Psilo Balzam rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 g gel saqlaydi: faol modda: difengidramin gidroxloridi – 10,0 mg; yordamchi moddalar:tsetilpiridiniy xloridi – 1,0 mg, makrogol glitserilkaprilokaprati – 150,0 mg, poliakril kislotasi – 12,0 mg, trometamol – 22,2 mg, suv – 1 g gacha.

Preparatning savdo nomi:

Psilo-Balzam®

Farmakalogik guruhi:

Allergiyaga qarshi vosita – N-gistamin retseptorlarining blokatori

Dori shakli:

sirtga qo‘llash uchun gel

rangsiz, tiniq bir xil gel.

Allergiyaga qarshi vosita – N-gistamin retseptorlarining blokatori

D04AA32.

Mahalliy qo‘llanganida so‘rilishi ahamiyatsiz, teri qoplamlarining butunligini buzilishi preparatning so‘rilishini oshiradi.

Quyosh nuridan kuyish va I darajali kuyishlar; hashoratlarning chaqishi; eshakemi; kelib chiqishi turlicha bo‘lgan terining qichishishi (xolestazdagi qichishishdan tashqari); qichima dermatozlar, ekzema, suvchechak, terining allergik ta’sirlanishi, o‘simliklarga tegish oqibatidagi kontakt dermatitlar.

Sirtga. Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarga Psilo-Balzam® terining shikastlangan sohalariga (3-5 sm uzunlikdagi gel tasmasi kaft o‘lchamidagi shikastlangan maydonga) kuniga 3-4 marta qo‘yiladi va yengil uqalovchi harakatlari bilan taqsimlanadi.

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik; difengidramin saqlovchi har qanday preparatlarni bir vaqtda qo‘llash; terining katta yuzalariga qo‘llash; 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Ehtiyotkorlik bilan Qo‘yish joyda teri qoplamalarining shikastlanishlari, shilliq qavatlarga qo‘yish.

Psilo-Balzam® qo‘yilgandan so‘ng darhol (1-2 soat davomida) fotodermatozlar rivojlanishi xavfidan saqlanish uchun quyoshda uzoq vaqt bo‘lishdan saqlanish kerak. Psilo-Balzam® bilan davolash vaqtida alkogol iste’mol qilishdan saqlanish kerak.

Homiladorlikda va laktatsiyada preparatni qo‘llash, ona uchun potentsial foyda va bola uchun kutilgan xavfni baholashni talab qiladi.

250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Simptomlari: qizarish, preparat qo‘yilgan teri soxani o‘rtacha shishi. Davolash: preparat qo‘yilgan teri sohani suv bilan yuvish.

Retseptsiz

Sirtga qo‘llash uchun gel 1%. 20 g yoki 50 g dan alyumin tubalarda. Har bir tuba preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.