Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 30 mg (0,03 g) prostatilen; yordamchi moddalar: dimetilsulfoksid, polietilenoksid 1500
Curunkali prostatitni oldini olish va davolash, prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi, tromboflebit, prostata bezida o‘tkazilgan jarrohlik operatsiyalardan keyingi asoratlarda, uning faoliyatini yoshga bog‘liq bo‘lgan buzilishlarida qo‘llanadi.
Preparat jinsiy buzilishlarda, erkaklar bepushtligida, siyishni buzilishlarida, bavosilda qo‘llanadi.
Suppozitoriyni qo‘llashdan oldin quyidagilarni bajarish kerak: birlamchi o‘ramdagi blister o‘ramning perforatsiya chizig‘idan bitta suppozitoriyni yirtib oling;keyin plyonkaning chetlaridan tortib, uni har tomonga yirtish va suppozitoriyni birlamchi o‘ramdan olish kerak.
Suppozitoriy to‘g‘ri ichakka chuqur qilib kiritiladi.
1 suppozitoriydan kuniga 1-2 marta 5-10 kun davomida (ertalab va kechqurun) qo‘llanadi.
Davolash kursining davomiyligi kasallikning xarakteri va og‘irligi, erishilgan davolash samarasi, davolashning xarakteriga (monoterapiya yoki majmuaviy davolash) qarab belgilanadi.
Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Preparatning tarkibiy qismlariga va yirik qoramol oqsillariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.
Qandaydir o‘zaro ta’sirlari to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.
Preparat ayollarda qo‘llash mumkin emas.
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Hozirgi vaqtgacha prostatilen preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari to‘g‘risida xabar berilmagan.
Retseptsiz
5 suppozitoriylardan blisterda.
1 yoki 2 blisterdan qutida.