Progesteronretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 10 mg yoki 25 mg progesteron; yordamchi moddalar: benzilbenzoat, rafinadlangan zaytun moyi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

progesteron

Preparatning savdo nomi:

Progesteron

Farmakalogik guruhi:

Jinsiy bez gormonlari va jinsiy sfera patologiyasida qo‘llanadigan preparatlar. Gestagenlar.

Dori shakli:

inyektsiya uchun moyli eritma

och-sariqdan to ko‘kimtir-sariq rangligacha bo‘lgan tiniq moyli suyuqlik.

Jinsiy bez gormonlari va jinsiy sfera patologiyasida qo‘llanadigan preparatlar. Gestagenlar.

G03DA04.

Amenoreya, bachadondan anovulyator qon ketishlari, endokrin bepushtlik, shu jumladan sariq tana yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan, homiladorlikni muddatigacha yetkazaolmaslik, oligomenoreya, algodismenoreya (gipogonadizm zaminidagi).

Ishlatishdan oldin preparatli ampula suv xammomida biroz (30-40oS gacha) isitiladi. Kristallar tushgan hollarda ampula ular to‘liq erigunicha qaynayotgan suv hammomida qizdiriladi. Preparat mushak ichiga yoki teri ostiga yuboriladi. Tuxumdonlar disfunktsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan qon ketishlarida – 6-8 kun davomida 5-15 mg dan har kuni yuboriladi. Agar oldindan bachadon shilliq qavatini qirib olish o‘tkazilgan bo‘lsa, unda inyektsiya 18-20 kun o‘tgach buyuriladi. Agar bachadonni qirib olishning iloji bo‘lmasa, preparat qon ketish vaqtida yuboriladi. Bunda qon ketishi vaqtincha (3-5 kunga) kuchayishi mumkin; kuchli kamqonligi bo‘lgan bemorlarga oldindan qon quyish (200-250 ml) tavsiya etiladi. Agar 6-8 kun davolashdan keyin qon ketishi to‘xtamasa, progesteronni keyingi yuborish maqsadga muvofiq emas. Qon ketishi to‘xtaganida davolashni 6 kundan oldin to‘xtatish mumkin emas. Gipogonadizm va amenoreyada 5 mg dan har kuni yoki 10 mg dan kun ora 6-8 kun davomida yuboriladi (estrogan preparatlarni qo‘llashdan keyinoq). Sariq tana faoliyatini yetishmovchiligi chaqirgan xavfli bola tashlashni oldini olish va davolash uchun – 10-25 mg dan xar kuni yoki kun ora bola tashlash xavfi butunlay yo‘qotilmagunicha yuboriladi. Odatiy bola tashlashda preparat homiladorlikning 4 oyligigacha yuboriladi. Algodismenoreyada og‘riqlarni kamaytirish yoki yo‘qotish uchun, preparat xayz ko‘rishdan 6-8 kun oldin 5-10 mg dan har kuni 6-8 kun davomida buyuriladi. Davolash kursini bir necha marta takrorlash mumkin. Mushak ichiga yuqori bir martalik va sutkalik doza 25 mg ni tashkil qiladi (2,5 ml 1% eritma yoki 1 ml 2,5% eritma). Bachadonning yetarli rivojlanmaganligi bilan bog‘liq bo‘lgan algodismenoreyani progesteron bilan davolashni, oldindan estrogen preparatlarni buyurish bilan qo‘shish mumkin.

Odatda progesteron yaxshi o‘zlashtiriladi, alohida hollarda quyidagi nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilishi mumkin: yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, qon aylanishini buzilishi, arterial bosimni oshishi, venoz tromboemboliyalar; nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik, depressiya; reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan: shishish, yuqori sezuvchanlik va sut bezlarida og‘riq, tashqi jinsiy a’zolar tomonidan buzilishlar, kabi qichishish, qurishi, genital qichishish, vaginal ajralmalarning o‘zgarishi, qon ketishlar, vaginal mikoz, hayz ko‘rishdan oldingi sindrom, hayz ko‘rish tsiklini buzilishi, atsiklik qonli ajralmalar, amenoreya, oligomenoreya, girsutizm, libidoni pasayishi, bachadon spazmlari; ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: qorinni dam bo‘lishi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat, diareya, meteorizm; endokrin buzilishlar: glyukozani o‘zlashtiraolmaslik; nafas tizimi tomonidan: hansirash; gepatobiliar tizim tomonidan: jigar funktsiyasini buzilishi va jigar funktsional sinamalarini buzilishi; xolestatik sariqlik; metabolik va alimentar buzilishlar: ishtahani o‘zgarishi, tana vaznini oshishi yoki kamayishi, shishlar, albuminuriya; teri va yumshoq to‘qimalar tomonidan: terida allergik ko‘rinishlar, ko‘pshaklli eritema, qichishish, eshakemi, terida toshma, akne, xloazma, alopetsiya, girsutizm; umumiy buzilishlar va inyektsiya joyida o‘zgarishlar: yuqori toliqish, xolsizlik, isitma, yuqorisezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar; suyuqlikni ushlanib qolishi paresteziyalar; yuborish joyida o‘zgarishlar, shu jumladan og‘riq va shish; laborator ko‘rsatkichlar: plazmada lipid profili o‘zgarishlari; homilaga ta’siri: progesteronning xaddan tashqari ko‘p miqdori ayol jinsli homilani virilizatsiyasiga olib kelishi mumkin (xatto jinsni aniqlash mumkin bo‘lmagan darajagacha).

