchi antitelalardir. Klinikada 0,5 mkg/kg dozada PegIntron qabul qilgan patsiyentlarda neytrallovchi omillarning mavjudlik chastotasi 1,1% ni tashkil qiladi. Urug‘ suyuqligiga kirish xususiyati Ribavirinning urug‘ suyuqligiga kira olish xususiyati o‘rganilgan. Urug‘ suyuqligidagi ribavirinning kontsentratsiyasi qon zardobiga nisbatan taxminan 2 marta yuqoriroq. Ayollarda davolanayotgan erkak bilan jinsiy aloqa qilgandan keyin ribavirinning tizimli ekspozitsiyasi, ribavirinning qon plazmasidagi terapevtik kontsentratsiyasiga nisbatan haddan tashqari pastligicha qoladi.

Kattalar PegIntron S gepatiti RNK virusi (RNK-VGS) ga test sinama musbat bo‘lgan surunkali S gepatiti bo‘lgan patsiyentlarga, shu jumladan kompensatsiyalangan jigar tsirrozi va/yoki klinik jihatdan barqaror yo‘ldosh OITV-infektsiyasi bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun qo‘llanadi. Bunda PegIntron preparatini ribavirin bilan majmuada qo‘llash optimal hisoblanadi. Ushbu majmua avval davolanmagan patsiyentlarga, shu jumladan klinik jihatdan barqaror bo‘lgan yo‘ldosh OITS infektsiyali patsiyentlarga, shuningdek alfa interferon (pegilirlangan yoki pegilirlanmagan) bilan ribavirin majmuasini qo‘llagan holdagi avvalgi davolash yoki alfa interferon bilan monoterapiya samarali bo‘lmagan patsiyentlarga tavsiya qilinadi. Interferon, shu jumladan PegIntron bilan monoterapiya, asosan ribavirinni o‘zlashtiraolmaslik hollarida yoki uni qo‘llash mumkin bo‘lmagan hollarda qo‘llanadi. 3 yosh va undan katta yoshdagi bolalar PegIntronni ribavirin bilan majmuada, 3 yosh va undan katta yoshdagi bolalarni, shuningdek jigarni dekompensatsiyalanishi belgilarisiz surunkali S gepatiti va S gepatiti RNK virusiga musbat test sinamasi bo‘lgan ilgari davolanmagan o‘smirlarni davolash uchun qo‘llanadi. Balog‘at yoshiga yetmagan patsiyentlarda davolash to‘g‘risidagi masalani hal etishda, majmuaviy davolash bola o‘sishini sekinlashtirishini, o‘sishni kechikish jarayonining qaytuvchanligi esa, noma’lum ekanligini hisobga olish lozim. Preparatni qo‘llash to‘g‘risidagi qaror har bir holatda shaxsiy ravishda qabul qilinishi kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). PegIntron preparatini ribavirin bilan majmuada qo‘llaganda, ribavirinni (kapsula yoki peroral qo‘llash uchun eritma) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqish lozim.

Davolashni faqat S gepatiti bo‘lgan patsiyentlarni davolash tajribasiga ega bo‘lgan shifokor buyurishi va nazorat qilishi lozim.

