Prokofretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

10 ml sirop quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: salbutamol sulfati – 2,0 mg; bromgeksin gidroxloridi – 4,0 mg; gvayfenezin – 100 mg; mentol – 1,0 mg; yordamchi moddalar: limon kislotasi, natriy benzoati, natriy metilparaben, natriy propilparaben, saxaroza, glitserin, aspartam, 70% sorbitol eritmasi, propilenglikol, natriy saxarinati, dinatriy EDTA, suyuq ananas essentsiyasi, Ponceau-4R supra bo‘yovchisi, natriy tsitrati, tozalangan suv.

Preparatning savdo nomi:

Prokof

Dori shakli:

sirop

qizil rangli sirop.

R05CB10

Prokof siropi balg‘amli yo‘tal (shu jumladan astmatik yo‘talni) simptomatik davolash uchun qo‘llaniladi.

Ishlatishdan oldin yaxshilab chayqatish kerak. 2-6 yoshli bolalar: 1 choy qoshiqdan sutkada 3 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha. 6-12 yoshli bolalar: 1-2 choy qoshiqdan sutkada 3 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha. 12 yoshdan oshgan bolalar: 2 choy qoshiqdan sutkada 3 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha buyuriladi.

Ko‘ngil aynishi, qusish, terida toshma, bosh og‘rig‘i, kam hollarda bosh aylanishi.

Prokof preparatining komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: yurak kasalliklari, qandli diabet, gipertireoidizm, me’da yarasi, homiladorlik, laktatsiya davri, arterial gipertenziya, jigar va buyrak funktsiyasini buzilishi, aritmiya.

Salbutamol (Prokof preparatida) simpatomimetiklar bilan birga qo‘llanganda yurak-qon tomir tizimida nojo‘ya samarani chaqirishi mumkin. Beta-blokatorlarni Prokof preparati birga ishlatish mumkin emas, chunki ular salbutamolning ta’sirini bloklashi mumkin. Salbutamol monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlarining samarasini oshirishi mumkin, kaliyni tejovchi diuretiklar, digoksin, tritsiklik antidepressantlar bilan birga qo‘llanganda, noxush reaktsiyalarga olib kelishi mumkin.

PROKOFNI yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya, yurak aritmiyasi, gipertireoidizm, qandli diabet kabi yurak-qon tomir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar, simpatomimetiklarga nostandart reaktsiyasi bo‘lgan patsiyentlar, tirishish buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Bromgeksinni (Prokof siropi tarkibida) peptik yarasi, jigar va buyrakning og‘ir disfunktsiyasi bo‘lgan patsiyentlar ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Mentol saqlovchi preparatlarni qizilo‘ngach churrasi, o‘t pufagida toshlari bo‘lgan patsiyentlar, homiladorlikning oxirgi uch oyligida ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak.

Prokof homiladorlik va laktatsiya davrida faqat qat’iy ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurilishi kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Doza oshirib yuborilgan hollarda kuchli terlash, ko‘ngil aynishi va qusish namoyon bo‘lishi mumkin. Simptomatik davolash va quvvatlab turuvchi choralardan tashqari, me’dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish talab etiladi.

Retsept bo‘yicha

100 ml sirop qahrabo rangli flakonda, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.