Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
1 shamcha quyidagilarni saqlaydi: Faol ingrediyentlari: bufeksamak – 250 mg, vismut subgallati – 100 mg, titan dioksidi – 100 mg, lidokain monogidrat gidroxloridi – 10 mg; Yordamchi ingrediyenti: qattiq yog‘.
Preparatning savdo nomi:
Proktozan
Dori shakli:
rektal shamchalar
och-sarg‘ish-yashil rangli shamchalar.
S05AX02.
– 1-chi va 2-chi darajali gemorroy – orqa teshikning yorig‘lari – o‘tkir va surunkali anal ekzema – to‘g‘ri ichak sohasidagi yallig‘lanish jarayonlari (proktit)
1 shamchadan sutkada 2-3 marta rektal qo‘llanadi, imkoni boricha ichak bo‘shaganidan keyin.
O‘tkir ko‘rinishlar bosilgandan keyin 8-10 kun davomida preparatni qo‘llashni davom ettirish tavsiya qilinadi.
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, spetsifik yallig‘lanish jarayonlari (sifilis, tuberkulez), bolalik yoshi, homiladorlik, laktatsiya.
Samarasi bo‘lmaganida, noxush xislar va boshqa nojo‘ya ta’sirlari paydo bo‘lganida, preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
Uzoq vaqt davolashning zarurati bo‘lganida mahalliy anestetiklar saqlamaydigan dori vositalarini qo‘llash kerak.
Proktozan® preparati va prezervativlar bir vaqtda qo‘llanganida prezervativlarning mustahkamligi pasayishi mumkin, bu ularning ishonchliligini pasaytiradi.
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Retseptsiz
Rektal shamchalar.
5 shamchadan PVX li kontur uyali o‘ramda.
2 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
5 yil.
Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.