PegIntron preparatini ribavirin bilan majmuada qo‘llab o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar vaqtida kattalarda xabar qilingan va ishtirokchilarning yarmidan ko‘prog‘ida, davolash bilan bog‘liq kuzatilgan eng keng tarqalgan nojo‘ya reaktsiyalar quyidagilar bo‘lgan: toliqish, bosh og‘rig‘i va preparatni yuborish joyidagi reaktsiyalar. Patsiyentlarning 25% dan ko‘prog‘ida kuzatilganligi to‘g‘risida xabar qilingan boshqa nojo‘ya reaktsiyalar quyidagilar bo‘lgan: ko‘ngil aynishi, titrok, uyqusizlik, anemiya, isitma, mialgiya, asteniya, og‘riq, alopetsiya, anoreksiya, tana vaznini kamayishi, depressiya, qichishish va ta’sirchanlik. Ko‘pchilik nojo‘ya reaktsiyalar yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasida bo‘lgan, shuningdek dozani o‘zgartirish yoki davolashni to‘xtatish zarurati bo‘lmay nazorat qilish mumkin bo‘lgan. Toliqish, alopetsiya, qichishish, ko‘ngil aynishi, anoreksiya, tana vaznini kamayishi, ta’sirchanlik va uyqusizlik majmuaviy davo olgan patsiyentlarga nisbatan, PegIntron preparatini monoterapiyada davolangan patsiyentlarda ahamiyatli darajada kamroq kuzatilgan. Quyidagi alfa-2b peginterferon, shu jumladan PegIntron preparatini monoterapiyada va PegIntron/ribavirin majmuasini qabul qilgan patsiyentlar bilan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda va postmarketing kuzatuvlar vaqtida xabar qilingan nojo‘ya reaktsiyalar sanab o‘tilgan. Nojo‘ya reaktsiyalar a’zolar tizimlari sinfi va tez-tezligi bo‘yicha ko‘rsatilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1 000 dan <1/100 gacha), kam (≥1/10 000 dan <1/1 000 gacha), juda kam (<1/10 000) va noma’lum (mavjud ma’lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas). Har bir guruhda nojo‘ya reaktsiyalar, jiddiyligini kamayib borishi tartibida ko‘rsatilgan. Alfa-2b peginterferon, shu jumladan PegIntron preparatini monoterapiyada va PegIntron/ribavirin majmuasini qabul qilgan patsiyentlar ishtirokida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda va postmarketing kuzatuvlarida xabar qilingan nojo‘ya reaktsiyalar. Infektsiyalar va invaziyalar: juda tez-tez – virusli infektsiya*, faringit*; tez-tez – bakterial infektsiya (shu jumladan, sepsis), zamburug‘li infektsiya, gripp, yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari, bronxit, oddiy gerpes, sinusit, o‘rta otit, rinit; tez-tez emas – inyektsiya joyidagi infektsiya, quyi nafas yo‘llarining infektsiyasi; noma’lum –  S gepatiti virusi va V gepatiti virusi koinfektsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda V gepatiti virusini reaktivatsiyasi. Qon tizimi va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – anemiya, neytropeniya; tez-tez – gemolitik anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya, limfadenopatiya; juda kam hollarda – aplastik anemiya; tez-tezligi noma’lum – haqiqiy eritrotsitar aplaziya. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – dori vositalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; kam hollarda – sarkoidoz; noma’lum – tezkor turdagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan angionevrotik shish, anafilaksiya, shuningdek anafilaktik reaktsiyalar, shu jumladan anafilaktik shok, idiopatik trombotsitopenik purpura, trombotik trombotsitopenik purpura, tizimli qizil yugurik. Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – gipotireoz, gipertireoz. Metabolizm va ovqatlanishni buzilishlari: juda tez-tez – anoreksiya; tez-tez – gipokaltsiyemiya, giperurikemiya, degidratatsiya, ishtahani kuchayishi; tez-tez emas – qandli diabet, gipertriglitseridemiya; kam hollarda – diabetik ketoatsidoz. Ruhiyat tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – depressiya, xavotirlik*, emotsional labillik*, diqqatni jamlashni yomonlashishi, uyqusizlik; tez-tez – tajovuzkorlik, ajitatsiya, jahldorlik, kayfiyatning o‘zgarishi, patologik hatti-harakat, asabiylik, uyquni buzilishi, libidoni sustlashishi, apatiya, patologik uyqu, yig‘loqilik; tez-tez emas – suiqasd, suiqasd qilishga urinish, suiqasd qilish to‘g‘risida fikrlash, psixoz, gallyutsinatsiyalar, sarosima; kam – bipolyar buzilishlar; noma’lum – gomitsidal g‘oyalar, maniya. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; tez-tez – amneziya, xotirani yomonlashishi, sinkope, migren, ataksiya, ongni chalkashishi, nevralgiya, paresteziya, gipesteziya, giperesteziya, gipertoniya, uyquchanlik, diqqatni jamlashni buzilishi, tremor, disgevziya; tez-tez emas – neyropatiya, periferik neyropatiya; kam hollarda – konvulsiyalar; juda kam hollarda – tserebrovaskulyar qon ketishi, tserebrovaskulyar ishemiya, entsefalopatiya; noma’lum – yuz nervi falaji, mononevropatiya. Ko‘rish a’zolari tomonidan buzilishlar: tez-tez – ko‘rishni buzilishi, ko‘rishni noaniqligi, fotofobiya, kon’yunktivit, ko‘zlarni qichishishi, ko‘z yoshi ajralishini buzilishi, ko‘zda og‘riq, ko‘zlarni quruqlashishi; tez-tez emas – retinal ekssudat; kam hollarda – ko‘rish o‘tkirligini pasayishi yoki ko‘rish maydonini qisqarishi, ko‘zning to‘r pardasiga qon quyilishi, retinopatiya, ko‘zning to‘r pardasi arteriyasini okklyuziyasi, ko‘zning to‘r pardasi venalarini okklyuziyasi, ko‘ruv nervini yallig‘lanishi, ko‘ruv nervi diskini shishi, makulyar shish, ko‘zning to‘r pardasini seroz ko‘chishi. Eshitish a’zolari va labirint tomonidan buzilishlar: tez-tez – eshitishni yomonlashishi/yo‘qolishi, quloqlarda jaranglash, vertigo; tez-tez emas – quloqda og‘riq. Yurak tomonidan buzilishlar: tez-tez– palpitatsiya, taxikardiya; tez-tez emas – miokard infarkti; kam hollarda – dimlangan yurak yetishmovchiligi, kardiomiopatiya, aritmiya, perikardit; juda kam hollarda – yurak ishemik kasalligi; noma’lum – perikardda suyuqlikni to‘planishi. Qon-tomir tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – arterial gipotenziya, arterial gipertenziya, qon quyilishlari; kam – vaskulit. Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – dispnoe*, yo‘tal*; tez-tez – disfoniya, burundan qon ketishi, respirator buzilishlar, nafas yo‘llarida dimlanish holatlari, burun bo‘shliqlarida dimlanish hollari, burunni bitishi, rinoreya, yuqori nafas yo‘llarida sekret miqdorini oshishi, faringolaringeal og‘riq; juda kam hollarda – o‘pkaning interstitsial kasalligi; noma’lum – o‘pka fibrozi. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – qusish*, ko‘ngil aynishi, abdominal og‘riq, diareya, og‘izni qurishi*; tez-tez – dispepsiya, gastroezofageal refleks kasalligi, stomatit, og‘iz bo‘shlig‘ida yaralar, glossodiniya, milklardan qon ketishi, qabziyat, meteorizm, gemorroy, xeylit, qorinni dam bo‘lishi, gingivit, glossit, tish kasalliklari; tez-tez emas – pankreatit, og‘izda og‘riq; kam hollarda – ishemik kolit; juda kam hollarda – yarali kolit. Gepatobiliar tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez – giperbilirubinemiya, gepatomegaliya. Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – alopetsiya, qichishish*, terini quruqligi*, toshma*; tez-tez – psoriaz, fotosezuvchanlik reaktsiyalari, makulo-papulyoz toshma, dermatit, eritematoz toshma, ekzema, tungi terlash, gipergidroz, akne, furunkul, eritema, eshakemi, soch strukturasini patologiyasi, tirnoqlarni shikastlanishi; kam hollarda – teri sarkoidozi; juda kam hollarda – Stivens–Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritema. Mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – mialgiya, artralgiya, mushak-skelet og‘rig‘i; tez-tez – artrit, bel og‘rig‘i, mushak spazmlari, qo‘l-oyoqda og‘riq; tez-tez emas – suyaklardagi og‘riq, mushak kuchsizligi; kam hollarda – rabdomioliz, miozit, revmatoid artrit. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez – tez-tez siydish, poliuriya, siydikni o‘zgarishi; kam hollarda – buyrak yetishmovchiligi, buyrak funktsiyasini buzilishi. Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan buzilishlar: tez-tez – amenoreya, sut bezidagi og‘riq, menorragiya, hayz tsiklini buzilishi, ovarial buzilishlar, vaginal buzilishlar, jinsiy disfunktsiya, prostatit, erektil disfunktsiya. Umumiy holatni va preparatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlar: juda tez-tez – inyektsiya joyidagi reaktsiya*, inyektsiya joyida yallig‘lanish, toliqish, asteniya, ta’sirchanlik, et uvishishi, pireksiya, grippsimon kasallik, og‘riq; tez-tez – ko‘krak qafasida og‘riq, ko‘krak qafasida diskomfort, inyektsiya joyida og‘riq, lohaslik, yuzni shishi, periferik shish, patologik hislar, chanqoq; kam hollarda – inyektsiya joyida nekroz. Boshqa ko‘rsatkichlar: juda tez-tez – tana vaznini kamayishi. *Ushbu reaktsiyalar PegIntron preparatini monoterapiya sifatida qabul qilgan patsiyentlarda klinik tadqiqotlarda tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha) yuz bergan. Ko‘pchilik hollarda neytropeniya va trombotsitopeniya yengil og‘irlik darajasida (JSST tasnifi bo‘yicha 1 yoki 2-daraja) bo‘lgan. PegIntron preparatini tavsiya qilingan dozalarda ribavirin bilan majmuada qabul qilgan patsiyentlarda neytropeniyaning bir nechta og‘ir holatlari (JSST bo‘yicha 3-daraja: 186 tadan 39 tasi [21%]; va JSST bo‘yicha 4-darajasi: 186 tadan 13 tasi [7%]) bo‘lgan. Klinik tadqiqotlarda ribavirin bilan majmuada PegIntron yoki alfa-2b  interferon qabul qilgan patsiyentlarning taxminan 1,2% da davolash davomida hayotga xavf soluvchi tahdid soluvchi ruhiy reaktsiyalarni yuz berganligi to‘g‘risida xabar qilingan. Ushbu reaktsiyalar o‘z joniga qasd qilish fikrlari va o‘z joniga qasd qilishga urinishlarni o‘z ichiga olgan. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan nojo‘ya reaktsiyalar, shu jumladan aritmiya asosan mavjud yurak-tomir kasalliklari va kardiotoksik preparatlar davolash bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan. Ilgari yurak kasalliklarining belgilari bo‘lmagan patsiyentlarda interferon alfa bekor qilinganidan keyin, qaytuvchan bo‘lishi mumkin bo‘lgan kardiomiopatiya haqida kam xabar berilgan. Alfa interferonlarini ko‘llanganda kam xabar qilingan ko‘ruv a’zolari tomonidan buzilishlar retinopatiya (shu jumladan, makulyar shish), ko‘zning to‘r pardasiga qon quyilishi, ko‘zning to‘r pardasi arteriyalari yoki venalarini okklyuziyasi, retinal ekssudat, ko‘rish o‘tkirligini pasayishi yoki ko‘rish maydonini torayishi, ko‘ruv nervini yallig‘lanishi va ko‘ruv nervi diskini shishini o‘z ichiga olgan. Alfa interferonni qo‘llaganda turli autoimmun va immunitetga bog‘liq buzilishlar, shu jumladan qalqonsimon bezi tomonidan buzilishlar, tizimli qizil yugurik, revmatoid artrit (paydo bo‘lishi yoki yomonlashishi), idiopatik va trombotik trombotsitopenik purpura, vaskulit, neyropatiya, shu jumladan, mononevropatiya va Vogta–Koyanagi–Garada sindromini rivojlanishi haqida xabar berilgan.

