Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
azitromitsin
Preparatning savdo nomi:
Prozitrom
Farmakalogik guruhi:
antibiotik (makrolidlar guruhi)
Dori shakli:
ichga qabul qilish uchun suspenziya
to‘q sariq rangli, qovushqoq suspenziya
antibiotik (makrolidlar guruhi)
J01FA10.
Ichga qabul qilinganida azitromitsin MIY dan tez so‘riladi va a’zolar va to‘qimalarga yaxshi kiradi.
Natijada to‘qima xujayralarida azitromitsinning kontsentratsiyasi plazmadagiga qaraganda ahamiyatli darajada yuqori bo‘ladi.
Preparat 500 mg dozada bir marta qabul qilinganidan keyin o‘pkalar, bodomsimon bezlar, prostata bezi kabi nishon a’zolarida azitromitsinning kontsentratsiyasi ehtimoli mumkin bo‘lgan mikroorganizmlar uchun MIC90 (minimal susaytiruvchi kontsentratsiya) qiymatidan oshib ketadi.
Plazmadagi cho‘qqi darajasiga taxminan 2-3 soatdan keyin erishiladi.
Preparatning biokiraolishligi 37% ni tashkil qiladi.
Azitromitsin safro bilan, asosan o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi va bu asosiy chiqarilish yo‘li deb hisoblanadi; dozaning taxminan 6% siydik bilan chiqariladi.
Yarim chiqarilish davri – 2 kundan 4 kungacha.
Azitromitsin preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infektsiyalarni: yuqori nafas yo‘llarining va LOR-a’zolarining infektsiyalarini (angina, sinusit, tonzillit, faringit, o‘rta otit);quyi nafas yo‘llarining infektsiyalarini (bakterial va atipik pnevmoniya, bronxit);teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalarini (saramas, impetigo, ikkilamchi infektsiyalangan dermatozlar);urogenital yo‘llarning infektsiyalarini (asoratlanmagan uretrit va/yoki tservitsit); shu jumladan Chlamydia trachomatis va Ureaplasma urelyticum chaqirgan jinsiy yo‘llarning asoratlanmagan infektsiyalarini davolash uchun qo‘llanadi.
Azitromitsinni sutkada 1 marta qo‘llash kerak.
Doza bolalar uchun tana vazni va yoshiga qarab hisoblanadi:
Azitromitsin, asosan yaxshi o‘zlashtiriladi.
Azitromitsin qabul qilinganida nojo‘ya reaktsiyalar kam uchraydi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, ko‘ngil aynishi, abdominal og‘riqlar, dispepsiya, meteroizm, qusish.
Boshqa makrolidlar va penitsillinlarni qo‘llashdagi kabi, jigar transaminaza fermentlari faolligi orqaga qaytuvchi o‘rtacha oshishi mumkin Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak urishi, aritmiya, shu jumladan qorinchalar taxikardiyasi.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, tirishishlar.
Siydik-tanosil tizimi tomonidan: qin kandidozi, nefrit.
Allergik reaktsiyalar: toshma, fotosensibilizatsiya, Kvinke shishi.
Boshqalar: yuqori charchoqlik, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining kandidomikozi.
HAR QANDAY NOJO‘Ya SAMARA RIVOJLANGANIDA DAVOLOVCHI SHIFOKORGA XABAR BЕRISH KЕRAK!
Azitromitsinni makrolid antibiotiklar yoki tarkibiga kiruvchi har qanday yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin emas.
Gepatobiliar tizimi azitromitsinni chiqarilishi uchun asosiy bo‘lganligi tufayli, jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolashda uni qo‘llamaslik maqsadga muvofiqdir.
Ehtiyotkorlik bilan – buyrak faoliyatini yaqqol buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda, homiladorlikda (qo‘llashdan kutilgan foyda xavfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin).
Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish lozim.
6 oylikkacha bo‘lgan bolalarga azitromitsinni qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki bu yoshda azitromitsinning ishonchliligi va samaradorligi yetarli darajada o‘rganilmagan.
Preparatni anamnezida QT intervalini tug‘ma uzayish sindromi va qorinchalar lipillashiga taxmin qilingan yoki tasdiqlangan patsintlarga buyurilishi mumkin emas.
Dozani qabul qilish o‘tkazib yuborilgan holda o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha ertaroq, keyingi dozani 24 soatli interval bilan qabul qilish lozim.
Davolash bekor qilinganidan so‘ng o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari ba’zi patsiyentlarda saqlanib qolishi mumkin, bu shifokorning kuzatuvi ostida maxsus davolash o‘tkazishni talab etadi.
Azitromitsin QT intervalini uzayishini va yurak qorinchalari xilpillashini chaqirishi mumkin, shuning uchun preparat yuqorida ko‘rsatilgan holatlarni rivojlanishi mumkin bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgandan so‘ng qo‘llanmasin!
Quruq va qorong‘i joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Simptomlari: kuchli ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, eshitishni vaqtinchalik yo‘qolishi.
Davolash: me’dani yuvish, simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Retsept bo‘yicha
200 mg/5 ml azitromitsin saqlovchi suspenziya (15 ml) qopqoqli flakonda, o‘lchov stakanchasi va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga komplektda karton qutida.