Promedolretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: trimeperidin gidroxloridi (promedol) – 10 mg yoki 20 mg yordamchi moddalar: xlorid kislotasi 1 M – rN 4,0–6,0 gacha, inyektsiya uchun suv – 1 ml gacha.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

trimeperidin (trimeperidinum)

Preparatning savdo nomi:

Promedol

Farmakalogik guruhi:

og‘riq qoldiruvchi narkotik vosita. “Rossiya Federatsiyasida nazorat qilinadigan narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining ro‘yxati” II ro‘yxatiga kiradi.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma.

tiniq rangsiz suyuqlik.

og‘riq qoldiruvchi narkotik vosita. “Rossiya Federatsiyasida nazorat qilinadigan narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining ro‘yxati” II ro‘yxatiga kiradi.

N01AA51

So‘rilishi – har qanday yuborish usulida tez. Vena ichiga yuborilganidan keyin plazmada kontsentratsiyani tez pasayishi kuzatiladi va 2 soat o‘tgach faqat juda past kontsentatsiyalari aniqlanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 40%. Asosan jigarda keyingi kon’yugatsiyasi bilan meperidin va normoperidin kislotalarini hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 2,4-4 soat, buyrak yetishmovchiligida oshadi. Katta bo‘lmagan miqdorlarda buyraklar orqali chiqariladi (shu jumladan 5% – o‘zgarmagan holda).

O‘rtacha va kuchli jadallikdagi og‘riq sindromi (nostabil stenokardiya, miokard infarkti, aortaning ko‘chayotgan anevrizmasi, buyrak arteriyasining trombozi, qo‘l-oyoqlar yoki o‘pka arteriyasining tromboemboliyasi, o‘tkir pankreatit, havoli emboliya, o‘pka infarkti, o‘tkir plevrit, spontan pnevmotoraks, me’da va 12-barmoq ichakning yara kasalligi, qizilo‘ngach perforatsiyasi, surunkali pankreatit, paranefrit, o‘tkir dizuriya, parafimoz, priapizm, o‘tkir prostatit, glaukomaning o‘tkir xuruji, kauzalgiya, o‘tkir nevritlar, bel-dumg‘aza radikuliti, o‘tkir vezikulit, talamik sindrom, kuyishlar, onkologik kasalliklar, jaroxatlar, umurtqalararo disklarning protruziyasi; qovuqdagi, to‘g‘ri ichakdagi, siydik chiqarish yo‘lidagi yot tana). Ichki a’zolarning silliq mushaklarining spazmi chaqirgan og‘riqlarda (jigar, buyrak, ichak sanchiqlari) atropinsimon va spazmolitik vositalari bilan birga. O‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi, o‘pka shishi, kardiogen shok. Operatsiyadan oldingi, operatsion va operatsiyadan keyingi davrlar. Tug‘ruqlar (og‘riqsizlantirish va rag‘batlantirish). Neyroleptanalgeziyada (neyroleptiklar bilan majmuada) qo‘llanadi.

