Promedol Kaltseksretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: trimeperidin gidroxloridi – 20,0 mg; yordamchi modda: inyektsiya uchun suv 1 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

trimeperidin

Preparatning savdo nomi:

Promedol Kaltseks

Farmakalogik guruhi:

opioid analgetiklar.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma 20 mg/ml

rangsiz yoki sarg‘ish tusli tiniq suyuqlik.

opioid analgetiklar.

N02AX

Teri ostiga yoki mushak ichiga yuborilganidan keyin trimeperidin gidroxloridi tez qonga so‘riladi. Preparatning ta’siri 10-20 minut o‘tgach boshlanadi va bir marta yuborilganidan keyin 3-4 soatdan ko‘proq davom etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 40% ni tashkil qiladi. Trimeperidin gidroxloridi yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi va ko‘krak sutiga chiqariladi; jigarda metabolizmga uchraydi va asosan siydik bilan chiqariladi. Vena ichiga yuborilganida yarim chiqarilish davri 1-2 soatni tashkil qiladi.

Jarohatlar, sinishlar, kuyishlar, miokard infarkti, me’da osti bezining o‘tkir yallig‘lanishidagi (pankreatit) kuchli og‘riqlarda, buyrak, jigar va ichak sanchiqlarida, xavfli o‘smalarda, shuningdek jarrohlik operatsiyalardan keyin;tug‘ruq og‘riqlarini kamaytirish uchun va bachadon bo‘ynini disfunktsiyasi holida bachadon funktsiyasiga yordam berish uchun, epidural anasteziya o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaganida va agar bolaning tug‘ilishiga kamida ikki soat borligi mo‘ljallanganida;operatsiyalar oldidan premedikatsiya (medikamentoz tayyorlash) da qo‘llanadi.

Yuborish yo‘li – mushak ichiga, teri ostiga yoki zarurati bo‘lganida vena ichiga buyuriladi. Davolashni boshlash oldidan ham, davolash vaqtida ham opioidlarni qo‘llashni sinchiklab baholash va dozani kamaytirish, qo‘llashni to‘xtatish yoki opioidlarni almashtirish imkoniyatini muntazam baxolash kerak. Opioidlar uchun xarakterli bo‘lgan noxush nojo‘ya ta’sirlarni kamaytirish maqsadida iloji boricha boshqa dorilarni qo‘llashdan saqlanish tavsiya etiladi.

Odatda trimepiridin gidroxloridi yaxshi o‘zlashtiriladi. Eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta’sirlar – ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, uyquchanlik va ongni chalkashishi. Nojo‘ya ta’sirlari tizimlar va a’zolar guruhlariga, shuningdek uchrash tez-tezligiga  NedDRA muvofiq tasniflangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000) va noma’lum (mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bo‘yicha aniqlash mumkin emas). Immun tizimini buzilishlari Kam hollarda: qichishish, eshakemi, teri toshmalari; anafilaktik reaktsiyalar (vena ichiga yuborilgandan keyin). Noma’lum: kontakt dermatit. Ruhiy buzilishlar Tez-tez emas: ongni chalkashishi. Kam hollarda: bezovtalik, kayfiyatni o‘zgaruvchanligi, gallyutsinatsiyalar, disforiya (ichki diskomfort, qoniqmaslik). Nerv tizimini buzilishlari Tez-tez emas: bosh aylanishi, uyquchanlik. Noma’lum: bosh og‘rig‘i. Ko‘rish a’zosi funktsiyasini buzilishlari Kam hollarda: qorachiqlarni kuchli torayishi, ko‘zlarda ikkilanish. Yurak funktsiyasini buzilishi Tez-tez emas: yurak urishini sekinlashishi, yurak urishini tezlashishi, yurakni qaltirashi. Kam tomirlar tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: arterial bosimni pasayishi (yuqori dozalar qo‘llanganda). Noma’lum: ortostatik gipotenziya (tana xolatini gorizontaldan vertikalga o‘tishida arterial bosimni keskin pasayishi), bosh miya ichki bosimini oshishi. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolarini buzilishlari Kam hollarda: nafasni susayishi (yuqori dozalar qo‘llanganda). Me’da-ichak yo‘llarini (MIY) buzilishlari Tez-tez: qabziyat, ko‘ngil aynishi, qusish. Tez-tez emas: og‘izni qurishi xissi. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llarini buzilishlari Noma’lum: o‘t chiqarish yo‘llarining spazmlari. Tayanch-xarakat va yondosh tizimlarni buzilishlari Noma’lum: yuqori mushak tonusi (yuqori dozalar qo‘llanganda), tirishishlar (ayniqsa bolalarda). Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari funktsiyasini buzilishlari Noma’lum: siyishni qiyinlashishi, siydik chiqarish yo‘llarining spazmlari. Jinsiy a’zolar va sut bezlari funktsiyasini buzilishlari