Ta’sir etuvchi moddaga, biron-bir interferonga yoki yordamchi moddalardan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik.Anamnezda – yurakni og‘ir darajali kasalligi, shu jumladan, so‘nggi 6 oy ichida yurakning nostabil va nazorat qilib bo‘lmaydigan kasalligi.Nogironlikka olib keluvchi og‘ir kasalliklar.Autoimmunli gepatit yoki anamnezda autoimmun kasallik.Jigar funktsiyasini og‘ir buzilishi yoki dekompensatsiyalangan jigar tsirrozi.Qalqonsimon bezining avvalgi kasalliklari, standart davolashni o‘tkazish bilan nazorat qilish mumkin bo‘lgan kasalliklar bundan mustasno.Tutqanoq va/yoki markaziy nerv tizimi funktsiyasini buzilishi.S gepatiti va OITS bilan infektsiyalangan, jigar tsirrozi bilan kasallangan va Chayld–Pyu shkalasi bo‘yicha ≥6 ko‘rsatkichga ega bo‘lgan patsiyentlar.PegIntron preparati va telbivudinni majmuada qo‘llash mumkin emas.

Telbivudin Telbivudinning (sutkada 600 mg) polietilenglikol molekulasi qo‘shilgan alfa-2a interferon (bir haftada 1 marta teri ostiga 180 mkg) majmuasi o‘rganilgan klinik tadqiqot bunday majmuaning periferik neyropatiya rivojlanishini yuqori xavfi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. Bunday reaktsiyalarning mexanizmi noma’lum (telbivudinni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga qarang). Bundan tashqari, interferon bilan majmuadagi telbivudinni surunkali V gepatitini davolashdagi xavfsizligi va samaraliligi namoyish qilinmagan. Shu sababli, PegIntron va telbivudin preparatlarini majmuada qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Metadon Metadon bilan turg‘un tutib turuvchi davolangan va alfa-2b peginterferon qabul qilmagan surunkali S gepatiti bo‘lgan patsiyentlarda qo‘shimcha ravishda PegIntron preparati buyurilganda (4 hafta davomida haftasiga 1,5 mkg/kg  teri ostiga) AUC R-metadon ko‘rsatkichining taxminan 15% ga oshishi (AUC uchun 95% DI 103–128% ni tashkil qildi) kuzatilgan. Ushbu ko‘rsatkichlarning klinik ahamiyati noma’lum; biroq patsiyentlarning holatini sedativ ta’sir hamda nafas olishning pasayishi belgilari va simptomlari yuzasidan nazorat qilish lozim. Xususan, metadonni yuqori dozalarda qabul qiluvchi patsiyentlarda QTc oralig‘ini uzayishi xavfini hisobga olish kerak.

