Pulmolanretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Preparatning bir tabletkasi quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: 30 mg ambroksol gidroxloridi. Yordamchi moddalar: kaltsiy gidrofosfati, mikrokristall tsellyuloza, jelatinlangan kraxmal, LS-gidroksipropiltsellyuloza, magniy stearati. 5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: 30 mg ambroksol gidroxloridi. Yordamchi moddalar: 70% li sorbitol eritmasi, glitserin, propilenglikol, gidroksietiltsellyuloza 4000, benzoy kislota, suvsiz limon kislotasi, malina ekstrakti, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ambroksol.

Preparatning savdo nomi:

Pulmolan

Farmakalogik guruhi:

mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi preparat.

Dori shakli:

tabletkalar, sirop.

Tabletkalar: dumaloq, oq, rangli, ikki tomoni qavariq yuzali tabletkalar. Sirop: toza, tiniq, o‘ziga xos hidli va shirin ta’mli, biroz tovlanuvchi suyuqlik o‘lchov qoshiqchali va plastmassa qopqoqchali to‘q shisha flakonlarda.

mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi preparat.

R05CB06.

Qovushqoq balg‘amni ajralishi bilan kechuvchi nafas yo‘llarining quyidagi o‘tkir va surunkali kasalliklarida qo‘llanadi: o‘tkir va surunkali bronxit;pnevmoniya;o‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalligi;balg‘amning ajralishi qiyin kechuvchi bronxial astma;bronxoektatik kasallik.

Pulmolanning tabletka shaklidagi dozasi: kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat birinchi 2-3 kun 1 tabletkadan sutkada 3 marta, keyinchalik esa – 1 tabletkadan sutkada 2 marta yoki ½ tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi. Zarurati bo‘lganida terapevtik samarani kuchaytirish uchun 60 mg (2 tabletka) dan sutkada 2 marta buyurish mumkin. 5-12 yoshli bolalarga preparat ½ tabletkadan sutkada 2-3 marta buyuriladi. 2-5 yoshli bolalarga preparat ¼ tabletkadan sutkada 3 marta buyuriladi. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – ¼ tabletkadan sutkada 2 marta buyuriladi. Tabletkalarni ovqatdan keyin ichga qabul qilish va ko‘p miqdorda suyuqlik ichish kerak. Pulmolanning sirop shaklidagi dozasi: kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 5 ml (1 choy qoshiq) dan sutkada 3 marta buyuriladi. 5-12 yoshli bolalarga 2,5 ml (1/2 choy qoshiq) dan sutkada 2-3 marta buyuriladi. 2-5 yoshli bolalarga 1,25 ml (1/4 choy qoshiq) dan sutkada 3 marta buyuriladi. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1,25 ml (1/4 choy qoshiq) dan sutkada 2 marta buyuriladi. Preparatni shifokorning maslahatisiz 4-5 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida – jig‘ildon qaynashi, gastralgiya, ko‘ngil aynishi, qusish. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish; alohida hollarda – allergik kontakt dermatit; yakka hollarda – anafilaktik tipidagi reaktsiyalar (shu jumladan anafilaktik shok).

homiladorlikning I uch oyligi;ambroksolga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikning II va III uch oyligida, laktatsiya davrida, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Yo‘talga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash, yo‘talni kamayishi fonida balg‘amning ajralishini qiyinlashishiga olib keladi. Ambroksol amoksitsillin, tsefuroksim, eritromitsin va doksitsillinlarning bronxial sekretga o‘tishini oshiradi. Ambroksol tug‘ruq faoliyatini tormozlovchi preparatlar bilan mutanosibdir.

Balg‘amning ajralishini qiyinlashtiruvchi yo‘talga qarshi vositalar bilan birga qo‘llash mumkin emas. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Tabletkalar: 10-25°S haroratda saqlansin.

Dozani oshirib yuborilishining belgilari ta’riflanmagan. Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, gastralgiya kuzatilishi mumkin. Davolash: qusishni chaqirish kerak, qabul qilinganidan keyingi birinchi 1-2 soatda me’dani yuvish ko‘rsatilgan, yog‘ saqlovchi mahsulotlarni qabul qilish; simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Shifokor retseptisiz! Ulashish: 4 243 Views

Tabletkalar 30 mg dan; o‘ramda 20 tabletka. Sirop 30 mg/5 ml; 150 ml sirop plastmassa qalpoqchali to‘q shisha flakonlarda va o‘lchov qoshiqchasi bilan birga.

Tabletkalar: 5 yil. Sirop: 2 yil.