Preparat qo‘llanganida asosan davolash boshlanganidan keyingi birinchi hafta davomida quyidagi nojo‘ya samaralari paydo bo‘lishi mumkin: teri tomonidan: ko‘pincha toshma, qichishish, kuchli terlash, eritema, dermatit; yakka hollarda – angionevrotik shish, yuzni shishi, ko‘pshaklli eritema, eshakemi, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz paydo bo‘ladi; ovqat qabul qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, gastrit, qorin og‘rig‘i, diareya, qabziyat, meteorizm; yakka hollarda – stomatit, melena, me’da yoki o‘nikki barmoq ichakning peptik yarasi, yarani perforatsiyasi yoki me’da-ichakdan qon ketishi; jigar tomonidan: sariqlik, xolestaz, jigar transaminazalarining darajasini oshishi, ba’zida o‘tkir gepatit holatlari, xatto o‘lim bilan yakunlanishi mumkin; markaziy nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, entsefalopatiya (Rey sindromi); ruxiy buzilishlar: xavotirlik hissi, asabiylik, dahshatli tush ko‘rishlar; buyraklar tomonidan: shishlar, dizuriya, gematuriya, siydik chiqarilishini tutilishi, oliguriya, inderstitsial nefrit va buyrak yetishmovchiligining alohida hollari; qon yaratish tizimi tomonidan: anemiya, eozinofiliya, yakka hollarda pantsitopeniya, purpura va trombotsitopeniya; immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik, anafilaksiya; nafas tizimi tomonidan: dispnoe, yakka hollarda – astma, bronxospazm, ayniqsa atsetilsalitsil kislotasi va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarda; yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial gipertenziya, kam – qon ketishi, oqib kelishlar, arterial bosimini tebranishlari.
Shuningdek preparatni qabul qilish vaqtida ko‘rishning aniqligini buzilishi, asteniya, gipotermiya, giperkaliyemiya bo‘lishi mumkin.