Trimeperidin gidroxloridini MAO ingibitorlari (shu jumladan moklobemidni) bir vaqtda va MAO ingibitorlarini qo‘llash to‘xtatilganidan keyin 2 xafta davomida qo‘llash mumkin emas.Antidepressantlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida MNT susayishini yoki qo‘zg‘alishini samaralari bo‘lishi mumkin.Umumiy anesteziya vositalari va tritsiklik antidepressantlar MNT susaytiruvchi samarasini kuchaytiradi.Antipsixotik vositalar bilan bir vaqtda qo‘llash trimeperidin gidroxloridining sedativ va gipotenziya ta’sirini kuchaytiradi.Trimeperidin gidroxloridi sedativ va uyqu vositalarining ta’sirini kuchaytiradi.Barbituratlarni muntazam qo‘llash fonida (ayniqsa fenobarbitalni) narkotik og‘riqni qoldiruvchi vositalarning og‘riqni qoldiruvchi ta’siri susayishi mumkin.Opioidlar antiaritmik vosita meksiletinning so‘rilishini sekinlashtiradi.Opioidni (premedikatsiya uchun) va tsiprofloksatsinni bir vaqtda qo‘llash, plazmada tsiprofloksatsinning kontsentratsiyasini pasaytirishi mumkin.Tsizapril, metoklopramid yoki domperidon bilan bir vaqtda qo‘llash, trimeperidin gidroxloridining MIY ga ta’sirini kamaytiradi.Opioidlar antigipertenziv vositalarning (shu jumladan ganglioblokatorlar va diuretiklarni) gipotenziv samarasini kuchaytirishi mumkin.Buprenorfin (shu jumladan oldingi davolashni) opioid analgetiklarning samaradorligini pasaytiradi.Naltrekson abstinent sindromi paydo bo‘lishini tezlashtiradi va trimeperidin gidroxloridining ta’sirini kamaytiradi.Tsimetidin opioidlarning metabolizmini sekinlashtiradi.Alkogol opioidlarning sedativ va gipotenziv ta’sirini kuchaytiradi.Opioid og‘riqni qoldiruvchi vositalar va OITV-proteaza yoki riversli transkriptaza ingibitorlarining o‘zaro ta’siri murakkab va yetarlicha prognoz qilib bo‘lmaydigan xisoblanadi.

Trimeperidin gidroxloridi keksa yoki kuchsizlangan patsiyentlarda, buyrak va/yoki jigar buzilishlari, bronxial astma yoki nafas zahiralari pasaygan, shuningdek arterial bosim pasaygan, qalqonsimon bezi gormonlarining darajasi past, buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi, prostatani kattalashishi, ichak tutilishi va miasteniyasi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan va pasaytirilgan dozalarda qo‘llash kerak. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, uzoq muddatli ta’sir etuvchi opioid preparatlar, masalan, transdermal yoki davomli ajralib chiquvchi dori shakllari bilan solishtirganda, darxol ta’sir qiluvchi preparatlarni ichga qo‘llash yoki qisqa ta’sir qiluvchi opioidlarni parenteral yuborish afzal hisoblanadi. Preparat o‘t chiqarish tizimini buzilishlari, biliar kelib chiqishga ega bo‘lgan shu jumladan pankreatiti bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanganda, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak – bunday hollarda trimeperidin gidroxloridini spazmolitik vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash kerak. Homiladorlik vaqtida opioid preparatlarni faqat ona uchun potentsial foyda va homila uchun xavfni sinchiklab baxolashdan keyin qo‘llash mumkin. Agar tug‘ruq vaqtida ona trimeperidin gidroxloridini qabul qilayotgan bo‘lsa, yangi tug‘ilgan chaqaloqning nafasi va yurak urishini sinchiklab nazorat qilish kerak. Eyforiya chaqiruvchi ta’siri tufayli, trimeperidin gidroxloridi ruhiy va jismoniy qaramlik, shu tufayli narkomaniya chaqirishi mumkin. Lekin operatsiyadan keyingi davrda preparatni qisqa muddatli qo‘llashni qaramlik chaqirishini ehtimoli kam. Trimeperidin gidroxloridini qo‘llash birdan to‘xtatilganida abstinentsiya sindromi rivojlanishi mumkin. Preparatni qo‘llash vaqtida alkogol iste’mol qilish mukin emas. Antidoping ogohlantirish Sportda kasalxonada yoki klinik tadqiqotlarda ochiq olingan infuziyalardan tashqari, vena ichiga infuziyalar man qilinmagan.

Davolashni boshlash oldidan shifokor vaziyatni boxolashi va trimeperidin gidroxloridni qo‘llashni faqat, agar ona uchun foyda bola uchun mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan xolda buyurish kerak. Trimeperidin gidroxloridni bevosita tug‘ruq oldidan qo‘llash, yangi tug‘ilgan chaqaloqda nafasni susayishini chaqirishi mumkin. Homiladorlik vaqtida trimeperidin gidroxloridini davomli qo‘llashda, yangi tug‘ilgan chaqaloqda abstinentsiya sindromi rivojlanishi mumkin. Agar tug‘ruqlar vaqtida ona trimeperidin gidroxloridini qabul qilayotgan bo‘lsa, yangi tug‘ilgan chaqaloqda nafas va yurak urishini sinchiklab nazorat qilish kerak. Trimeperidin gidroxloridini emizikli onalarda qo‘llash mumkin emas.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yorug‘lik ta’siridan himoya qilish uchun original o‘ramida saqlansin. Muzlatilmasin!

Simptomlari morfinning dozasini oshirib yuborilishini simptomlari bilan o‘xshash: nafasni kuchli susayishi, arterial bosimni pasayishi, ko‘z qorachig‘ini torayishi (yaqqol gipoksiya xolida – kengayishi), bosh miya ichki bosimini oshishi va koma. MNT qo‘zg‘alishi va tirishishlar kuzatilishi mumkin. Rabdomioliz (mushak to‘qimasining parchalanishi) va u bilan bog‘liq bo‘lgan buyrak yetishmovchiligi xaqida xabar berilgan. Davolash: o‘pkalarning munosib ventilyatsiyasini ta’minlash va spetsifik opioid antagonist naloksonni yuborish kerak.

Inyektsiya uchun eritma 20 mg/ml. 1 ml dan chiziqli yoki sindirish nuqtasi va ikki belgilovchi halqali 1 gidrolitik sinfi rangsiz shisha ampulalarda. 5 ampuladan alyumin folga bilan yopilgan polivinilxlorid kontur uyali o‘ramda (taglikda). 2 yoki 20 kontur uyali o‘ramlar (tagliklar) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil. Ulashish: 5 199 Views