Proktosedil(Proctosedyl)retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 gramm surtma saqlaydi: Faol moddalar: gidrokortizon atsetati                   – 5,58 mg framitsetin sulfati                     – 10,00 mg geparin natriy                                – 100 XB eskulozid                                          – 10,00 mg benzokain (etilaminobenzoat)      – 10,00 mg butamben (butilaminobenzoat)      – 10,00 mg Yordamchi moddalar: xolesterin, suyuq parafin (Ye905s), oq yumshoq parafin (Ye905s), polisorbat 80, (Ye433), propilenglikol (Ye1520), makrogol (polietilenglikol) 400 (Ye1521), makrogol (polietilenglikol) 4000 (Ye1521), makrogol (polietilenglikol) 1500 (Ye1521).

Preparatning savdo nomi:

Proktosedil(Proctosedyl)

Farmakalogik guruhi:

koloproktologiyada щllanadigan vosita (gemorroyga qarshi vosita)

Dori shakli:

mahalliy qo‘llash uchun surtma

deyarli oq (yashil-sarg‘ish tusli) yog‘li, bir xil, gomogen massa.

koloproktologiyada щllanadigan vosita (gemorroyga qarshi vosita)

S05AX03

Ichki va tashqi gemorroy, qaytarilishini oldini olish; perianal ekzema, proktit, orqa teshik yo‘lining yorilishi; gemorroyi bo‘lgan bemorlarni operatsiyadan oldin va keyin davolash, tug‘ruqdan keyingi gemorroy.

Surtmaning ozgina miqdori qichishish va og‘riqli sohaga ertalab va kechqurun, shuningdek, har bir ich kelishdan  keyin surtiladi. To‘g‘ri ichakka yanada chuqurroq kiritilishi uchun surtmali tyubikka applikator kiydiriladi va u to‘g‘ri ichakka yetarlicha chuqur kiritilganiga ishonch hosil qilinganidan so‘ng tyubikning pastki chetini ehtiyotkorlik bilan bosgan holda applikator asta-sekin chiqarib olinadi. Surtma rektal kapsulalar bilan birga qo‘llanishi ham mumkin. Proktosedil® qisqa muddat (ko‘pi bilan 7 kun) davomida qo‘llaniladi.

To‘g‘ri ichak sohasida diskomfort hissi va preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikning boshqa reaktsiyalari yuzaga kelishi mumkin. Achishish, shilliq qavatni qurushi, ikkilamchi infektsiyani qo‘shilishi kuzatilishi mumkin. Proktosedil® katta dozalarda va/yoki uzoq vaqt davomida qo‘llanganida gidrokortizon bilan bog‘liq tizimli nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelishi xavfi oshadi.

Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Preparatni anorektal sohaning tuberkulezli, virusli va zamburug‘li shikastlanishida qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin emas. Emizikli yoshdagi bolalarda preparatni qo‘llash mumkin emas. Arterial gipertenziyasi, yurak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

+25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Shifokor retseptisiz

Mahalliy qo‘llash uchun surtma. 10 g dan alyuminiy tubada. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va plastik uchlik (kanyulya-dozator) bilan birga karton qutida.

2 yil.