Predizinretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 35 mg trimetazidin digidroxloridi; yordamchi moddalar: yadrosi: mikrokristall tsellyuloza, oldindan jelatinlangan kraxmal, gipromelloza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati; qobig‘i: Opadray II Pushti 85G24057 (polivinil spirti – qisman gidrolizlangan, talk, titan dioksidi, makrogol/PEG 3350, letsitin (soya) 0,26250 mg, temir (II) oksidi, temir (III) oksidi, temir (II, III) oksidi).

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

trimetazidin (trimetazidine)

Preparatning savdo nomi:

Predizin

Farmakalogik guruhi:

yurak kasalliklarini davolash uchun boshqa dori vositalar.

Dori shakli:

ta’siri uzaytirilgan, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, yozuvsiz, pushti plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Diametri: taxminan 8 mm.

yurak kasalliklarini davolash uchun boshqa dori vositalar.

So‘rilishi Trimetazidin ichga qabul qilingandan so‘ng tez so‘riladi va taxminan 5 soatdan keyin qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasiga erishadi. 24 soatdan keyin qon plazmasidagi kontsentratsiyasi 11 soatdan so‘ng aniqlanadigan 75% kontsentratsiyadan yuqori darajada qoladi. Muvozanat holatiga 60 soatdan so‘ng erishiladi. Ovqat qabul qilish qilish preparatning farmakokinetik xususiyatlariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Taqsimlanishi Taqsimlanish hajmi 4.8 (l/kg-1) ni tashkil qiladi, bu to‘qimadagi yaxshi diffuziyasidan dalolat beradi (oqsillar bilan bog‘lanish darajasi anchagina past, in vitro sharoitda taxminan 16%). Chiqarilishi Trimetazidin organizmdan asosan buyraklar orqali deyarli o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 7 soatni, 65 yoshdan katta yoshdagi patsiyentlarda – taxminan 12 soatni tashkil qiladi. Alohida patsiyentlar guruhidagi farmakokinetikasi Trimetazidinning buyrak klirensi kreatinning klirensi bilan bevosita bog‘liq, jigar klirensi yoshga qarab pasayadi. Keksa yoshdagi patsiyentlarda kuniga ikki marta 2 tabletka sutkalik dozada kuniga, plazmadagi ekspozitsiyasini oshishi hech qanday yaqqol samaraga olib kelmaydi.

Trimetazidin kattalarda xurujlari nomuvofiq nazorat qilinadigan stabil stenokardiyaga ega bemorlarni profilaktika qilish va simptomatik davolash maqsadida qo‘shimcha davolash sifatida yoki antianginal davolashni birinchi qator preparatlarini o‘zlashtiraolmaslik holatlarida qo‘llanilish uchun tavsiya qilingan.

Ichga 35 mg bir tabletkadan kuniga ikki marta ertalab va kechqurun ovqatlanish vaqtida buyuriladi.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: kam hollarda – ko‘ngil aynishi, qusish. Markaziy nerv tizimi tomonidan: preparatni qo‘llanilishi bilan bog‘liq qaytuvchan parkinsonizm to‘g‘risida, shuningdek Parkinson kasalligi yoki Levi tanachalari bilan dementsiyasi bo‘lgan patsiyentlar ahvoli yomonlashishi to‘g‘risida ayrim xabarlar mavjud (tez-tezligi aniqlanmagan). Trimetazidinning kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlari quyidagi jadvalda a’zolar tizimi va paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha tasniflangan (ayrim holatlar hisobga olinmagan). Tez-tezligi quyidagi gradatsiyaga ega: juda tez-tez (> 1/10), tez-tez    (> 1/100 va < 1/10), tez-tez emas (>1/1000 va < 1/100), kam hollarda (> 1/10000 va < 1/1000), juda kam hollarda (< 1/10000), shu jumladan alohida xabarlar.

– preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlik; – homiladorlik; – laktatsiya davri; – 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan); – Parkinson kasalligi, parkinsonizm simptomlari, tremor, bezovta oyoqlar sindromi va boshqa shunga o‘xshash harakatlanish buzilishlari; – og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/min) da qo‘llash mumkin emas.

Trimetazidinning klinik tadqiqotlari, shu jumladan, keksa yoshdagi patsiyentlarda boshqa dori vositalari bilan biron-bir o‘zaro ta’sirlari aniqlanmagan.

Trimetazidin parkinsonizm simptomlarini (tremor, akineziya, mushaklar rigidligi) qo‘zg‘atishi yoki og‘irlashtirishi mumkin, ular ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda muntazam ravishda tekshirib turilishi kerak. Shubhali holatlarda patsiyentlarni tegishli tekshiruvlardan o‘tkazish uchun nevropatologga yuborish kerak. Parkinsonizm simptomlari, bezovta oyoqlar sindromi, tremor, yurishni buzilishi kabi harakatlanish buzilishlarining paydo bo‘lishi trimetazidin qo‘llanilishining butunlay bekor qilinishiga olib kelishi kerak. Bunday simptomlar kam holatlarda paydo bo‘ladi va odatda davolash to‘xtatilgandan so‘ng yo‘qoladi. Ko‘pchilik patsiyentlarda harakatlanish trimetazidin qo‘llanilishi bekor qilingandan so‘ng 4 oy davomida tiklanadi. Agar parkinsonizm simptomlari preparatni qo‘llanilishi bekor qilingandan so‘ng 4 oydan ko‘proq muddat saqlanib qolsa, nevropatolog bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi. Ayniqsa, antigipertenziv davolanayotgan patsiyentlarda yurishni buzilishlari yoki arterial gipotenziya bilan bog‘liq yiqilib tushishlar yuz berishi mumkin (“Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limiga qarang). Plazmada ekspozitsiya oshishi taxmin qilinayotgan patsiyentlarda trimetazidinni buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak: – o‘rtacha buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlar (“Qo‘llash usuli va dozalari” hamda “Farmakokinetikasi” bo‘limlariga qarang); – 75 yoshdan oshgan patsiyentlar (“Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limiga qarang). Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda, klinik tajriba mavjud emasligi tufayli, preparatning qo‘llanilishi tavsiya qilinmaydi.

Homiladorlik Homiladorlik davrida preparatning qo‘llashning xavfsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud emas, shuning uchun homiladorlik davrida trimetazidinni qo‘llashdan voz kechish kerak. Emizish davri Trimetazidin ko‘krak sutiga o‘tishi ma’lum. Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lgan hollarda emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.

25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda, namlik ta’siridan himoyalash uchun original o‘ramida saqlansin.

Preparatning dozani oshirib yuborilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar cheklangan. Davolash simptomatik bo‘lishi kerak.

Retsept bo‘yicha

3 yil.