Provironretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi Faol modda: mesterolon 25 mg Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, polividon 25000, magniy stearati, metilparagidroksibenzoat Ye218, propilparagidroksibenzoat Ye216.

Preparatning savdo nomi:

Proviron

Farmakalogik guruhi:

Jinsiy gormonlar va jinsiy tizim modulyatorlari. Androgenlar

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun tabletkalar

dumaloq, oq rangli, bir tomonida riskasi, ikkinchi tomonida olti burchak gravirovka qilinib, uning ichida “AX” harflari bo‘lgan tabletkalar.

Jinsiy gormonlar va jinsiy tizim modulyatorlari. Androgenlar

G03BB01.

Peroral qilinganidan keyin mesterolon 25 dan 100 mg gacha bo‘lgan dozalarda tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Preparatning qon zardobidagi maksimal darajalari 1,6+0,6 soatdan keyin 3,1+1,1 ng/ml ni tashkil qiladi. So‘ngra preparatning darajasi pasayib, yarim chiqarilish davri 12-13 soatni tashkil qiladi. Mesterolonning 98% zardob oqsillari bilan bog‘lanadi. Albumin bilan bog‘lanishi 40% ni va JSBG (jinsiy steroidlarni bog‘lovchi globulin) bilan bog‘lanishi esa – 58% ni tashkil qiladi. Mesterolon tez metabolizmga uchraydi. Zardobda metabolik klirensining tezligi 4,4 + 1,6 ml min-1 kg-1 ni tashkil qiladi. Preparat buyrak orqali o‘zgarmagan holda chiqarilmaydi. Asosiy metaboliti 1α-metil-androsteron bo‘lib, uning kon’yugatsiyalangan shakli, buyrak orqali chiqariladigan  metabolitlarning 55-70% ni tashkil qiladi. Asosiy metabolitning glyukuronidini uning sulfatiga bo‘lgan nisbati taxminan 12:1 ni tashkil qiladi. Shuningdek boshqa metabolit – 1α-metil-5α-androstan-3α,17β-diol aniqlangan bo‘lib, u buyrak orqali chiqariladigan  metabolitlarning taxminan 3% ni tashkil qiladi. Estrogenlar yoki kortikosteroidlarga metabolik konversiyalar yuz bermaydi. Mesterolonning dozasini taxminan 80% metabolitlar ko‘rinishida siydik bilan va taxminan 13% ahlat bilan chiqariladi. 7 kun davomida dozaning 93% chiqariladi, uning yarmi 24 soat ichida buyrak orqali chiqariladi. Mutloq biokiraolishligi taxminan 3% ni tashkil qiladi. Proviron® preparatini har kuni qabul qilish preparatning zardobdagi darajalarini 30% ga oshishiga olib keladi.

o‘rta va keksa yoshda funktsional faollikni pasayishi. Proviron® androgenlarni yetishmovchiligi bilan bog‘liq quyidagi shikoyatlarni, masalan, ish qobiliyatini susayishi, tez toliqish, xotirani va diqqatni jamlash qobiliyatini pasayishi, libido va potentsiyani buzilishi, jizzakilik, uyquni buzilishi, depressiv holatlar va psixovegetativ buzilishlarni bartaraf etadi yoki yengillashtiradi. potentsiyani buzilishi. Proviron®  androgenlarni yetishmovchiligi bilan bog‘liq potentsiyani buzilishini bartaraf etadi. Agar bu jarayonda yagona yoki qo‘shimcha rolni boshqa sabablar o‘ynasa, unda Proviron® kompleks davolashga qo‘shimcha vosita sifatida buyurilishi mumkin. jinsiy bezlar faoliyatini pasayishi (gipogenitalizm). Proviron® androgenlarga bog‘liq a’zolarni o‘sishi, rivojlanishi va faoliyatiga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Jinsiy yetilish davri xali tugallanmasidan oldin androgenlarni yetishmovchiligi hollarida Proviron® erkakda ikkilamchi jinsiy belgilarni rivojlanishiga yordam beradi. Proviron®  yordamida shuningdek jinsiy yetilish yoshiga yetgandan so‘ng jinsiy bez faoliyatini susayishini xam bartaraf qiladi. erkaklar bepushtligi. Oligozoospermiya va interstitsial Leydig xujayralarining yetishmovchiligi bepushtlikning sababi bo‘lishi mumkin. Proviron®  yordamida spermatozoidlarning soni va sifatini oshirishi yoki normallashtirishi, shuningdek tsitoplazmada urug‘lanish imkoniyatini oshiruvchi fruktozaning kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.

Agar ayrim hollarda tez-tez yoki davomli erektsiyalar o‘rin tutsa, unda uzoq muddatli erektsiya natijasidagi asoratlarni yuz berishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida dozani pasaytirish yoki davolashni to‘xtatish kerak.

Androgenlarni sog‘lom shaxslar mushaklarni mustahkamlash yoki organizmning umumiy jismoniy funktsional qobiliyatini oshirish uchun qabul qilishlari mumkin emas. Proviron®  faqat erkak patsiyentlarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Profilaktika sifatida vaqti-vaqti bilan prostata bezini tekshiruvlarini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Kam hollarda Proviron® saqlovchi gormonal faollikka ega moddalarni qo‘llash natijasida jigarning xavfsiz o‘smalari, yana xam kam hollarda – jigarning xavfli o‘smalari kuzatilgan, ular bir-bir hollarda patsiyentning hayoti uchun xavfli bo‘lgan qorin bo‘shlig‘ida qon ketishlariga olib kelgan. Shu sababdan, o‘z-o‘zidan tez o‘tib ketmaydigan epigastral sohadagi odatdagi bo‘lmagan shikoyatlar paydo bo‘lgan hollarda davolovchi shifokorni xabardor qilish kerak, chunki bunday hollarda preparatni qabul qilish zarur bo‘lishi mumkin. Avtotransportni va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta’sir etish xususiyati. Preparatni qo‘llanishi avtotransportni va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

+30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bir marta yuborish bilan o‘tkazilgan o‘tkir toksiklik yuzasidan tadqiqotlar, Proviron® ni notoksik preparat sifatida tasniflash mumkinligini ko‘rsatdi. Toksiklik xavfi, davolash uchun tavsiya qilingan dozadan ko‘p marta yuqori bo‘lgan dozada behosdan bir marta qabul qilinganda xam aniqlanmaydi.

Retsept bo‘yicha Ulashish: 9 348 Views

10 tabletkadan PVX va alyumin folga blisterda. 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

5 yil.