Teri ostiga, mushak ichiga yoki vena ichiga (shprits-tyubiklardagi preparat uchun faqat teri ostiga va mushak ichiga) qo‘llash buyuriladi. Kattalarga – 10 mg dan 40 mg gacha (10 mg/ml kontsentratsiyali 1 ml eritmadan 20 mg/ml kontsentratsiyali 2 ml eritmagacha) buyuriladi. Narkoz vaqtida preparat bo‘lingan dozalar ko‘rinishida vena ichiga 3-10 mg dan yuboriladi. 2 yoshdan boshlab bolalarga: yoshiga qarab, 3-10 mg dan buyuriladi. Premedikatsiya uchun narkoz oldidan teri ostiga yoki mushak ichiga operatsiyadan 30-45 minut oldin 20-30 mg atropin (0,5 mg) yuboriladi. Tug‘ruqlarni og‘riqsizlantirish: bachadon bo‘g‘zi 3-4 sm ga ochilganida va homilaning holati qoniqarli bo‘lganida teri ostiga yoki mushak ichiga 20-40 mg dozada yuboriladi. Preparatning oxirgi dozasi homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqdagi narkotik depressiyadan saqlanishi uchun, tug‘ruq yakunlanishidan 30-60 minut oldin yuboriladi. Kattalar uchun yuqori dozalari: bir martalik – 40 mg, sutkalik – 160 mg ni tashkil qiladi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda tez-tez – qabziyat, ko‘ngil aynishi va/yoki qusish; kamroq – og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini quruqligi, anoreksiya, o‘t chiqarish yo‘llarining spazmi, me’da-ichak yo‘llarini ta’sirlanishi; kam hollarda – ichakning yallig‘lanishli kasalliklarida – falajli ichak tutilishi va toksik megokolon (qabziyat, meteorizm, ko‘ngil aynishi, me’dada spazmlar, gastralgiya, qusish); tez-tezligi noma’lum – gepatotoksiklik (to‘q siydik, ahlatni oqarishi, skleralar va teri qoplamalarining sariqligi). Nerv tizimi va sezgi a’zolari tomonidan: juda tez-tez – bosh aylanishi, kuchsizlik, uyquchanlik; kamroq – bosh og‘rig‘i, ko‘rishning noaniqligi, diplopiya, tremor, ixtiyorsiz mushak tortilishlari, eyforiya, diskomfort, asabiylik, charchoqlik, tungi dahshatlar, g‘ayritabiiy tushlar, uyqu bezovtaligi, ongni chalkashishi, tirishishlar; kam hollarda – gallyutsinatsiyalar, depressiya, bolalarda – paradoksal qo‘zg‘alish, bezovtalik; tez-tezligi noma’lum – tirishishlar, mushaklar rigidligi (ayniqsa nafas), quloqlarda shovqin, psixomotor reaktsiyalarning tezligini sekinlashishi, dezoriyentatsiya. Nafas tizimi tomonidan: kamroq – nafas markazini susayishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda tez-tez – diurezni pasayishi, siydik yo‘llarining spazmi (siyishda qiynalish va og‘riq, tez-tez siyishga qistovlar). Allergik reaktsiyalar: kamroq – bronxospazm, laringospazm, angionevrotik shish; kam hollarda – teri toshmasi, terini qichishishi, yuzni shishi. Mahalliy reaktsiyalar: giperemiya, shish, inyektsiya joyida achishish. Boshqalar: kamroq – ko‘p terlash; tez-tezligi noma’lum – o‘rganib qolish, doriga qaramlik.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, nafas markazini susayishi; epidural va spinal anesteziyada – qon ivishini buzilishi (shu jumladan antikoagulyant davolash fonida), infektsiyalar (markaziy nerv tizimiga infektsiyani kirishini xavfi); tsefalosporinlar, linkozamidlar, penitsillinlar bilan bog‘liq bo‘lgan soxtamembranoz kolit fonidagi diareya, toksik dispepsiya (toksinlarni chiqarilishini sekinlashishi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan diareyani zo‘rayishi va prolongatsiyasi); monoaminooksidaza ingibitorlari bilan bir vaqtda davolash (shu jumladan ular qo‘llanganidan keyin 21 kun davomida). Preparatni ushbu dori shaklida 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Agar Sizda keltirilgan kasalliklardan biri bo‘lsa, preparatni qabul qilish oldidan shifokor bilan maslahatlashing.

