Primafunginretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: natamitsin – 100 mg; Yordamchi moddalar: tsetil spirti, sorbitan trioleati, polisorbat-80, natriy gidrokarbonati, adipin kislotasi, qattiq yog‘.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

natamitsin

Preparatning savdo nomi:

Primafungin

Farmakalogik guruhi:

Ginekologik kasalliklarni davolash uchun antiseptiklar va mikroblarga qarshi preparatlar (kortikosteroidlar bilan majmuasi mustasno). Natamitsin.

Dori shakli:

vaginal suppozitoriylar

sariqdan och-sariq rangligacha yoki och-sariq tusli sariq rangli, tsilindrkonik shaklli suppozitoriylar. Suppozitoriyning sirti yaltiroq va/yoki xira bo‘lishi, havoli va g‘ovak o‘qi va voronkasimon chuqurchasi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Ginekologik kasalliklarni davolash uchun antiseptiklar va mikroblarga qarshi preparatlar (kortikosteroidlar bilan majmuasi mustasno). Natamitsin.

G01AA02.

Tizimli ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki shilliq qavatlarning yuzasidan deyarli so‘rilmaydi. Vaginal suppozitoriylar tana harorati ta’sirida eriydi va ko‘pik massa hosil bo‘ladi, bu faol moddani shilliq qavati bo‘ylab bir tekis taqsimlanishini ta’minlaydi.

– Vulva va qinning zamburug‘li zararlanishlari. – Tsitostatiklar, glyukokortikoidlar yoki keng ta’sir doirasiga ega antibiotiklar bilan davolashda profilaktika maqsadida qo‘llanadi.

Intravaginal qo‘llanadi. Katta yoshdagi ayollarga 1 suppozitoriydan 3-6 kun davomida qo‘llanadi. Suppozitoriyni qin ichiga (yotgan holatda), sutkada 1 marta qinga iloji boricha chuqurroq kiritish tavsiya qilinadi. Davolashni bir necha kun davomida o‘tkazish zarurati tug‘ilgan hollarda, davolash kursini hayz ko‘rish boshlanishidan oldin tugatish yoki davolashni u tugaganidan keyin boshlash lozim.

Mahalliy reaktsiyalar – shilliq qavatni yengil ta’sirlanishi, achishish hissi.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Primafungin preparatining dorilar bilan o‘zaro ta’siri ta’riflanmagan.

Pediatriyada qo‘llanishi Natamitsin bu dori shaklida bolalarda qo‘llanmaydi. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Primafungin preparatini homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin. Avtomobilni yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparatni qo‘llash potentsial xavfli mexanizmlarni haydash va boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Vaginal suppozitoriylar qo‘llanganda tizimli ta’siri deyarli inkor etiladi, chunki preparat shilliq qavat orqali so‘rilmaydi.

Shifokor retsepti bo‘yicha

Vaginal suppozitoriylar 100 mg dan. 3 suppozitoriydan PVX/PE plyonka kontur uyali o‘ramda. 1 kontur uyali o‘ramdan №3 qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.

2 yil.