MNT tomonidan og‘ir reaktsiyalar, xususan depressiya, o‘z joniga qasd qilish to‘g‘risida fikrlash yoki o‘z joniga qasd qilishga urinish PegIntron preparati bilan davolash vaqtida, shuningdek davolashdan keyingi 6 oy davomida ayrim patsiyentlarda kuzatilgan. MNT tomonidan boshqa reaktsiyalar, shu jumladan, tajavuzkor hatti-harakat (ayrim hollarda gomitsidal g‘oyalar sifatida boshqalarga qarshi yo‘naltirilgan harakatlar), bipolyar buzilishlar, maniya, ongni chalkashishi va mental holatning o‘zgarishi alfa interferonlar qo‘llanganda kuzatilgan. Patsiyentlar holati, ruhiy buzilishlarning belgilari va simptomlari yuzasidan sinchkov nazorat qilinishi lozim. Bunday simptomlar paydo bo‘lganda, shifokor ushbu nojo‘ya reaktsiyalarning jiddiyligini yodda tutishi va tegishli davolashni o‘tkazish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishi kerak. Agar ruhiyat tomonidan simptomlar saqlansa yoki yomonlashsa yoki o‘z joniga qasd qilish to‘g‘risida fikrlash kuzatilsa yoki o‘lim haqidagi fikr kuzatilsa, PegIntron preparatini qo‘llashni to‘xtatish va patsiyent holatini kuzatib borish, zarurat tug‘ilganda bo‘lgan hollarda esa, tegishli psixiatrik davolashni o‘tkazish kerak. Hozirgi vaqtda yoki anamnezda og‘ir ruhiy holatlari bo‘lgan patsiyentlar Agar og‘ir ruhiy holatda (hozirgi vaqtda yoki anamnezda) bo‘lgan patsiyentni alfa-2b interferon bilan davolash lozim bo‘lsa, uni faqat ruhiy holatning tegishli individual diagnostik va terapevtik nazoratidan so‘nggina boshlash lozim. Og‘ir ruhiy holatda (hozirgi vaqtda yoki anamnezda) bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda PegIntron preparatini qo‘llash mumkin emas. Alfa-2b interferon va ribavirin majmuasi bilan davolangan bolalarda, davolash vaqtida va 6 oylik kuzatish davrida o‘z joniga qasd qilish to‘g‘risida fikrlash yoki o‘z joniga qasd qilish hollari to‘g‘risida katta yoshdagi patsiyentlarga nisbatan (2,4% va 1%) ko‘proq xabar qilingan. Bolalar va o‘smirlarda (katta yoshdagi patsiyentlardagi kabi) ruhiyat tomonidan boshqa nojo‘ya reaktsiyalar ham (depressiya, emotsional labillik, uyquchanlik) yuz bergan. Psixofaol moddalarni iste’mol qiluvchi/suiste’mol qiluvchi patsiyentlar Bir vaqtda psixofaol moddalarni (spirtli ichimliklar, marixuana va boshq.) iste’mol qiluvchi S virusli gepatiti bo‘lgan patsiyentlarda alfa interferon bilan davolanishda ruhiyat tomonidan buzilishlarni yuz berishi yoki ruhiyatning mavjud buzilishlarini kuchayishi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Agar shunday patsiyentlarni alfa interferon bilan davolash lozim bo‘lsa, yo‘ldosh ruhiy kasalliklarni mavjudligi va boshqa moddalarni qo‘llash mumkinligini sinchkov baholash va davolashni boshlashdan avval tegishli choralarni ko‘rish lozim. Agar zarurat bo‘lsa, holatni, davolash va keyingi kuzatuvni baholash uchun ko‘p yo‘nalishli yondashuv, shu jumladan ruhshunos yoki narkolog ishtiroki to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish kerak. Davolashni o‘tkazish vaqtida, hamda davolash bekor qilingandan keyin patsiyent holatini sinchkov nazorat qilish lozim. Ruhiyat buzilishlarini takror yuz berishi yoki rivojlanishi va psixofaol moddalarni qo‘llanishi yuzasidan erta aralashuv tavsiya qilinadi.