Boshqa narkotik analgetiklar, sedativ, uyqu, antipsixotik vositalar (neyroleptiklar), anksiolitiklar, umumiy anesteziya uchun preparatlar, etanol, miorelaksantlarni qabul qilish chaqirgan markaziy nerv tizimi va nafasni susayishini kuchaytiradi. Barbituratlarni muntazam qo‘llash fonida, ayniqsa fenobarbitalni, og‘riqni qoldiruvchi ta’sirini kamayishi mumkin. Arterial bosimni pasaytiruvchi preparatlarning (shu jumladan ganglioblokatorlar, diuretiklarning) gipotenzik samarasini kuchaytiradi. Antixolinergik faollikka ega bo‘lgan dori vositalari va diareyaga qarshi preparatlar (shu jumladan loperamid) qabziyatni (hatto ichak tutilishigacha) paydo bo‘lishi va siydikni tutilishi xavfini oshiradi. Antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytiradi (plazma protrombinini nazorat qilish kerak). Buprenorfin (shu jumladan oldingi davolash) promedolning samaradorligini pasaytiradi. Monoaminooksidaza ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, giper- yoki gipotenziv xurujlarni paydo bo‘lishi bilan markaziy nerv tizimini qo‘zg‘alishi yoki tormozlanishi tufayli og‘ir darajada reaktsiyalar rivojlanishi mumkin. Nalokson nafasni tiklaydi, analgeziyani bartaraf qiladi va promedolni qabul qilish chaqirgan markaziy nerv tizimini susayishini pasaytiradi. Narkotik qaramlik fonida “bekor qilish sindromi” simptomlarini paydo bo‘lishini tezlashtirishi mumkin. Naltrekson narkotik qaramlik fonida “bekor qilish sindromi” simptomlarini paydo bo‘lishini tezlashtiradi (simptomlar preparat yuborilganidan keyin 5 minut o‘tgach paydo bo‘lishi mumkin, 48 soat davom etadi, turg‘unlik va ularni yo‘qotishning qiyinligi bilan xarakterlanadi); promedolning samarasini pasaytiradi; gistaminli reaktsiya bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarga ta’sir qilmaydi. Metoklopramidning samarasini pasaytiradi.

Davolanish davrida avtomobilni haydash va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Etanolni iste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Ro‘yxat II. “Rossiya federatsiyasida nazorat qilinadigan narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarini ro‘yxati”, ko‘rsatilgan faoliyat turiga litsenziya borligida maxsus jihozlangan xonalarda saqlanadi. Yorug‘likdan himoyalangan joyda, ampuladagi preparat uchun 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda va shprits-tyubikdagi preparat uchun 15ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, sovuq yopishqoq ter, ongni chalkashishi, bosh aylanishi, uyquchanlik, arterial bosimni pasayishi, asabiylik, charqoqlik, bradikardiya, keskin holsizlik, nafasni asta-sekin qiyinlashishi, gipotermiya, xavotirlik, mioz (yaqqol gipoksiyada qorachiqlar kengaygan bo‘lishi mumkin), tirishishlar, gipoventilyatsiya, yurak-qon tomir yetishmovchiligi, og‘ir hollarda – hushni yo‘qotish, nafasni to‘xtashi, koma. Davolash: adekvat o‘pka ventilyatsiyasini tutib turish, simptomatik davolash. Vena ichiga spetsifik opioid antagonisti naloksonni 0,4-2 mg dozada yuborish, nafasni tez tiklaydi. Samara bo‘lmaganida 2-3 minut o‘tgach naloksonni yuborish takrorlanadi. Bolalar uchun naloksonning boshlang‘ich dozasi – 0,01 mg/kg.

Ampulalardagi preparat, boshqa narkotik analgetiklarga bo‘lgan cheklovlarga muvofiq retsept bo‘yicha beriladi

Inyektsiya uchun eritma 10 mg/ml va 20 mg/ml 1 ml dan ampulalarda. 5 ampula polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ramdan preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi, skarifikator yoki ampula pichog‘i bilan birga karton qutida 20, 50 yoki 100 kontur uyali o‘ramlar muvofiq ravishda 20, 50 yoki 100 preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari, skarifikatorlar yoki ampula pichoqlari bilan birga karton qutida yoki gofrirlangan karton yashikda (statsionarlar uchun). Sindirish o‘yiqlari, xalqalari yoki nuqtasi bo‘lgan ampulalarni o‘ramga solinganda skarifikatorlar yoki ampula pichoqlari o‘ramga qo‘shilmaydi. Inyektsiya uchun eritma 10 mg/ml va 20 mg/ml 1 ml (sm3) dan shprits-tyubiklarda. 20, 50 yoki 100 tadan shprits-tyubiklar, preparatni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va shprits-tyubikni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida (Qurolli kuchlar, FVV, IIV harbiy xizmatchilarining aptechkalarini komplektatsiyasi uchun).

Ampulalar – 5 yil, shprits-tyubiklar – 3 yil.