Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Tarkibi:
1 suppozitoriy saqlaydi: Faol modda: povidon-yod – 200 mg; Yordamchi modda: makrogol 1000.
Preparatning savdo nomi:
Povidon-Yodin
Farmakalogik guruhi:
ginekologik kasalliklarni davolash uchun antiseptiklar va mikroblarga qarshi preparatlar.
Dori shakli:
vaginal suppozitoriylar.
tsilindrokonus shaklli, jigarrang rangli, o‘ziga xos hidli suppozitoriylar.
Kesimi yuzasida g‘ovaklar va kovaklar, va voronkasimon chuqurchalar bo‘lishiga ruxsat etiladi.
ginekologik kasalliklarni davolash uchun antiseptiklar va mikroblarga qarshi preparatlar.
Aralash infektsiyalar, nospetsifik infektsiyalar tomonidan chaqirilgan vaginit; zamburug‘li infektsiyalar (Candida Albicans), shu jumladan antibiotik yoki steroid preparatlardan keyingi terapiya;trixomonadali kolpit (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).
Intravaginal.
Suppozitoriyni uning konturi bo‘ylab plyonkani oldindan kesib o‘ramdan chiqariladi.
Povidon-Yodin suppozitoriy uyqudan oldin yotgan holatda, iloji boricha chuqur qilib, kuniga 1 marta qin ichiga kiritiladi.
Tavsiya etiladigan davolash davomiyligi 14 kunni tashkil etadi.
Zarur holatlarda kurs uch haftagacha uzaytirilishi mumkin.
Suppozitoriydan foydalanishni to‘satdan to‘xtatish mumkin emas, davolanish hayz ko‘rish fazasiga bog‘liq bo‘lmagan holda davom ettirilishi mumkin.
Tampondan foydalanilmasin.
Mahalliy reaktsiyalar: ta’sirlanish, giperemiya, achishish va qichishish hissi, ayniqsa davolashni boshida; teri toshmasi.
Tizimli reaktsiyalar: allergik reaktsiyalar: qichishish, qizarish, po‘rsildoqlar, yoyilgan o‘tkir teri reaktsiyalari, anafilaktik reaktsiyalar; moyil shaxslarda uzoq muddat qo‘llanganida – yod bilan induktsiyalangan gipertireozni chaqirishi mumkin.
Povidon-Yodin suppozitoriylari spermitsid samaraga ega, shuning uchun homiladorlikni rejalashtirilganda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
yodga va preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;gipertireoz va qalqonsimon bezining faoliyatini boshqa yaqqol buzilishlari;qalqonsimon bezining adenomasi;gerpetik shakldagi Dyuring dermatiti;gipotireozni radioaktiv yod bilan davolashdan oldin va undan keyingi holatlarda (butunlay sog‘ayib ketguncha) qo‘llash;qalqonsimon bez faoliyatini buzilishi (tugunchali kolloid bo‘qoq, endemik bo‘qoq, Xashimato tireoiditi, gipertireoz); qalqonsimon bez adenomasihomiladorlikning I uch oyligi;16 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Preparatni vodorod peroksidi, ferment preparatlari, jarohatlarga ishlov berish uchun qo‘llaniladigan kumush va taurolidin saqlovchi, shuningdek antiseptik va dezinfektsiyalovchi preparatlar bilan birga qo‘llash o‘zaro samaralarni pasayishiga olib keladi.
Preparat simob saqlovchi dezinfektsiyalovchi dori vositalari, oksidlovchilar, ishqoriy tuzlar va nordon reaktsiyali moddalar bilan nomutanosib.
Litiy prparatlari qabul qilayotgan bemorlarda Povidon-Yodin suppozitoriylarini muntazam ravishda qo‘llashdan saqlanish lozim.
Litiy karbonatini yod saqlovchi preparatlar bilan birgalikda qo‘llash og‘ir gipotireozni chaqirishi mumkin.
Yod saqlovchi preparatlar kabi litiy ham qalqonsimon bez kasalligi bo‘lgan yoki uni o‘tkazgan shaxslarda T3 va T4 darajasiga kuchliroq ta’sir qiladi.
