Pronoranretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: piribedil – 50 mg Yordamchi moddalar: magniy stearati, povidon, talk.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

piribedil

Preparatning savdo nomi:

Pronoran

Farmakalogik guruhi:

Parkinsonizmga qarshi vosita. Dopamin retseptorlarining agonisti.

Dori shakli:

ajralib chiqishi nazoratlangan tabletkalar

dumaloq qizil plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Parkinsonizmga qarshi vosita. Dopamin retseptorlarining agonisti.

N04BC08

Piribedil tez so‘riladi. Piribedil og‘iz orqali qabul qilinganidan keyin bir soatdan so‘ng maksimal kontsentratsiyasiga erishiladi. Piribedilni qon plazmasidan chiqarilishi ikki bosqichda kechadi: birinchi bosqichda yarim chiqarilish davri 1,7 soatni, ikkinchi bosqichda esa biroz sekin – 6,9 soatni tashkil qiladi. Piribedil ikkita asosiy metabolit: gidroksilizatsiya va degidroksilizatsiyaga uchragan metabolitni hosil bo‘lishi bilan yuqori darajadagi metabolizmi bilan xarakterlanadi. Piribedil asosan siydik bilan chiqariladi: piribedilni 68% metabolitlar holida siydik bilan chiqariladi, 25% esa safro bilan chiqariladi. Ajralib chiqishi nazorat qilingan, 50 mg piribedil saqlovchi tabletka, in vivo sharoitida ta’sir etuvchi moddani asta sekin so‘rilishi va ajralib chiqishini ta’minlaydi. Insonlar ishtirokidagi kinetik tadqiqotlarda piribedilni terapevtik kontsentratsiyasi organizmda 24 soatdan ko‘p saqlanishini ko‘rsatdi. 24 soatdan keyin preparatni taxminan 50% siydik bilan, 48 soatdan so‘ng preparat to‘liq chiqariladi.

Preparat quyidagi hollarda: -keksalik bilan bog‘liq bo‘lgan, ahamiyatsiz nevrologik buzilishlarni davolash, -oyoq va qo‘llarning arteriopatiyasini qo‘shimcha davolash (yurish vaqtida og‘riqli tirishishlari chaqiruvchi, oyoq arteriyalarining kasalligi), -qon aylanishini buzilishlari oqibatidagi, ko‘rishni buzilishlarida, -Parkinson kasalligining ayrim shakllarida qo‘llaniladi.

Tabletkani ovqatdan keyin qabul qilgan afzaldir. Agar sizda shubha tug‘ilsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Ichga qabul qilinadi. Ushbu preparatni dozalash qat’iy ravishda shaxsiy bo‘lib, davolovchi shifokoringiz tomonidan buyurilishi lozim. Tabletkani, chaynamasdan, ovqat qabul qilishni oxirida yarim stakan suv bilan ichiladi. Barcha hollarda shifokor ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qiling. Ushbu preparat konkret holatlarda faqat Sizga berilgan yoki buyurilgan: –U BOSHQA HOLATLAR UCHUN MOS KЕLMASLIGI MUMKIN. -UNI BOSHQA SHAXSLARGA TAVSIYA QILMANG. Shifokor ko‘rsatmasisiz davolashni to‘xtatmang.

Har bir boshqa ta’sir etuvchi modda kabi, ushbu preparat ham, ayrim shaxslarda, turli og‘irlik darajasidagi nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin: -doza kamaytirilgandan keyin yo‘qolib ketadigan ovqat hazm qilish tizimining ahamiyatsiz buzilishi (ko‘ngil aynishi, qusish, metsorizm); -preparat bekor qilinganidan keyin o‘tib ketadigan, kam hollarda jizzakilik, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik yoki gallyutsinatsiyalar; -uyquchanlik, to‘satdan uxlab qolish; -alohida hollarda ortostatik gipotenziya (yengil bosh aylanishi bilan kechadigan, turgan holatdagi arterial bosimni tez pasayishi). Pronoranni qabul qilish fonida qimor o‘yinlarga patologik qaramlik (qimor o‘yinlarga kompulsiv intilish), jinsiy faollikni va jinsiy moyillikni oshishi haqida ma’lumotlar bor. Agar Siz ushbu sanab o‘tilmagan har qanday nojo‘ya yoki nohush holatlarni o‘zingizda sezsangiz, shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.

Ushbu preparatni boshqa ayrim preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas (“Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar” ga qaralsin). Turli dori preparatlari, asosan neyroleptiklar (klozapin bundan istisno) va ko‘ngil aynishi va qusishni oldini olish uchun qo‘llaniladigan ayrim preparatlar o‘rtasida nojo‘ya o‘zaro ta’sirdan saqlanish maqsadida, Siz doimo boshqa dori preparatlarni qo‘llayotganingiz haqida shifokoringiz yoki farmatsevtni xabardor qilishingiz lozim.

Saxaroza va qizil koshenil (Ye124). Agar Pronoran bilan davolash vaqtida o‘zingizda yuqori uyquchanlikni yoki to‘satdan uxlab qolish holatlarini sezsangiz, Siz shifokorga murojaat qilishingiz lozim. Pronoran preparatini qabul qilayotgan Parkinson kasalligi bilan xastalangan patsiyentlarga ta’sir qilgan kompulsiv  xatti xarakatlar (qimor o‘yinlariga kompulsiv qaramlik yoki jinsiy moyillikni oshishi) holatlari yoki biron-bir narsaga xumor tutish (intilish) ga qarshi turish imkonini yo‘qligi xolatlari yuzasidan ma’lumotlar mavjud. Asosan, bu holatlar preparatning yuqori dozasini qabul qilgan patsiyentlarda uchraydi, odatda bu samara dozani kamaytirganda yoki davolashni to‘xtatilganda qaytuvchan bo‘lgan. Ushbu preparat saxaroza saqlaydi, shuning uchun fruktozani o‘zlashtiraolmaslikda glyukozo – galaktoza malabsorbtsiya sindromida, shuningdek saxaroza-izomaltoza tanqisligida (kam uchraydigan metabolik kasallik) buyurilmasligi lozim. Preparat qizil koshenil saqlaydi, shuning uchun allergik reaktsiyalar xavfi mavjud. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Umumiy qoidalar: Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizayotgan bo‘lsangiz, biron-bir dori preparatini qabul qilishni boshlashdan avval doimo shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Pronoran uyquchanlikni va to‘satdan uxlab qolishni chaqirishi mumkin. Bunday hollarda ushbu samaralari to‘liq yo‘qolmaguniga qadar, diqqatni jamlashni pasayishi Siz va boshqa shaxslar uchun jiddiy avariya yoki o‘lim xavflarini yuz berishiga olib kelishi mumkin. (masalan, mashinali asbob-uskunalar va mexanizmlarni boshqarish) bo‘lgan. Avtomobilni xaydash yoki boshqa har qanday faoliyatdan saqlanishingiz lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatning xaddan ziyod dozasini qabul qilgan hollarda, darhol o‘z davolovchi shifokoringizga xabar bering.

Retsept bo‘yicha

15 tabletkadan blisterda 2 blister karton qutida yoki 30 tabletkadan blisterda 1 blister karton qutida.

3 yil.