Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
propolis 100 g, tibbiy etil spirti 80% 1,0 l gacha.
Preparatning savdo nomi:
Propolis nastoykasi
Farmakalogik guruhi:
To‘qimalar trofikasini va regeneratsiyasini rag‘batlantiruvchi vosita.
tiniq qizil-jigar rang rangli o‘ziga xos propolis hidli suyuqlik.
To‘qimalar trofikasini va regeneratsiyasini rag‘batlantiruvchi vosita.
Surunkali ekzema, neyrodermatitlar, qichimali dermatozlar, uzoq vaqt bitmaydigan jaroxatlar va trofik yaralar, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqni yallig‘lanish kasalliklarini (majmuaviy davolash tarkibida) davolashda qo‘llanadi.
Sirtga, sutkada 1-2 marta, har kuni shikastlangan joylarga ko‘yiladi.
Jaroxatlar va trofik yaralarni davolashda sutkada 1 marta, kun ora qo‘llanadi, davolash kursi odatda 2-3 xaftani tashkil qiladi.
Og‘iz va tomoqni suvda suyultirilgan nastoyka bilan chayiladi.
O‘tkir ekzema, preparatga bo‘lgan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Allergik reaktsiyalar rivojlanganida davolashni to‘xtatish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘ggandan so‘ng щllanilmasin.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Retseptsiz
Shisha yoki PET idishlarda 25 ml, 40 ml, 50 ml xajmda.