Probaktamretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Ampitsillin natriyli tuzi (ampitsillinga qayta hisoblanganda) – 0,5 g yoki 1,0 g; Sulbaktam natriyli tuzi (sulbaktamga qayta hisoblanganda) – 0,25 g yoki 0,5 g.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ampitsillin va sulbaktam (natriy tuzi ko‘rinishida).

Preparatning savdo nomi:

Probaktam

Farmakalogik guruhi:

Antibiotiklar.

Dori shakli:

inyektsion eritmani tayyorlash uchun kukun.

oq yoki deyarli oq rangli kukun.

Antibiotiklar.

J01CR01

Preparatga sezuvchan mikroorganizm shtammlari chaqirgan infektsion kasalliklarni davolash uchun buyuriladi. Preparatni quyi nafas yo‘llarining infektsion kasalliklarini (pnevmoniya, bronxit, o‘pka abstsessi, plevra empiyemasi), otorinolaringologik infektsion  kasalliklarni, buyrak  va siydik-jinsiy yo‘llarining infektsion kasalliklarini (piyelit, tsistit, o‘tkir va surunkali piyelonefrit, prostatit, epididimit), teri va yumshoq to‘qimalarini infektsion kasalliklarini, shu jumladan bakterial  streptodermiyani; meningitni, suyak va bo‘g‘im infektsion kasalliklarini, peritonitni, o‘t pufagini  yallig‘lanishini, me’da–ichak infektsiyalarini, asoratlanmagan gonoreyani  va jinsiy yo‘l bilan yuqadigan boshqa infektsiyalarni (yumshoq shankr va zahm), Layma  kasalligini (spiroxetoz), tuberkulez isitmasi, salmonellezni, salmonella tashuvchanlikni davolash uchun qo‘llanadi. Preparatni hamda jarrohlik operatsiyalaridan so‘ng kelib chiqadigan infektsiyalarni oldini olish uchun ham qo‘llanadi.

Preparat qabul qilinganida allergik reaktsiyalar (eshakemi, qichima, eozinofiliya, zardob kasalligi, bronxospazm, ko‘pshaklli ekssudativ eritema, anafilaktik reaktsiyalar, kam hollarda – anafilaktik shok), stomatit, glossit, me’da-ichak yo‘llari tomonidan esa ko‘ngil aynishi, qusish, ta’mni  yo‘qolishi, qorinda og‘riq, disbakterioz, superinfektsiya, psevdomembranoz kolit paydo bo‘lishi mumkin. Periferik qon ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi; neytropeniya, limfopeniya, leykopeniya, trombotsitopeniya kam hollarda: gemolitik anemiya aniqlanilishi mumkin, alohida hollarda qon zardobining plazma omillari (II, VII, IX, X) darajasi pasayadi, protrombin vaqti uzayadi, burundan qon ketishi kuzatiladi, xolestatik sariqlik  rivojlanadi, siydikda kreatinin miqdorini oshishi, tsilindrlarni paydo bo‘lishi, oliguriya, anuriya, biokimyoviy o‘zgarishlar (jigar transaminazalari faolligini va bilirubinni qon plazmasida oshishi), o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, aritmiyalar, bosh og‘rig‘i, yuborilgan joyda og‘riq yoki infiltrat, alohida xollarda – v/i yuborilganda flebit yoki tromboflebit bo‘lishi mumkin.

Tsefalosporinlar sinfiga taalluqli antibiotiklarga va penitsillinlarga hamda (m/i yuborilganda) lidokainga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik. Jigar-buyrak yetishmovchiligi, anamnezida me’da-ichak yo‘llari  kasalliklari, ayniqsa yarali nospetsifik kolit yoki enterit, homiladorlik, laktatsiya. Dorilarning o‘zaro ta’siri Aminoglikozidlar bilan majmuaviy qo‘llanganda sinergizm oqibatida grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan samarasi kuchayadi, ammo ularning optimal dozalarini tanlash kerak. NYAQV, antiagregantlar qon ketish imkoniyatini oshiradi, halqali diuretiklar va nefrotoksik preparatlar (aminoglikozidlar, polimiksin V) buyrak faoliyatini buzilishiga olib keladi. Preparat eritmasini boshqa mikrobga qarshi preparatlar yoki eritmalar bilan farmatsevtik nomutanosibligi sababli aralashtirish yoki bir vaqtda yuborish mumkin emas Maxsus ko‘rsatmalar Katta dumba mushagini yuqori tashqi  kvadrantiga m/i yuboriladigan inyektsiya chuqur bo‘lishi kerak. Preparat eritmasini yuborishdan oldin igna tomirdan tashqarida ekanligiga ishonch hosil qilish kerak. Jigar va buyrak faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lgan bemorlarda preparat dozasi kamaytiriladi. KK 10 ml/min dan kam bo‘lgan bemorlarga antibiotik uchun sutkalik doza 2 g dan oshmasligi kerak. Arterial gipertenziyasida va suv-elektrolit muvozanati buzilishda plazmada natriy miqdorini nazorat qilish lozim. Uzoq muddat qo‘llanilganda disbakteriozni aniqlash uchun tsitologik tekshirishlarni olib borish zarur. Giperbilirubinemiyasi bo‘lgan chaqaloqlarga, allergik reaktsiyalarga moyilligi bo‘lganda extiyotkorlik bilan buyuriladi. Keksa yoshdagi shaxslarga qo‘shimcha ravishda K vitaminini buyuriladi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Uzoq muddat qo‘llanilganda allergik reaktsiyalar, dispepsik buzilishlar paydo bo‘lishi mumkin. Davolash: simptomatik maxsus antidoti yo‘q. Simptomatik davolash tavsiya qilinadi. Gemodializ yoki peritoneal dializni qo‘llash mumkin.

Inyektsion eritmani tayyorlash uchun kukun flakonlarda 1,5 g dan.

2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Retsept bo‘yicha.