Jigar kasalliklari, jigar funktsiyasini buzilishi, gepatit, jigar va buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik davrida xolestatik sariqlik (anamnezida), xavfli giperbilirubinemiya; sut bezi va jinsiy a’zolar raki, taxikardiya, trombozlarga moyillik, faol venoz yoki arterial tromboemboliya, og‘ir tromboflebit yoki anamnezdagi bu holatlar, depressiya xolatlari bilan nerv buzilishlari; porfiriya, 36 xaftadan keyingi xomiladorlik, bachadondan tashqari xomiladorlik yoki yuz bermagan abort (anamnezdagi), aniqlanmagan genezli qindan qon ketishlar, abortdan keyingi xolat; preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Progesteron miometriyning qisqarishini rag‘batlantiruvchi preparatlar (oksitotsin, pituitrin), anabolik steroidlar (retabolil, nerobol), gipofizning gonadotrop gormonlarining ta’sirini susaytiradi. Oksitoksin bilan o‘zaro ta’sirida laktogen samara pasayadi. Diuretiklar, gipotenziv preparatlar, immunodepressantlar, bromokriptin va tizimli antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytiradi. Antikoagulyantlarning samaradorligini pasaytiradi. Barbituratlar bir vaqtda qo‘llanganida progesteronning ta’siri pasayadi. Gipoglikemik vositalar samarasini o‘zgartiradi. Jigar fermentlari induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llanilishida qon plazmasida progesteron kontsentatsiyasi oshishi yoki kamayishi mumkin.

Yurak-qon tomir kasalliklarida, arterial gipertoniyada, surunkali buyrak yetishmovchiligida, qandli diabetda, bronxial astmada, tutqanoqda, migrenda, depressiyada, giperlipoproteidemiyada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Progesteronni shuningdek anamnezida ruxiy buzilishlari bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, depressiyani birinchi belgilari paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish kerak. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qondagi glyukozaning darajasini sinchiklab nazorat qilish kerak. Progesteron qo‘llanganida tromboemboliyaning erta belgilari va simptomlariga e’tiborli bo‘lish kerak, ular paydo bo‘lgan holda esa preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak. Steroid gormonlarning metabolizmi jigarda yuz berishi tufayli, Progesteronni jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash kerak emas. Progesteronning katta dozalari davomli qo‘llanganida xayz ko‘rishlar to‘xtashi mumkin. Preparatni sababi aniqlanmagan jinsiy yo‘llardan qon ketishlarida, anamnezida periferik arteriya kasalliklari kuzatilgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas. Davolash vaqtida tez-tezligi va hajmi shaxsiy aniqlanuvchi muntazam ko‘rik o‘tkazish tavsiya etiladi. Progesteronga qaram har qanday o‘smalar mavjudligida, masalan, o‘tmishdagi meningioma va/yoki homiladorlik vaqtida uning zo‘rayishi yoki avvaldagi gormonal davolashda patsiyentlar sinchikov shifokor kuzatuvi ostida bo‘lishi kerak. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik davrida preparat faqat bola tashlashni oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi. Homiladorlikning 36 haftasidan keyin preparatni qo‘llash mumkin emas. Yaqin vaqtda homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollarda preparat qo‘llanmaydi. Homiladorlik vaqtida ekzogen progesteronning ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan tug‘ma anomaliyalar xavfi, jinsiy anomaliyalarni xam qo‘shib, to‘liq aniqlanmagan. Progesteron ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun emizish davrida progesteronni qo‘llash kerak emas. Bolalar. Preparat bolalarda qo‘llanmaydi. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobilyati. Preparat bosh aylanishi va uyquchanlik chaqirishi mumkin. Davolanish davrida yuqori diqqatni va tezkor psixomotor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Original o‘ramda, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatni yuqori dozalarda qo‘llaganda ko‘pgina xollarda muvofiq bo‘limlarda ta’riflangan nojo‘ya samaralar paydo bo‘ladi. Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganda preparat bilan davolashni bekor qilish kerak, xamda ular yo‘qolganidan keyin kam dozalarda davolashni davom ettirish kerak. Zarurat bo‘lganida simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

Retsept bo‘yicha

1 ml dan preparat ampulada. 10 ampuladan karton qutida. 5 ampula blisterda, 2 blisterdan karton qutida.

5 yil.