Litiy bilan davolanayotgan patsiyentlarda Povidon-Yodindan ehtiyotkorlik bilan va qisqa kurslarda foydalanish lozim.
Ehtiyotkorlik bilan: surunkali buyrak yetishmovchiligi.
Preparatni qo‘llash qalqonsimon bezining yodni yutish xususiyatini pasaytirishi mumkin, bu ayrim tekshirishlar va muolajalarning (qalqonsimon bezining stsintigrafiyasi, oqsilga bog‘langan yodni aniqlash, radiofaol yodni qo‘llash bilan diagnostik muolajalar) natijalariga ta’sir qilishi yoki qalqonsimon bezining kasalliklarini yod preparatlari bilan davolashga halaqit berishi mumkin.
Preparatni qo‘llash to‘xtatilganidan keyin kamida 1-4 haftalik intervalga amal qilish kerak.
Preparatning oksidlovchi ta’siri turli diagnostik sinamalarning soxta-musbat natijalariga olib kelishi mumkin (masalan, ahlat va siydikda toluidin va gvayakli qatronlar bilan gemoglobin va glyukozani aniqlash).
Qon borligida bakteritsid ta’sir kamayadi.
Jinsiy sherikka infektsiyani yuqish hollarida va infektsiyani yuqish qayta imkoniyatini istisno qilish uchun ikkala sherikni davolash majburiydir.
Yuqori sezuvchanlikning birinchi simptomlari paydo bo‘lganida, preparatni qo‘llashni bekor qilish kerak.
Preparat tekstil yoki boshqa materiallardan iliq sovunli suv bilan yengil yo‘qotiladi.
Qiyin yo‘qotiladigan dog‘larga ammiak yoki tiosulfat natriy eritmasi bilan ishlov berish kerak.
Davolanish vaqtida gigiyenik prokladka qo‘llash tavsiya etiladi.
Trixomonadali kolpitni davolashda nitroimidazol hosilalari (metronidazol, tinidazol, ornidazol, seknidazol va boshqalar) tizimli qo‘llanilishi fonida Povidon-Yodin mahalliy davolash vosita sifatida ishlatilishi mumkin.
Jigar va buyrak faoliyati buzilishi bo‘lgan shaxslarda qo‘llanilishi: Jigar va buyrak faoliyati buzilishi bo‘lgan shaxslarda muntazam qo‘llanilganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilinishi lozim.
Pediatriyada ishlatilishi: preparatni 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Yod saqlovchi preparatlardan davomli (> 1hafta) foydalanish xomiladorlikning birinchi uch oyligidan so‘ng odam xomilasi uchun isbotlangan xavf mavjud.
Povidon-Yodin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va qalqonsimon bezda o‘zgarish hamda xomilada va chaqaloqda bo‘qoq chaqirish mumkin.
Yod ko‘krak suti bilan ajraladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida agar mutlaq zarurat bo‘lmasa, Povidon-Yodinni ishlatish tavsiya etilmaydi.
Keyinchalik yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qalqonsimon bez faoliyatini tekshirish tavsiya etiladi.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Povidon-Yodinning katta miqdorini (7 g/kg) behosdan yutib yuborilganda quyidagi belgilar kuzatiladi: epigastral sohada og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish va ich ketishi, polidipsiya, spastik kolit, gipertoniya, taxikardiya, tsianoz, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, deliriy, kollaps va bosh aylanishi.
Davolash: kraxmalning suvdagi yoki sutdagi eritmasini ichga qabul qilish.
Me’dani 5% li natriy tiosulfat eritmasi bilan yuvish.
Mumkin bo‘lgan gipertireozni istisno qilish uchun qalqonsimon bez faoliyatining sinchkov klinik monitoringini o‘tkazish zarur
Retseptsiz
Qin shamchalari 200 mg.
7 suppozitoriydan PVX/PE plyonka kontur uyali o‘ramda.
№7 2 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.