Prospanretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

5 ml eritma (1 paketcha) quyidagilarni saqlaydi:

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

pechak barglarining quruq ekstrakti

Preparatning savdo nomi:

Prospan

Farmakalogik guruhi:

o‘simliklardan olinadigan balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun eritma.

och jigarrang, meva hidli va mentol ta’mli xiraroq eritma.

o‘simliklardan olinadigan balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

Preparat yuqori nafas yo‘llari va o‘pkaning yo‘tal va qiyin ajraladigan balg‘amni ajralishi bilan kechuvchi yallig‘lanish kasalliklarini davolashda, balg‘amni ko‘chiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga 1 paketcha (5 ml) dan kuniga 3 marta qabul qilinadi, 105 mg pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi, 6-11 yosh bolalarga                     1 paketcha (5 ml) dan kuniga 2 marta, 70 mg pechak barglarining quruq ekstraktiga to‘g‘ri keladi. Paketchani qo‘llashdan oldin biroz ezish kerak. Eritmani aralashtirmasdan ertalab (tushlikda) va kechqurun qabul qilish kerak. Davolash davomiyligi kasallikning xarakteriga va og‘irlik belgilariga bog‘liq, odatda bir haftani tashkil qiladi. 1 hafta davomida holatining yaxshilanishi bo‘lmasa shifokorga murojaat qilish kerak.

Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin. Yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kabi me’da-ichak buzilishlari kuzatilishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri o‘tkazilmagan. Hozirgi vaqtgacha o‘zaro ta’sirlar ma’lum emas.

Preparatni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas. Preparat sorbit saqlaydi. Agar uni yo‘riqnomaga muvofiq qo‘llasa, patsiyent har qabulda 1,9 g gacha sorbit qabul qiladi. Fruktozani tug‘ma o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan patsiyentlarga Prospan yo‘talga qarshi eritmani qo‘llash mumkin emas.

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q, preparatni bu vaqtda qo‘llash mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

25˚S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Kundalik buyurilgan dozadan ahamiyatli darajada yuqori (3 martadan ortiq) dozani qabul qilish ko‘ngil aynishi, qusish va diareyani chaqirishi mumkin. Doza oshirib yuborilganda simptomtik davolash o‘tkaziladi.

5 ml dan ichga qabul qilish uchun eritma paketchalarda; 21 paketchadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.

3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Retseptsiz. Ulashish: 5 267 Views