Poliplatillenretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml kontsentrat quyidagilarni saqlaydi: faol modda: poliplatillen – 1,47 mg; yordamchi moddalar: natriy xloridi, natriy tsitrati, natriy gidroksidi, ftoruratsil (2,4-dioksi-5-ftorpirimidin), inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

poliplatillen

Preparatning savdo nomi:

Poliplatillen

Farmakalogik guruhi:

o‘smalarga qarshi vosita.

Dori shakli:

infuziya uchun eritma uchun kontsentrat

sarg‘ish tusli, biroz tovlanuvchi suyuqlik.

o‘smalarga qarshi vosita.

L01X A05.

Xavfli o‘smalarning tarqalgan shakllari (tuxumdon, jigar, me’da, me’da osti bezi, yo‘g‘on ichak, o‘pka, bosh miya, bosh va bo‘yin o‘smalari, suyaklar va yumshoq to‘qimalarning sarkomasi), shu jumladan yaqqol rakli toksemiyali poliserozit bilan birga kechuvchi, qorin bo‘shlig‘i kantseromatozi va astsiti bo‘lgan bemorlarni davolash. Preparat umumiy qabul qilingan ximioterapevtik sxemalar bilan davolashga sezgir bo‘lmagan ximiorezistent o‘smalarda qo‘llanadi. Poliplatillenni boshqa antineoplastik preparatlar va nur bilan davolash bilan majmuada xavfli o‘smalarning tarqalgan shakllari (tuxumdon, bachadon, jigar, me’da, me’da osti bezi, yo‘g‘on ichak, prostata bezi, buyrak, buyrak usti bezlari, qovuq, o‘pka, bosh miya, bosh va bo‘yin, og‘iztomoq, qalqonsimon bezining o‘smalari, suyaklar va yumshoq to‘qimalar sarkomasi) bo‘lgan bemorlarni davolash uchun ishlatish mumkin.

Vena ichiga va arteriya ichiga yuborish usullarida preparatning tavsiya etiladigan bir martalik dozalari – 250-300 mg/m2. Yuborish tartibi – 3-6 martalik, tomchilab, har 24-48 soatda; infuziya vaqti – 3-3,5 soat. Preparatning kurslik dozasi 650-1300 mg/m2. Qorin bo‘shlig‘iga yuborishda preparatning tavsiya etiladigan bir martalik dozasi – 150-300 mg/m2. Dozalash tartibi – 3-6 martalik, tomchilab, har 24-72 soatda, patsiyentning holatiga qarab. Qorin ichiga yuborishda infuziya vaqti – 4,5-5 soat. Kurslik doza – 650-1300 mg/m2. Majmuaviy davolash sxemalari bo‘yicha Poliplatillennning tavsiya etiladigan dozasi hisoblangan terapevtik dozaning ½ ni tashkil qiladi. Yuborishning hamma usullarida preparatni tomchilagichga 4-8 mg deksametazon qo‘shish bilan natriy xloridining fiziologik eritmasida 1:1 nisbatda suyultirish kerak. Davolash kursini 3-4 hafta o‘tgach takrorlash mumkin.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Immun tizimi tomonidan: allergik reaktsiyalar, shu jumladan tana haroratini oshishi, anafilaktik shok (uning ko‘rinishlarini tez-tezligi – 1% dan kam). Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: emboliya (uning ko‘rinishlarini tez-tezligi – 1% dan kam). Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: toshma. Yuborish joyidagi reaktsiyalar: yuborish joyida reaktsiyalar, shu jumladan og‘riq (qorin bo‘shlig‘iga yuborilganida). Boshqalar: o‘smaning massasi katta bo‘lgan xolda preparat yuborilganida “lizis sindromi” (o‘smaning juda tez yemirilishi) kuzatilishi mumkin, uning ko‘rinishlarini detoksikatsiyaning umumiy qabul qilingan usullari yordamida muvofiqlashtirish  mumkin. Poliplatillen qorin ichiga yuborilganida, agar yuborish vaqti 4 soatdan kam bo‘lsa, spaykani hosil bo‘lish jarayoni rivojlanishi yoki dinamik o‘tkazmaslik paydo bo‘lishi mumkin.

Platina preparatlariga yuqori sezuvchanlik. O‘sma jarayonini yoyilib ketishi, bemorning terminal holati, jigar va buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari. Homiladorlik va emizish davri.

Majmuaviy davolashda Poliplatillenni miyelodepressiv va immunodepressiv ta’sir namoyon qiluvchi usullar va vositalardan keyin ishlatish mumkin. Immunoterapiyaning barcha kerakli usullarini Poliplatillen bilan to‘liq davolash kursi o‘tkazilganidan keyin ishlatish mumkin.

Poliplatillenni faqat antineoplastik ximioterapiya o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan yoki maxsus bilim olgan shifokor yuborishi kerak. Poliplatillen bilan davolash vaqtida qon va siydik tahlilini o‘tkazish kerak.

Homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Poliplatillen bilan davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Kontsentrat ko‘rinishidagi germetikligi yo‘qolgan preparatning sterilligi 7 sutka davomida saqlanadi. Saqlash jarayonida preparatni muzlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Poliplatillenning antidoti noma’lum. Dozani oshirib yuborilishini (450 mg/m2 bir marta yuborilganda) kutiladigan keyingi ta’siri yurak ritmining buzilishi bilan kardiotoksiklikni o‘z ichiga oladi, u simptomatik vositalar bilan yo‘qotiladi.

Retsept bo‘yicha

Infuziya uchun eritma uchun kontsentrat 100 yoki 250 ml dan flakonlarda №1.

3 yil.