Tug‘ish yoshidagi ayollar/erkaklar va ayollardagi kontratseptsiya PegIntrondan fertil yoshdagi ayollar tomonidan faqat davolash davomida kontratseptsiyaning samarali usullaridan foydalanilgan sharoitlarda qo‘llash tavsiya qilinadi. Ribavirin bilan majmuaviy davolash Homiladorlikni oldini olish uchun patsiyent ayollar va sheriklari ribavirin bilan majmuada PegIntron qabul qilayotgan ayollar juda ishonchli kontratseptsiya usullarini qo‘llashlari lozim. Tug‘ish yoshidagi ayollar butun davolash davri davomida va davolash tugagandan keyingi 4 oy davomida samarali kontratseptsiya usullaridan foydalanishlari lozim. Erkak patsiyentlar va ularning sheriklari butun davolash davri davomida va davolash tugagandan keyingi 7 oy davomida samarali kontratseptsiya usullaridan foydalanishlari lozim (Ribavirinni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga qarang). Homiladorlik Alfa-2b interferonni homilador ayollarda qo‘llanilishi to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar mavjud emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksikligini ko‘rsatdi. Alfa-2b interferon  primatlarda abortga olib kelgan. Ehtimol, PegIntron preparati ham xuddi shunday ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Odamlarda potentsial xavfi ma’lum emas. PegIntrondan homiladorlik davrida faqat davolashdan potentsial foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Ribavirin bilan majmuaviy davolash Ribavirindan homiladorlik davrida foydalanish jiddiy tug‘ma patalogiyalarni paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu sababli, ribavirinni homilador ayollarda qo‘llash mumkin emas. Emizish Preparatning komponentlari odam ko‘krak sutiga kirishi yoki kirmasligi ma’lum emas. Emizikli bolalarda nojo‘ya reaktsiyalarning yuzaga kelish ehtimoli mavjud bo‘lganligi uchun davolash boshlangunicha emizishni to‘xtatish lozim.

2–8°C haroratda saqlansin. Tayyorlangan eritmali shprits-ruchkadan darhol foydalanish mumkin bo‘lmagan hollarda uni 2–8°S haroratda 24 soatgacha saqlash mumkin. Mikrobiologik nuqtai nazardan, preparatni darhol ishlatib yuborish kerak. Agar preparatni darhol ishlatilmasa, preparatdan foydalanuvchi preparatni foydalanishgacha saqlash vaqti va sharoitlari uchun javobgar hisoblanadi (odatda 2–8°C haroratda, 24 soatgacha).

Belgilangan dozadan 10,5 marta ortiq bo‘lgan dozalarni qo‘llash haqida xabar qilingan. 1 kun davomida 1200 mkg bo‘lgan maksimal sutkalik dozani qo‘llanilishi haqida xabar qilingan. Umuman olganda, PegIntron preparatining dozasini oshirib yuborilganda kuzatilgan nojo‘ya reaktsiyalar PegIntron preparatining ma’lum xavfsizlik profili bilan bir xil; biroq reaktsiyalarning og‘irligi yuqoriroq bo‘lishi mumkin. Dori preparatlarini chiqarilishini kuchaytirish uchun standart usullar, masalan, dializ samaradorlikni namoyish qilmagan. PegIntron preparatining maxsus antidoti mavjud emas. Shuning uchun doza oshirib yuborilgan hollarda simptomatik davolash va patsiyent holatini sinchkov kuzatib borish tavsiya qilinadi. Agar iloji bo‘lsa, shifokorlarga toksikologiya markazi bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi.

Retsept bo‘yicha

Kukun shisha flakonlarda (tayyor eritmada 50 mkg/0,5 ml, 80 mkg/0,5 ml, 100 mkg/0,5 ml, 120 mkg/0,5 ml yoki 150 mkg/0,5 ml faol modda) va erituvchi (inyektsiya uchun suv 0,7 ml) shisha ampulalarda. O‘ramda 1 flakon va 1 erituvchili ampula kontur uyali o‘ramda.

3 yil.